Toshkent viloyati chirchiq davlat pedagogika universiteti pedagogika fakulteti


Autizm sindromli bolalarga logoritmik ta’sir etish usullari



Yüklə 202,19 Kb.
səhifə10/13
tarix07.05.2023
ölçüsü202,19 Kb.
#126532
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
autizm logoritmika

2.2.Autizm sindromli bolalarga logoritmik ta’sir etish usullari.
Autizmli sindromli bolalar diqqat,xotira,viziul eshitish,xotirani rivojlantirisk kerak.Buning uchun biz turli xil logoritmik o’yinlardan foydalanamiz.Bolani juda yoshligidan boshlab narsalarni tanishga, atrofdagilarning ovozini eshitishga o’rgatib boriladi. Bola ilk yoshligidan boshlab atrofdan kelgan turli ovozlarga o’z munosabatini bildira boradi (boshini ovoz kelgan tomonga buradi, ovoz kelgan tomonni qo’llari bilan ko’rsatadi va x.k). Ovozni eshitish va unga turli munosabatda bo’lish bolaning keyinchalik nutqining rivojlanishida muxim axamiyat kasb etadi. SHunday ekan ovozni rivojlantirish uchun quyidagi o’yinlardan foydalanish maqsadga muvofiqdir.
"Top nima qichqiryapti?" o’yini.
O’yinning maqsadi: Bolalarda eshituv diqqatini bir nuktaga to’play olish, ularni tovushga taklid kilishni, eshitib qaysi o’yinchok shunaqa ovoz chiqarishni aniqlashga o’rgatish.
O’yinning borishi: Logoped oldindan tayyorlab qo’ygan o’yinchoqni bittadan olib uni bolalarga ko’rsatadi. So’ngra ovoziga taqlid qiladi va bolalardan bu qaysi xayvon ovozi ekanligini so’raydi. O’yinchoqni yashirgan joydan olib ko’rsatishdan oldin, o’yinchoqni ovozini chiqaradi va bolalardan:
-Topinglar-chi, xozir bizga kaysi xayvon mexmon bulib keladi?-deb suraydi.
Sungra logoped bir bolaga boshka xonaga utib, xona eshigini bir oz ochib kuygan xolda birma-bmir xayvonlarning ovoziga taklid kilishini aytadi. Boshka bolalar esa u kaysi xayvonning ovozi ekanligini topadilar.
O’yinni 5-6marta takrorlash mumkin. Bolalarning dikkat bilan eshitishlarini kuzatib turish kerak.
"Qayerda chalindi?" o’yini.
O’yinning maksadi: Bolalarda tovush yunalishini aniklay olishga urgatish, fazoviy orientatsiyani rivojlantirish. Bolalarda ma’lum ob’ektga eshituv dikkatini tuplay olish malakasini tarbiyalash.
O’yinning borishi: Bolalar aylana shaklida utirishadi.Logoped uyin boshlovchisini tanlaydi. Boshlovchi urtada(doira markazida) turadi. Logopedning signali bilan boshlovchi kuzini yumadi. SHu vakt logoped bolalardan birontasiga kungirokni beradi va chalishni taklif etadi. Boshlovchi kuzini ochmay, kungirok ovozi kelayotgan tomonni kuli bilan kursatadi. Agar bola tovush kelayotgan tomonni tugri kursatsa, logoped "buldi" deb aytadi. Uyin boshlovchisi kuzini ochadi, kungirokni chalgan bola esa kungirokni yukoriga kutarib, uni kursatadi. Agar uyin boshlovchisi adashsa , yana bir marta kungirok ovozi kaerdan kelayotganini topish taklif etiladi. Keyin boshka uyin boshlovchisi tayinlanadi.
Uyin 3-5 daqiqa takrorlanadi.Uyin boshlovchi uyin vaktida kuzini ochmasligi kerak, buni kuzatib borish lozim. Uyin boshlovchi tovush kelayotgan tomonni kuli bilan kursatib shu tomonga burilishi kerak.
Kungirokni juda baland chalish kerak emas.

Yüklə 202,19 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin