Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti “Maktabgacha ta’lim” fakulteti “Maktabgacha va boshlang’ich ta’limda jismoniy tarbiya va sport ” yo’nalishi 20/2 guruh talabasi Mahmudova Oqilaxon Anvarjon qiziga tavsiyanoma
Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti “Maktabgacha ta’lim” fakulteti “Maktabgacha va boshlang’ich ta’limda jismoniy tarbiya va sport ” yo’nalishi 20/2 guruh talabasi Mahmudova Oqilaxon Anvarjon qiziga TAVSIYANOMA Mahmudova Oqilaxon Anvarjon qizi 2003-yil 26-noyabrda Farg’ona viloyati Qo’qon shaxrida Ziyolilar oilasida tug’ilgan. Mahmudova Oqilaxon Anvarjon qizi 2020-yil Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika institutininig “Maktabgacha va boshlang’ich ta’limda jismoniy tarbiya va sport” yo’nalishiga to’lov-shartnoma asosida qabul qilingan.
Mahmudova Oqilaxon Anvarjon qizi o’qishga qabul qilingach o’zining tirishqoqligi, bilimdonligi, izlanuvchanligi va boshqaruvchanligi bilan boshqa talabalardan ajralib turadi. U o’z guruhida talabalar bilan turli xil tadbirlar o’tkazib, tashkiliy ishlarda faol ishtirok etib kelgan. Institutda o’tkazilgan ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarda, turli sport musobaqalarida faol ishtirok etib kelmoqda. U o’z zimmasiga yuklatilgan vazifalarni vijdonan ado etadi.
2021-yil 17-18- dekabr sanalarida O’zbekiston Respublikasi Turizm va sport vazirligi Toshkent viloyati Turizm va sport bosh boshqarmasiga hamda TVCHDPI hamkorligida o’tkazilgan belbog’li kurash bo’yicha talaba yigit-qizlar o’rtasida Toshkent viloyati ochiq birinchiligi musobaqasida 68 kg vazn toyifasida 2 darajali diplom bilan taqdirlangan.
Mahmudova Oqilaxon Anvarjon qizi o’zining fidoiyligi, tashabusskorligi bilan o’quituvchi va talabalar o’rtasida hurmatga sazovor bo’lgan talaba deb bilamiz. Bugungi kunga qadar Mahmudova Oqilaxon Anvarjon qizi tomonidan Respublika va OAK tasarrufidagi jurnallarda, Respublika miqyosidagi ilmiy-amaliy anjumanlarda jami 10 ga yaqin maqola va tezislari chop etilgan.
Talaba Mahmudova Oqilaxon Anvarjon qizi barcha fanlarni a’lo baholarga o’zlashtirganligi hamda yuqorida keltirilgan ma’lumotlarga asoslanib uni Navoiy nomidagi Davlat stipendiyasiga tavsiya qilamiz.