Toshkent−2015 Tuzuv ch i-muallifla r: Umida Masharipova, Mashrabxon Umarova, Dilnoza Baynazarova, Manzura Nabiyeva Taqrizchila r



Yüklə 1,52 Mb.
səhifə5/17
tarix14.07.2018
ölçüsü1,52 Mb.
#56744
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17

IV. Mavzuni mustahkamlash.

Darslik bilan ishlash.

23-mashq. Rasmlarga qarang. Bittadan boʻgʻin qoʻshib soʻz tuzing va yozing. Unli tovushni ifodalagan harflar tagiga chizing.

chum-chuq, u-zum

Shu soʻzlar ishtirokida gaplar tuzing. Bu mashq ham topshiriqlar tartibida bajariladi.



Tarqatmali materiallar bilan ishlash.

№ 1

Oʻqing. Berilgan soʻzlar bir-biridan qanday farq qiladi. Soʻzlarning ma’nosini oʻzgartirgan harflar tagiga chizing.

Son-soy-soch-sogʻ, uzuk-uzum-uzun, marra-malla, bayroq-qayroq, baxt-taxt.



№ 2

Oʻqing. Nuqtalar oʻrniga u va i unlilaridan mosini qoʻying.

uz.k, makt.b, uchq.r, un.m, bil.m, o.la.



№ 3

Oʻqing. Berilgan gaplardagi unli harflarni aniqlab tagiga chizing.

Bitta gapirib, ikkita eshit. Odam boʻlaman desang, ona tilingni sev.



№ 4

Oʻqing. Nuqtalar oʻrniga unli harflarni mosini qoʻying.

t.lla, .morat, ur.gʻ, uyq., qov.n, tarv.z, at.rgul.



Tarqatmalar yuzasidan oʻquvchilarning javoblari tahlil qilinib baholanadi.

Xulosalash.

Darsda nimalami bilib oldingiz? (U va i tovushlarini alohida va soʻz ichida toʻgʻri talaffuz qilishni, shu harflar ishtirok etgan soʻzlarni toʻgʻri yozishni, soʻzni toʻgʻri yozilganini lugʻatdan tekshirishni.) Darsda nimalami bilib oldingiz? (1-boʻgʻinda u unlisi kelgan soʻzlarning 2-boʻgʻinida ham u unlisi kelishi va ikkala boʻgʻinda ham u harfi yozilishini; 1-boʻgʻinida tovushi kelgan soʻzlarning 2-boʻgʻinida i unlisi talaffuz qilinishi va shunday yozilishini bilib oldik.)



V. Darsga yakun yasash va baholash.

Oʻquvchilarning darsdagi ishtiroki va ijodkorligi, faolligi, topshiriqlarni bajarish darajasiga koʻra oʻqituvchi tomonidan baholanadi



VI. Uyga vazifa berish.

24-mashq. Bu mashq uchun multimediali ilova tayyorlangan boʻlib, mashqni ilova vositasida bajarish mumkin. Tushirib qoldirilgan u harfini nuqtalar oʻrniga qoʻyib koʻchiring. Soʻzlarning yozilishini bilib oling.

11 - DARS

Dars mavzusi. Unli tovushlar va harflar (25−26-mashqlar).

Darsning maqsadi:

Ta’limiy: unli harfli soʻzlarni toʻgʻri yozish koʻnikmasini oʻstirish, u va i unlilarining soʻz tarkibida toʻgʻri talaffuzi va imlosini oʻrgatish.

Tarbiyaviy: vatan tuygʻusini shakllantirish, uni sevish va qadrlashga oʻrgatish.

Rivojlantiruvchi: ogʻzaki va yozma nutqni oʻstirish, unli tovushlar va harflar haqidagi koʻnikmalarni oshirish.

Dars turi: yangi bilim, ko‘nikma, malakalarni shakllantiruvchi dars.

Dars metodi: suhbat, tushuntirish, ta’limiy oʻyin.

Dars jihozi: darslik, ragʻbatlantirish uchun kartochkalar, mavzuga mos rasmlar, multimediali ilovalar.

Darsning borishi:

I.Tashkiliy qism.

II. Uyga vazifani tekshirish.

Uyga vazifa 24-mashq multimedia ilovasidagi 7-darsning 2-topshirigʻi asosida tekshiriladi.




24-mashq matni beriladi.

Shirin .z.m, .chq.r ot, sara .r.gʻ, chuqur q.d.q, oq t.n.ka, .n.mli yer.

Oʻquvchilar, nuqtalar oʻrniga u yoki i harflaridan mosini qoʻyib, shu soʻzlarning yozilishini bilib oling.



Shirin uzum, uchqur ot, sara urugʻ, chuqur quduq, oq tunuka, unumli yer.

Lugʻat ishi:

uchqurtez chopa oladigan; chopqir

saraeng yaxshi, a’lo, tanlangan, yuqori sifatli

unumliyaxshi hosil beradigan yer

quduq rasmi koʻrsatiladi



III. Yangi mavzu bayoni.

25-mashq “Kim topqir” ta’limiy oʻyini yordamida bajariladi. Buning uchun koʻrgazmaga mashqda berilgan har bir soʻzlarning bir unli harfi tushurib beriladi. Oʻquvchilar nuqtalar oʻrniga kesma unli harflardan mosini qoʻyishlari kerak. Topshiriq bajarilgach i unlisi soʻz va boʻgʻin boshida uzunroq, undoshdan soʻng esa qisqa talaffuz qilinishi, ammo yozuvda i harfi yozilishi tahlil asnosida tushuntiriladi. Darslikda ajratib berilgan soʻzlarni lugʻat diktanti tarzida yozdirib, oʻquvchilarga yozganlarini darslikdan tekshirish vazifasi beriladi: intizom, izzat, bilim, sinf, kitob, tirnoq, qoʻshiq.

Soʻz oʻyini.

Harflari tushirilgan soʻzlar beriladi.



In.q, int.zom, .mzo, .zzat, o.la, bil.m, s.nf, gil.s, kit.b, p.chan, nih.l, tirn.q, qoʻsh.q, ko.not, p.lla, sim.b, oʻtk.r, n.xat, l.tsey, b.lan, r.mol

Tushirib qoldirilgan unli tovushlarni ifodalagan harflarni nuqtalar oʻrniga qoʻying.

Qalamdonda olti rangdagi qalamlarning har biriga unli harflar yozilgan: a, o, i, e, oʻ, u. Oʻquvchi nuqtalar oʻrniga mos keladigan unli harfni shu qalam bilan yoki qalamdan olib yozadi.

Bolajonlar, i unlisi soʻz va boʻgʻin boshida uzunroq, undosh keyin esa qisqa aytiladi.

Shart aytilgach, soʻzlar harakatlanadi va soʻzni bosganda talaffuzi eshitiladi.

Inoq, intizom, oila, bilim, sinf, kitob, nihol, tirnoq, koinot.
Lugʻat ishi:

oʻtkir − yaxshi kesadigan, keskir

simob − kumush rangli, suyuq va tez bugʻlanuvchi metall boʻlib, oʻzining suyuqligi va tekis yuzada harakatlanishi bilan boshqa metallardan farq qiladi.




  1. Mavzuni mustahkamlash.

Darslik bilan ishlash.

26-mashq.Tushirib qoldirilgan unli tovushlarni ifodalagan harflarni nuqtalar oʻrniga qoʻyib, soʻzlarni yozadilar.

Pilla, sigir, simob, gilos, oʻtkir, noʻxat, litsey, roʻmol.

Shu soʻzlar ishtirokida gap tuzish vasifasi beriladi.



Tarqatmali materiallar bilan ishlash.

№ 1

Muhiddin Omonning she’riy topishmogʻini oʻqing. Javobini toping va yozing.

Qoʻngʻirboshi ichida

Yashiringan alanga.

Ishlatmangiz behuda

Bermangiz yosh-yalangga. (…)


№ 2
Yer ostida qatormiz,

Sizni kutib yotarmiz.

Uvol qolib ketmaylik,

Qaynatsangiz shakarmiz. (…)

Topishmoqning javobi boʻlgan narsa nomini toʻgʻri yozish uchun shu soʻzni toʻgʻri talaffuz qilishni unutmang.


№ 3

Oʻqing. Tushirilgan harflarni qoʻyib, koʻchiring.

M…rjon, m…yda, p…ypoq, imor…t, till…qoʻngʻiz, k…mzul, mur…bbo.



№ 4

Tushirilgan unli harflarni qoʻyib, soʻzlarni koʻchiring.

B…gʻdoy, q…r, j…zza, t…lki, k…y…m, kal…t, m…sh…k, q…loq, H…lar.


Oʻquvchilar unli harflarni toʻgʻri yozishni qanday bilib olganliklarini tekshirish uchun lugʻat diktantini yozdirish.



Lugʻat diktanti.

Baho, vazifa, lavlagi, kombayn, burgut, urugʻ, qoʻshiq, oʻrik, inoq, bilim, sinf, ekin, behi.

V. Darsga yakun yasash va baholash.

Oʻquvchilarning darsdagi ishtiroki va ijodkorligi, faolligi, topshiriqlarni bajarish darajasiga koʻra oʻqituvchi tomonidan baholanadi



VI. Uyga vazifa berish.

27-mashq sharti tushuntirib beriladi. Qambar otaning “Oʻzbekiston” she’rining birinchi va ikkinchi qatorini koʻchirib, unli tovushlarni ifodalagan harflarning tagiga chizish va ajratib koʻrsatilgan soʻzlar ishtirokida ikkita gap tuzish vazifasi beriladi.


17 - DARS
Darsning mavzusi. Harf birikmalari (37−38-mashqlar).

Darsning maqsadi:

Ta’limiy: harf birikmasi bilan yoziladigan soʻzlarni toʻgʻri oʻqish, boʻgʻinlarga toʻgʻri boʻlish koʻnikmasini shakllantirish. Harf va harf birikmasini farqlashni, harf birikmasini hosil qilgan shakllar bir-biridan ajratilmasligini, bir tovush sifatida talaffuz qilinishini eslatish, soʻzlarni grafik va imloviy toʻgʻri yozish malakasini shakllantirish;

Tarbiyaviy: oʻquvchilarni hamjihatlik, mehnatsevarlik ruhida tarbiyalash.

Rivojlantiruvchi:. ogʻzaki va yozma nitqni rivojlantirish, husnixat malakalarini shakllantirish.

Dars turi: yangi bilim, ko‘nikma, malakalarni shakllantiruvchi dars.

Dars metodi: suhbat, tushuntirish, ta’limiy oʻyin.

Dars jihozi: darslik, ragʻbatlantirish uchun kartochkalar, mavzuga mos rasmlar,boshqotirma, multimediali ilovalar.

Darsning borishi:

  1. Tashkiliy qism:

  2. Uyga vazifasini tekshirish.

Uyga berilgan mashq oʻqitiladi . “Doʻstingni xatosini top” usuli asosida oʻquvchilarga bir-birlarini daftarlari tekshirtiriladi.





  1. Yangi mavzu bayoni.

Darslik bilan ishlash.

37-mashq. Soʻzlarni oʻqib, harf birikmasi qaysi undosh tovushlarni ifodalaganini aniqlash va ikki boʻgʻinli soʻzlarni boʻgʻinlarga boʻlib, chiziqcha bilan yozish topshirigʻi beriladi.

Harf birikmali soʻzlarni toʻgʻri oʻqish koʻnikmasini oʻstiriladi.

Multimediali ilovada 37-mashq boshqotirma tarzida berilgan.

Boshqotirma foydalanish uchun berilgan soʻzlar bilan toʻldiriladi. Foydalanish uchun soʻzlar: shahar, jangchi, uchburchak, sinfdosh, dushanba, kichik, murch, ishchi, mushuk, kishmish, kashnich,sichqon, lochin.













a


h

a

























j

a

ng

ch

i










u

ch

b

u

r

ch

a

k













s

i

n

f

d



sh













































sh


a





b

a

























k

i

ch

i

k
















m

u

r

ch




























i

sh

ch

i










m

u

sh

u

k






















k

i

sh

m

i

sh






















k

a

sh

n

i

ch



















s

i

ch

q

o

n







l

o

ch

i

n













Aziz oʻquvchilar, berilgan soʻzlardan foydalanib, boshqotirmani toʻldiring. Boshqotirmani toʻgʻri bajarsangiz, bugungi dars mavzusini topasiz.

Boshqotirma bajarilgach, tugma orqali keyingi topshiriqqa oʻtiladi. Ikki boʻgʻinli soʻzlarni boʻgʻinlarga boʻlib, chiziqcha bilan ajratadilar.

Ekranda berilgan chiziqcha asosida oʻquvchilar soʻzlarni boʻgʻinga boʻlishadi.

Multimediali ilovada 38-mashq interaktiv oʻyin tarzida berilgan.



38-mashq matnida maqollar aks etadi. Nuqtalar oʻrniga qoʻyish uchun soʻzlar beriladi. Oʻquvchi soʻzlarni maqol mazmuniga mosini nuqtalar oʻrniga qoʻyishi kerak. Soʻz toʻgʻri qoʻyilsa, “toʻgʻri” soʻzi eshitiladi.

Nuqtalar oʻrniga mazmuniga mos soʻzlarni qoʻyib, maqollarni oʻqing.

Ish seni yengmasin, sen ishni ... . Ishlagan yerni .... . Gap bilan shoshma, ish bilan ... . Achchigʻing chiqsa ham aqling ... .

Nuqtalar oʻrniga qoʻyish uchun soʻzlar: shosh, chiqmasin, yeng, yashnatadi.

Aziz o‘quvchilar, mehnat haqidagi maqollarni koʻchiring. Harf birikmasi ishtirok etgan soʻzlar tagiga chizing.


IV. Mavzuni mustahkamlash.

Nazoratchi harf” oʻyini.



1-usul. Oʻqituvchi belgilangan harf asosida oʻquvchilarga soʻz yozishni taklif etadi. Masalan, oʻqituvchi biror harfning soʻz boshida kelishiga namunalar yozing deb aytadi. Ishni bajarish uchun aniq 2−3 daqiqa vaqt belgilanadi. Oʻquvchilar yozadilar: shodlik, shahar, shovqin, shalola, sharshara, sharafli, shar, sher va h. Belgilangan vaqtda koʻp soʻz yozgan oʻquvchi birinchilikni oladi.

2-usul. Sinf guruhlarga boʻlinib, ularga bir xil jadval va soʻzlar tarqatiladi. Oʻquvchilarga soʻzlardagi harf birikmalari asosida jadvalni to‘ldirish topshirig‘i beriladi. Qaysi guruh birinchi va toʻgʻri bajarsa usha guruhgʻolib boʻladi.

ng

ch

sh

tong

bong


singil koʻngil

tengdosh


yengil

bodring


choynak

a’lochi


chinni

chaman


charos chechak

chuchmoma



shalola

shamol


shaxmat

shakar


shirin

sher


dushanba




  • Darsda nimalarni bilib oldingiz? (Uchta undosh tovushning harf birikmasi bilan ifodalanishini bilib oldik: ch, sh, ng.)

  • Sizlar yoʻl qoʻygan xatolarning oldini olish uchun nimalarni yodda tutishingiz zarur ekan?

Oʻquvchilar bilganlaricha javob beradilar, oʻqituvchi umumlashtiradi.

V. Darsga yakun yasash va baholash.

Dars yakunida umumiy baholar e’lon qilinadi va faol, bilimdon oʻquvchilar ragʻbatlantiriladi.



VI. Uyga vazifa berish.

39-mashq. Harf birikmalari ishlatilgan soʻzlarning tagiga chizish kerakligi tushuntiriladi.
22-DARS
Dars mavzusi: H va x tovushli soʻzlarning talaffuzi va yozilishi.

Darsning maqsadi:

Ta’limiy: h va x tovushlarining talaffuzini taqqoslash va farqlash, shu tovushli soʻzlarning toʻgʻri yozish koʻnikmasini oʻstirish, tartibsiz berilgan gaplarni rasmlarga qarab tartiblash orqali bayon yozishga amaliy tayyorlash.

Tarbiyaviy: o‘quvchilarni kattalarga hurmat ruhida tarbiyalasah.

Rivojlantiruvchi: o‘quvchilarda ogʻzaki va yozma nutqni rivojlantirish.

Dars turi: yangi bilim, ko‘nikma va malakalarni shakllantiruvchi dars.

Dars metodi: suhbat, analiz, sintez, tushuntirish, ta’limiy o‘yinlar.

Dars jihozi: tarqatmali topshiriqlar, rasmlar, slaydlar.

Darsning borishi:

  1. Tashkilliy qism:

  2. Yangi mavzu bayoni.

H va x tovushlarining toʻgʻri talaffuzi ustida ishlash.

Doskaga h va x harfli soʻzlarni 2 ustun shaklida yozib, ularning talaffuzi va soʻz ma’nosi farqlash hamda taqqoslash orqali tushuntiriladi.

shox shoh

xol hol


xil-xil hil-hil
Soʻzlar izohi:

shox — daraxtning shoxi

xil-xil — turli xil

xol — odamning tanasidagi qora dogʻ


shoh — podsho

hol — holat, ahvol

hil-hil — yumshoq


Yüklə 1,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin