BOB BO‘YICHA XULOSA Bugungi kunda Yevropa, Shimoliy Amerika, Yaponiya, Avstraliya, Janubiy Koreya va Hindiston kabi demokratik mamlakatlarda siyosiy partiyalar faoliyati kengayishi va bu sohada ularning sarf-xarajatlari yildan-yilga kengayib borishi natijasida ularning serqirra faoliyatini davlat tomonidan ta’minlash muaommolari kelib chiqmoqda. Partiyalarning rivojlanish tarixidan ma’lumki, partiyalar uzluksiz keladigan moliyaviy mablag‘larsiz o‘z maqsadlarini to‘liq bajara olmaganlar. Shu munosabat bilan dunyoning ko‘plab mamlakatlari qonunchiligi partiyalarni davlat tomonidan moliyalashtirishga ahamiyat bera boshladi. Demokratik huquqiy mamlakatlar qonunchiligiga e’tibor bersak, siyosiy partiyalarni ta’minlashga bog‘liq uch xil yondashuvga guvoh bo‘lamiz.
Birinchi guruh, partiyalarni xususiy mablag‘lari ya’ni partiyaga kirish va a’zolik badallari, partiya tadbirlaridan (ko‘rgazmalar, ma’ruzalar va boshqa.) olinadigan tushumlar va tadbirkorlik faoliyati va mulkdan keladigan daromadlar.
Ikkinchi guruh, partiyalarni qisman moliyalashtirish. Bunda davlat siyosiy partiyalarni ayrim faoliyatlarini moliyalashtiradi.
Uchinchi guruh, partiyalarni davlat tomonidan moliyalashtirish.Bu moliyalashtirish siyosiy partiyalar to‘g‘risidagi hozirgi davr qonunchiligining asosiy tamoyillaridan biriga aylanmoqda.
Respublikamizda ham siyosiy partiyalarni moliyaviy mustaqilligini mustahkamlash maqsadida, 2004 yil 30 aprelda “Siyosiy partiyalarni moliyalashtirish to‘g‘risida”gi qonun ishlab chiqildi. Ushbu qonunda partiyalarni davlat tomonidan moliyalashtirish, partiyalarning moliyaviy manbalari va ularning qanday foydalanishlari to‘g‘risidagi normalalar kiritilgan. Qonunnin 2-moddasida “Siyosiy partiyalar, agar u O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga saylov yakunlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi to‘g‘risidagi O‘zbekiston Respublikasi qonuniga muvofiq Qonunchilik palatasida siyosiy partiyalar fraksiyani tuzish uchun zarur miqdorda deputatlik o‘rinlarini olgan bo‘lsa, o‘zining ustavida nazarda tutilgan faoliyatni moliyalashtirish uchun davlat mablag‘larini olish huquqiga ega bo‘ladi”1 deb belgilab qo‘yilgan. Demak mamlakatimizdagi qonunchiliq siyosiy partiyalarni davlat tomonidan moliyalashtirishni sharti sifatida Oliy Majlis Qonunchilik palatasida fraksiya tuzish uchun zarur bo‘lgan deputatlik o‘rinlarini ( 9 nafar) talab etadi.
Saylov yakunlariga ko‘ra zarur deputatlik o‘rinlariga ega bo‘lgan siyosiy partiyalar ustavida nazarda tutilgan faoliyatini moliyalashtirish uchun ajratiladigan davlat mablag‘larining yillik hajmi shu mablag‘lar olinishi uchun mo‘jallangan yildan oldingi yilning 1 yanvar holatida belgilangan eng kam ish haqining ikki foizini Qonunchilik palatasiga o‘tkazilgan oxirgi saylovda saylovchilar ro’yxatiga kiritilgan fuqarolar soniga ko‘paytmasi o‘z deputatlari soniga mutanosib belgilangan mablag‘lardir. Bugunda mavjud siyosiy partiyalarimizning faoliyatini kengayib turli yangi yo‘nalishlar ochilayotganini va bozor munosabatlariga tortilayotgani sababli ulaning yanada samarali faoliyati uchun ushbu moddadagi miqdorni ko‘paytirish lozim. Siyosiy partiyalarga bugungi kunda fuqarolar orasiga yanada chuqurroq kirib borishi va boshqa aniq maqsadli vazifalarining amalga oshirish uchun davlat mablag‘larining yillik hajmi shu mablag‘lar olinishi uchun mo‘jallangan yildan oldingi yilning 1 yanvar holatida belgilangan eng kam ish haqining ikki foizini to‘rt foizga qadar oshirilishi maqsadga muvofiq deb xisoblayman.