Toshkent viloyati chirchiq davlat pedagogika universiteti pedagogika fakulteti


Autizmli dizontogenezning turlari



Yüklə 202,19 Kb.
səhifə9/13
tarix07.05.2023
ölçüsü202,19 Kb.
#126532
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
autizm logoritmika

Autizmli dizontogenezning turlari
Autizmli buzilishlaming ifodalanish darajasi turli xil toifadagi bolalarda
o'zgaruvchandir. O.S.Nikolskaya va boshqalaming (1997) klassifikatsiyasiga
(tasnifiga) binoan, autizmli bolalami to'rttoifaga ajratiladi.
Birinchi gurux. Bunga eng chuqur autizmli bolalar kiritiladi. Ular atrofidagi
olamdan maksimal ajralganligi bilan farqlanadi. Ulaming nutqi yo‘q (mutizm)
hamda xulqi “harbiylik” tomonidan yaqqol ifodalangan. Bolani harakatlari ichki
jihatdan o4ylab qilingan bajarilish natijalari yoki o‘ylab chiqilgan xoxishining
natijasi xisoblanmaydi. Aksincha, uning harakatlarini xonadagi obyektlami
tashkillashtirish boshqaradi. Bola xonada maqsadsiz, predmetlarga zo‘rg‘a qoiini
tekkizib harakatlanadi. Ushbu guruxdagi bolalarning xulqi ichki intilishlar,
xoxishlaming aksi boimasdan, aksincha o‘zga ta’sir aksi sifatida namoyon boiadi.
Ushbu bolalarda atrof - olam bilan aloqasi rivojlanmaydi, muloqotga
kirishmaydilar. Ularda faol himoya vositalari yo'qdir: autostimulyatsiyaning (motor
stereotiplar) faol shakllari rivojlanmaydi. Bolalar nutq, shuningdek imo-ishora,
mimika, tasvirlovchi harakatlardan foydalanmaydilar.
Ikkinchi gurux. Bu bolalarda muloqoti kamroq darajada buzilgan, biroq olamga
Bo’lgan dezadaptatsiyasi yetarlicha kuchli ifodalangan. Ulaming ovqat, kiyim,
Yo’nalishini tanlash stereotiplari yaqqol namoyon boiadi. Bu bolalarda atrofdagilar
oldidagi qo'rquv yaqqol ifodalangan. Lekin bu bolalarning muloqot bo'yicha faolik
darajasi va ulaming xarakteri xaddan tashqari bolalar tomonidan tanlanadi hamda
qayd etib boriladi. Nutqi birinchi gurux bolalariga nisbatan yaxshiroq rivojlangan,
undan o 'z talablarini ifodalayotganlarida foydalanadilar. Biroq iboralarida stereotiplik
va nutqiy shtamplik kuzatiiadi: “ichishga berish”, yoki “Komilga ichishga berish”.
Bola tashqi olamdan idrok etgan nutqiy shtamplami birinchi shaxsda atamasdan
Ko’chiradi.
Uchinchi gurux. Ushbu bolalarning o4ziga xosligi birinchi o‘rinda tashqi olam
bilan munosabat o4matishdagi ekstremal janjalkashligi bilan namoyon bo'ladi.
Ulaming xulqi yaqinlariga alohida bezovtalikni olib keladi. Janjallari kimgadir
yo'naltirilgan tajovuz ko'rinishida, yoki xattoki o'ziga tajovuz xolatida yakunlanishi
mumkin.Ushbu bolalarning nutqi yaxshiroq rivojlangan, lekin u monologikdir. Bola
iborali tarzda, lekin o4zi uchun gapiradi. Uning nutqi “kitobiy”, ilmiy, tabiiy
bo'lmagan ko4rinishga ega Bola suhbatdoshga muhtoj emas. Barcha guruxdagilardan
harakatlari epchilroq. Ushbu bolalar ba’zi tartib-qoidalami bilishga alohida e’tibor
qaratadilar. Lekin buning mohiyatida bilimlar manipulyatsiyasi, biron-bir
tushunchani o4yin qilish, chunki bu bolalar amaliy faoliyatda o'zlarini qiyinchilik
bilan namoyon etadilar. Ba’zi aqliy operatsiyalami(masalan, matematika bo'yicha
vazifalami) stereotip va mamnuniyat bilan bajaradilar. Shu kabi mashqlar ijobiy
taassurotlar manbai boiib xizmat qiladi.
To'rtinchi gurux, Bu o’ta ta’sirchan bolalardir. Ularda autizm muloqotning
yo'qligi emas, balki shakllanmaganligi natijasida namoyon boiadi. Ijtimoiy o'zaro
harakatlarga kirishishga tayyorgarlik imkoniyatlari uchta guruxdagilarga nisbatan
yaxshiroq ifodalangan. Biroq, ular о 4a ta’sirchan bo‘lib, kichik bir to'siqlami ham his etsa muloqotni to'xtatadilar. Ushbu gurux bolalari ko'z, nigoh orqali muloqot o'm ata oladilar, lekin bu birlamchi xarakterga ega Bu bolalar uyatchan va noziklik taassurottini qoldiradilar.
Autizmga ega bolalarni psixologo-pedagogik o'rganish
Autizmli bolalami o'rganish o'zaro aloqani o'matishdagi qiyinchiliklar tufayli
o'ziga xos murakkabliklar tug4liradi. Shuning uchun ulami tekshirishni
tashkillashtirishga alohida diqqatni qaratish lozim. Autizmga ega bo'lgan bolalami
tekshirish longityud, dinamik va diagnostik shaklda bo'ladi. Ushbu maqsadda
diagnostik guruxlar tashkil etiladi, unda mutaxassislar xar bir bola bilan individual
(yakka holda) ish olib boradilar.
Autizmli bolalami tekshirishning boshqa o'ziga xos xususiyati kompleks tarzda
tekshirishni tashkillashtirish xisoblanadi, unda ayniqsa boshlang'ich bosqichida bir
mutaxassis, psixolog yoki pedagog maqsadli olib boradi. Bunday yondashuv bolani
yangi muhitga ko'nikishiga, ozgina bo'lsa ham moslashishiga yordam beradi.
Qo'rquvlarini, xavotirlanishni bartaraf etishga imkon beradi. Bolani yangi sharoitga
ko'nikishiga qarab boshqa mutaxassislar(logoped, psixiator) sekin-asta qo'shilishlari
mumkin: xonaga sekin kiradi yoki unda bo'la turib sekin-asta bolaga yondasha
boshlaydi(ikkinchi variant samaraliroqdir). Biroq bu alohida mahorat va
ehtiyotkorlikni talab etadi, chunki biron-bir qat’iy harakat hamda baland aytilgan so'z autizmli bolada himoya reaksiyasini yuzaga keltirib, qo'yilgan tekshiruv maqsadiga erisha olmaslik mumkin. Autizmli bolalami to'liq psixologiko-pedagogik o'rganish uch bosqichga bo'lishni talab etadi.
Birinchi bosqich-psixologik anamnezini yig'ish.
Ikkinchi bosqich- emotsional-iroda jarayonlarining buzilganlik darajasini
aniqlash.
Uchinchi bosqich- autizmli bolalarning bilish jarayonlarining o'ziga xos
xususiyatlarini o'rganishga bag'ishlangan.
Autizmli bolalarning emotsional -irodaviy jarayonlarini baholashda, birinchi
ikki guruhdagi(O.S.Nikolskaya klassifikatsiyasi bo'yicha) bolalami nazarda tutib,
uzoq vaqt tekshirishnidagina tashxis qilish mumkin. Bolani birinchi va ikkinchi
bosqichda autizmli dizontogenezning tipini aniqlashgina mumkin. Uchinchi guruhga
kiruvchi bolalarini tekshirishni mutaxassisga moslasha olganidagina o'tkazish
mumkin. To'rtinchi guruxdagi bolalarini tekshirishda ulaming kommunikativ
imkoniyatlarini hisobga olib bir yo'la uchala bosqich tekshiruvini o'tkazish mumkin.

Ma’lumki, autizmning birinchi belgilari bola hayotining birinchi davrlaridayoq


namoyon bo'ladi. Bunga bogiiq ravishda 2-3 yoshda amalga oshiriluvchi erta tashxis
qilish muhim ahamiyat kasb etadi.
Bolalami birinchi yosh davrlarida nuqsonlarini psixologik-pedagogik
o'rganishda quyidagi tashxis talablariga rioya etish lozim.
1. Kommunikatsiy aning buzilishi:
- atrof bilan munosabatga kirishishda noqulayliklaming ifodalanishi;
-ona bilan(bolaning ilk rivojlanish davrida) o'zaro aloqasida “jonlanish
kompleksi”ning yo'qligi;
- ko'z va mimika muloqotining o'ziga xosligi;
- ona bilan simbiotik bog'liqligining belgilari.
2. Nutqning buzilishi:
- mutizm(nutqni to liq yoki qisman yo'qligi);
- exolaxiya, nutqiy shtamplar, nutqiy stereotiplar;
-kishilik oimoshlarining birinchi shaxsidan foydalanishni yo'qligi;
-harakat sohasini dinamikasidan o'tuvchi nutqni rivojlanishi(ibora 3
yoshgacha);
- monologik va autodialogik nutqni egallashi.
3. Xulqidagi nuqsonlar:
-“polevoye” xulqi;
- atrofdagilarga sababsiz atajovuzning yo'llanishi;
-autoagressiya;
- steretipiyalar.
Psixologik anamnezini yig’ish
Ishning boshida psixolog bolaning rivojlanish tarixi bilan tanishadi, bolaning
ijodiy qobiliyati hamda ishlari bilan tanishadi, uning yaqinlari bilan suhbatlashadi.
Bolani hayotini birinchi kunidanoq qanday rivojlanganini aniqlashi lozim. Bunda otaonadan, birinchi o'rinda onasidan olingan ma’lumotlar muhim ahamiyat kasb etadi.
Bola ilk rivojlanish davrida tartibga qanday ko'nikkan, o 'ta qo'zg'aluvchan
bo'lganmi yoki aksi, sharoitning o'zgarishida tasirlanganmi; qachon onasini taniy
boshlab unga kulib javob qaytargan.
Bolani ilk rivojlanish davrida yaqinlariga va o'zgalarga qanday reaksiya qilgani,
boshqalaming qoliga tinch borganmi yoki bezovta, xozirgi vaqtda nima o'zgargan;
xo'l plenka va “o'zgalar” gorshogiga bolaning reaksiyasi qanday boigan; bolada
ovqatlami, kiyimlami, uyni maishiy tashkillashtirishda tanlash steriotipi
kuzatilganligini o'matish lozim. Boladagi harakat steriotiplari, bog'Ianishlar hamda
agressiya bo'lganmi yoki yo'qmi buni bilish lozim,
Lokomotor funksiyalar xaqidagi ma’lumotlami bilish ham muxim ahamiyat
kasb etadi. Ba’zi bolalarda xaraktlarining rivojlanish davri aralashdir.
Mutaxassis bolaning nutqiy rivojlanish xarakteri xaqidagi ma’lumotlami
aniqlashi lozim. Shuningdek bola nimaga qiziqishi, qanday o'yinlami o'ynashi,
o‘yinga taaluqli bo'lmagan predmetlami ishlatadimi(yog‘ochlar, iplar, qog‘oz va
boshqalar), nimaga ko'proq intiladi o'yinchoqgami yoki o'yinsiz predmetlargami;
bolaning syujedi o'yinlari olami qandayligini bilish muximdir.
Emotsional (hissiy)-iroda jarayonlari buzilish darajasini aniqlash
(O.S.Nikolskaya bo'yicha)
Ushbu bosqichning maqsadi autizmli bolaning dizontogenezini aniqlash. Unga
bolani faoliyatini kuzatish orqali erishiladi,bu esa emotsional-iroda jarayonidagi
nuqsonlami boshlang'ich davrida baholash imkonini beradi. So'ngra bolani
ko'rsatgan imkoniyatlariga ko'ra mutaxassis keyingi tekshiruvlami tuzadi hamda
natijada u bilan o'zaro munosabatga kirishni tashkillashtirib quradi.
Bolani kuzatish psixologning xonasiga kirgan vaqtidanoq amalga oshirila
boshlaydi. Bu autizmli bolaning ko'pgina spetsifik xarakteristikasini aniqlashga
yordam beradi. Masalan mutaxassis autizmli bolaning tashqi belgilariga,
asosan:gavdaning turishi, ritm va yuz mimikasi, harakat xarakteriga diqqatini
qaratadi. Bolaning yuz mimikasi hamda uni ifodalanishi sovuqqon bo'lishi mumkin,
bu autizmli bolani dizontogenezini birinchi bosqichini xarakterlaydi.
Bolani xulqini baholashda uning adekvatligiga hamda qiziqishiga yoki
atrofdagilardan o'zini olib qochishiga e’tibor qaratish lozim. Bola yangi unga odatiy
bo'lmagan sharoitga qanday ta’sirlanmoqdaligini belgilash muxim: loyqayd, tinch
yoki onasining orqasiga bemishi, xonaga kirgisi kelmasligi, uni kuch bilan
tortishlari(autizmli dizontogenezni uchinchi turi).
Autizmli bolani ikkinchi bosqichda tekshirishning asosiy vazifasi autizmli
dizontogenez turini bola hamda kattaning orasidagi o'zaro munosabati ami adekvatimkoniyatlarini o'matishdir. Munosabatlarning adekvatligi bolaning affektiv
jarayonlarini nuqsoning darajasiga bog'liq. O'zaro ta’sirlaming tashkiliy shakli
bolani ihtiyoriy faoliyatini hamda unga kattalaming qo'shilishi. Bolaning rivojlanish
darajasiga mos birgalikdagi faoliyat o'yinga aylanishi mumkin. Agarda birgalikdagi
o'yinni shakllantira olinmasa, mutaxassis xonadagi predmetlami bolaga boshqarish
imkonini tashkillashtirishi lozim.
Bolaning o'yin faoliyatini rivojlanishini boshqa tomondan o'rganganda uning
affektiv jarayonlarinidagi nuqsonlami aniqlashga imkon beradi. Masalan bola
predmetlar bilan qanday harakatlanmoqda, predmetlami mos o'yin shakllarida
foydalanyaptimi yoki ularga boshqa ma’no beryaptimi; qisqa syujet epizodlarini
ifodalamoqdami(ayiqchani mashinaga solib uchirishi), tashvish qo'rquvga oid
syujetlami o'ynashga qiziqishi; hayvonlarga aylanuvchi rollami ijro etishga
qiziqishiga e’tibonii qaratish muhim.
Autizmli bolaning emotsional-iroda va kommunikativ-imkoniyatlari
jarayonlarini o'ziga xosligini aniqlashda, O.S.Nikolskaya klassifikatsiyasi bo‘yicha
ajratilgan autizmli dizontogenezini mezonlarini asosiylariga tayanish lozim.
Autizmli dizontogenezning birinchi turi(iroda faolligining darajasi):
- atrofdagi olamdan nafratining kuchayishi, barcha muloqotdan voz kechishi;
-sensor ta’sirlarga passiv ifodasi(bola qo‘liga berelgan predmet yoki
o ‘yinchoqni tashlab yuborishi);
- ko‘ruv muloqotining yo‘qligi(suxbatdoshiga qaramaslik);
- “xarbiy” xulqning borligi;
- mutizm, barcha verbal xarakterdagi muloqot imkoniyatlarining yo'qligi;
- harakatlarini bachkana ifodalashi.
Autizmli dizontogenezni ikkinchi turi(steriotiplarning darajasi):
-atrof muxitga ta’sirlariga ta’sirchanligini ifodalanishi(ovoz kuchi, yorug'lik,
xaroratni tegishi);
- motor steriotiplaming ko'pligi;
- exolaliya, nutqiy steriotiplar, nutqiy shtamplarning borligi;
-steriotip muxitni tashkillashtirish talablarini ifodalanishi(ovqatni aloxida
tanlashi, faqat bir turdagi kiyimlami kiyishi, ma’lum bir aloxida predmetlardangina
foydalanishi vaxyuk.lar);
- qo'rquvining borligi;
- avtonom o'yin.
Autizmli dizontogenezni uchinchi turi(ekspansiya darajasi):
- xulqidagi janjalkashlikni ifodalanishi;
- biron-bir faoliyatga tez o'tishi;
-tasviriy muloqotning ifodalanganligi; motivatsiyasiz qo'rquvlaming borligi;
- suxbatdoshga qaratilmagan manzilsiz nutq;
- birinchi shaxs kishilik olmoshidan foydalanmasigi;
Autizmli dizontogenezni to'rtinchi turi(emotsional nazorat darajasi):
- muloqotda yuqori ta’sirchnligini ifodalashi;
- empatik qo'lab-quvatlashga ijobiy baholash talablari;
-yaqinlari bilan biologik bog‘liqligi(onasi bilan);
-nutq sustlashuvchi xarakterga ega boiishi mumkin;
- ko'zli munosabat doimiy emas, uzuk-uzuk xarakterga ega.
Bolani emotsional boshqarish darajalarini o'rganish jarayonida mutaxassis u
bilan muloqotga kirishish jarayonida autizmli belgilami kuchayishini diqqat bilan
kuzatishi lozim(autostimulyatsiya variantlarini kengayishi, tanlov munosabatlarini
kuchayishi, undan to liq voz kechishi, qo'rquvlaming yuzaga kelishi, agressiya,
o'ziga agressiya).
Autizmli bolalarning bilish jarayonlarini o'ziga xosligini o'rganish
Ushbu bosqichda quyidagi vazifalar yechiladi:
-bolaning bilim va ko'nikmalarini darajasini aniqlash;
- ulaming adekvat imkoniyatlariga ko'ra ta’lim dasturini aniqlash.
Shuni esda tutish lozimki, autizmli bolalarning barcha kategoriyalari diagnostik
tadbirlaming barcha uch bosqichidan bir qabulda o‘ta oladi. Birinchi ikkinchi gurux
bolalari (O.S.Nikolskaya bo‘yicha) bilish jarayonlarini eksperimental tekshirish
imkoniyatlari orqali o'zlarini ifodalamaydilar. Ushbu sharoitlarga ko‘ra uchinchi
bosqich bolalarini diagnostika qilish bir necha vaqtni uzaytiradi, shuning uchun ular
tekshirishga bir necha bor kelishga to'g'ri keladi. Bolaning kognitiv jarayonlarini
diagnostik tekshirish tadbirlarida bola bilan munosabatni o'yin orqali o'matish lozim.
Ba’zi vazifalar bolalarga test shaklida berilishi mumkin, masalan, korrektur
sinov, shifrlash, matematik vazifalar va x.k.lar. proiksion metodikalar taklif etilishi
mumkin “oilaning rasmi”, “odam rasmi”. Diagnostik tadbiming asosiy qismi bola
bilan o'yin o'matish orqali qurilishi mumkin. Bu yerda albatta taklif etilayotgan
qo'llanmalar, predmetlar, didaktik o'yinlar va bolani ularga bo'lgan reaksiyasi
xisobga olinadi.
Yaxshi ishlayotgan bola kutilmaganda zerikishi yoki charchashi oqibatida
birdaniga vazifani bajarishni to'xtatib qo'yishi mumkin, unga berilgan vazifaga
o'zining noadekvat reaksiyasi motivatsiyasiz predmet oldida qo'rquvni yuzaga
keltiradi. Bunga bog'liq ravishda, ba’zi qo'llanma va testli vazifalami taxminan
xonaning turli joylarida bola ularga sekin-asta ko'nika olishi hamda unga yangi va
notanish tuyulmasligi uchun davom ettirish lozim. Agar mutaxassis o'zining xonasida
“Ertaklar olamiga sayyoxat” o'yinini bola bilan tashkillashtira olsa yaxshi bo'lar edi.
Bir predmetdan boshqa predmetga o'tishda bola tekshirish uchun kerakli maxsus diagnostik qo'lanmalarga tutiladi. Mutaxassis testli vazifalar va kerakli
predmetlardan sekin-asta ehtiyotkorlik bilan ushbu jarayonni boshqaradi. Biron-bir
jarayonni aniqlashga mo'ljallangan ba’zi qo'llanmalar bolaning tanlov va spetsifik
imkoniyatlarini xisobga olgan xolda qo'llanadi. Onasining va yaqinlarining
ma’lumotlariga tayangan xolda o'yinchoqlar yoki uning faoliyati uchun predmetlami
tanlanishi lozim. Affektiv jarayonlaming nuqsonini obyektiv baholashda, uning rivojlanish dinamikasini kuzatish orqali kuzatish o'rganish maqsadga molikdir. Dinamik kuzatuvni amalga oshirishda albatta boladagi autizmli belgilaming namoyon bo'lishi yoki yosh darajasini mutaxassis albatta baholashi lozim.



Yüklə 202,19 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin