105 – DARS Dars mavzusi: Narsa va shaxsning sanogʻi va tartibini bildirgan soʻzlar.
Darsning maqsadi:
Ta’limiy: sanoq va tartibni bildirgan soʻzlarni soʻroqlar yordamida aniqlash va bunday soʻzlardan nutqda to‘g‘ri foydalanishga oʻrgatish.
Tarbiyaviy: oʻquvchilarni mehnatga boʻlgan intilishlarini oshirish, bogʻbonlik kasbiga qiziqish uygʻotish.
Rivojlantiruvchi: oʻquvchilarni izlanishga, fikrlashga, oʻz fikrini mustaqil bayon qilishga oʻrgatish.
Dars turi: yangi bilim, koʻnikma, malakalarni shakllantiruvchi dars.
Dars metodi: suhbat, tushuntirish, ta’limiy oʻyin, “Klaster” metodi.
Dars jihozi: darslik, ragʻbatlantirish uchun kartochkalar, mavzuga mos rasmlar, multimediali ilovalar.
Darsning borishi:
Tashkiliy qism.
Uy vazifasini tekshirish.
235-mashq tekshiriladi. She’r matni yoddan soʻraladi.
Belgini bildirgan soʻzlar savollar yordamida aniqlanib tekshiriladi.
Laylagim
Uzun tumshuq laylagim,
Kelar birga oʻynagim.
Loy, balchiqni kechmagin,
Kir boʻlar oq koʻylaging.
Vali Ahmadjon “Qushlar haqida nima bilasiz?” ta’limiy oʻyini oʻtkaziladi. Buning uchun oʻqituvchi tabiatda uchraydigan qushlarning rasmini koʻrsatadi. Oʻquvchilar qushlarga xos boʻlgan belgi va sifatlarni aytishlari lozim. Bu ta’limiy oʻyinni amalga oshirish uchun quyidagi jadvaldan foydalanish mumkin.
Namuna:
Yangi mavzu bayoni.
Mavzuni tushuntirishda quyidagi usullardan foydalaniladi:
1-usul. Oʻqituvchi oʻquvchilar uchun tayyorlagan savollar doskaning chap tomoniga yozib qoʻyiladi. Oʻquvchilar savoldagi soʻroq yoniga bir soʻz bilan javob yozadilar.
Namuna:
Siz (nechanchi?) ___________ sinfda oʻqiyapsiz?
Sinfingizda (nechta?)__________oʻquvchi bor?
Siz (necha?) _________ yoshdasiz?
Oʻquvchilar javoblari tinglanib, tahlil qilinadi.
Birinchi gapda qaysi soʻz soʻrashni bildirishi aniqlanadi.
Oʻylab koʻring. Gapni qayta oʻqing.
Endi shu soʻroqqa bergan javobingizni oʻqing. Nechanchi?soʻrogʻigajavob boʻlgan soʻzni aniqlang.
(Ikkinchi)(Nechanchi?) sinf
Shu ikkinchi soʻzi qaysi soʻzga bogʻlangan?
(Sinf soʻziga.)
Toʻgʻri aytdingiz.
(Nechanchi?) ikkinchi sinf.
Ikkinchi sinfni yakunlab, nechanchi sinfga oʻtasiz?
Nutqimizda birinchi, ikkinchi, uchinchi ... oʻninchi...kabi soʻzlar juda koʻp. Bunday soʻzlar narsalarning tartibini bildiradi: birinchidan keyin, albatta, tartibi bilan ikkinchi keladi.
Ikkinchi savolni oʻqing. Shu gapda qaysi soʻz oʻquvchi sonini soʻrashni bildiryapti?
(Nechta?)Bergan javobingizni oʻqing. Nechta? soʻrogʻiga javob boʻlgan soʻzni ayting. (Nechta oʻquvchi? Yigirma beshta oʻquvchi.)
Nechta? soʻrogʻiga javob boʻlgan yigirma beshta soʻzi oʻquvchilarning nimasini bildiryapti? (Oʻquvchilar sonini.)
Uchinchi savol yuzasidan ham shunday suhbat oʻtkaziladi. Oʻqituvchi suhbatni yakunlaydi.
Demak, nechanchi? soʻrogʻiga javob boʻlgan soʻz sinfning tartibini, nechta?,qancha?soʻroqlariga javob boʻlgan soʻzlar oʻquvchilar va a’lochilar son-sanogʻini bildirar ekan.
2-usul.“Sinchkov oʻquvchi” ta’limiy oʻyinioʻtkaziladi. Bu oʻyin orqali bolalar ziyraklikka, sinchkovlikka, e’tiborli boʻlishga harakat qilishadi. Oʻqituvchi turli rasmlar koʻrsatish orqali oʻquvchilarga savol beradi. Oʻquvchilar rasmni diqqat bilan kuzatib, savolga javob beradilar. Oʻquvchining asosiy vazifasi javobidan tartibni va sanoqni bildirgan soʻzlarni aniqlashi kerak. Aynan shu soʻzlarni topish uchun qanday soʻroqlar yordam berganini aniqlashadi.
Namuna:
Oʻqituvchi o‘quvchilarga sinfxonasini tozalayotgan oʻquvchilar rasmini koʻrsatadi.
1. Sinfni nechta oʻquvchi tozalayapti?
2. Ularning nechtasi qiz bola?
3. Nechtasi oʻgʻil bola?
4. Sinf xonasida nechta deraza bor?
5. Derazada nechta gul bor? Multimediali ilova asosida mashqni bajarish.
Quyidagi matn beriladi. Oʻquvchilar gap chegarasini aniqlab, mazmuniga mos tinish belgilarini qoʻyishlari kerak. Tinish belgilari toʻgʻri topilsa, tinish belgisi joyida qoladi va qarsak ovozi eshitiladi. Aksi boʻlsa “ Oʻylab koʻring ” deyiladi.
Tabiat nima? Atrofimizni oʻrab turgan barcha narsalar – tabiat. Vatanimiz tabiati naqadar goʻzal!
Tabiat nima? Atrofimizni oʻrab turgan barcha narsalar – tabiat. Vatanimiz tabiati naqadar goʻzal!
Gap biror narsa haqida xabar mazmunini bildirsa, oxiriga nuqta, soʻrash mazmunini bildirsa, oxiriga soʻroq belgisi, kuchli his-hayajon bilan aytilsa, oxiriga undov belgisi qoʻyiladi.
Tok koʻchati oʻtqazilgandan soʻng uchinchi yili hosilga kiradi. Yetilgan tokdan yuz kilogrammgacha uzum hosili olinadi. Bir bosh uzum sakkiz yuz gramm boʻlishi mumkin. Uzumning husayni, qirmiska kabi navlari uch-toʻrt oy buzilmay saqlanadi.
Qancha?, nechanchi? soʻroqlariga javob boʻlgan soʻzlar oʻzi bogʻlangan soʻz bilan birga namunadagidek yoziladi.
Namuna: (Nechanchi?) Uchinchi yili, (qancha?) yuz kilogramm, (qancha?) sakkiz yuz gramm, (qancha?) uch-toʻrt oy.
236-mashq matni beriladi. Oʻquvchi gap tarkibidan soʻroqlarga javob bo‘luvchi soʻzlarni topib soʻroqlarga olib borganda, soʻroqlar oʻrnida soʻz paydo boʻladi. Ikkinchi ustundagi qoraytirilgan soʻz birikmalari topshiriq bajarilgach hosil boʻladi.
Ekranda matn paydo boʻladi oʻquvchilar gaplarni oʻqiydilar . Matn ostidagi soʻroqlar oʻrniga gaplardan shu soʻroqlarga javob boʻlgan soʻzlarni topib qoʻyadilar.
Tok koʻchati oʻtkazilgandan soʻng uchinchi yili hosilga kiradi. Yetilgan tokdan yuz kilogrammgacha uzum hosili olinadi.
Bir bosh uzum sakkiz yuz gramm boʻlishi mumkin. Uzumning husayni, qirmiska kabi navlari uch-toʻrt oy buzilmay saqlanadi.
(Nechanchi?) yil
(Necha?) kilogramm
(Necha?) gramm
(Necha?) oy
uchinchi yili
yuz kilogram
sakkiz yuz gramm
uch-toʻrt oy
Tarqatmali materiallar bilan ishlash.
№ 1
Topishmoqlarni yod oling va yoddan yozing. Sanoqni bildirgan soʻzlarning tagiga chizing.
Bittagina onasi,
Oʻn ikkitadir bolasi.
Har bolaning boshida
Oʻttiz amma-xolasi.
(Yil, oy, kunlar)
№2
Oʻqing. Nuqtalar oʻrniga tegishli soʻzlarni qoʻyib, koʻchiring. Sanoqni bildirgan soʻzlarning tagiga chizing.
… karra ikki-toʻrt. Oʻn besh qoʻshuv ... -yigirma.
Yigirma besh ayiruv … yigirma ikki boʻladi.
№ 3
Oʻqing. Yod oling va yoddan yozing. Nechanchi? soʻrogʻiga javob boʻlgan soʻzlarning tagiga chizing.
Men ham nihol qadadim,
Parvarishlab qaradim.
Gulbogʻimni bezashga
Bu birinchi qadamim.
Oʻrinboy Yoʻldoshev
№ 4 Quyidagi savollarga javob yozing. Sanoqni bildirgan soʻzlarning tagiga chizing.
1. Siz necha yoshdasiz?
2. Ikki yildan soʻng necha yosh boʻlasiz?
4. Ukangiz sizdan uch yosh kichkina boʻlsa, u hozir necha yosh boʻladi?
5. Siz akangiz yoki opangizdan necha yosh kichiksiz?
Darslik bilan ishlash.
237-mashqdagi gaplar oʻquvchilarga oʻqitiladi.
Abbos oʻn beshinchi maktabning ikkinchi sinfida oʻqiydi. Bu sinfda yigirma olti oʻquvchi ta’lim oladi. Ulardan oʻn bitta oʻquvchi a’lochi.
Nechanchi? va qancha? soʻroqlariga javob boʻlgan soʻzlar aniqlanadi, javob boʻlgan soʻzlarni oʻzi bogʻlangan soʻz bilan birga koʻchiriladi.
Namuna:
(Nechanchi?) Oʻn beshinchi maktabning, ...
Ikkinchi sinf, yigirma olti oʻquvchi, oʻn bitta oʻquvchi.
Demak, shaxs va narsaning sanogʻini bildirgan soʻzlar nechta?, qancha? soʻroqlariga javob boʻladi. Narsa va shaxsning tartibini bildirgan soʻzlar nechanchi? soʻrogʻiga javob boʻladi.
238-mashq. Sharti asosida bajariladi.
Bir chuqurda ming chuqur,
Chuqurni igna choʻqir. Qirq koʻylagi bor,
Bir tugmasi yoʻq.
Narsalar sanogʻini bildirgan soʻzlar savollar yordamida aniqlanib, tagiga toʻlqinli chiziq chiziladi.
Mashq yuzasidan quyidagicha suhbat uyushtiriladi.
Topishmoqlar javobini topishda sizga qaysi soʻzlar yordam berdi?
Shu soʻzlar qaysi soʻroqqa javob boʻldi?
Ekranda bulut shakllarida topishmoq matnlari beriladi. Matn ostida esa topishmoq javoblarining rasmi, bola topishmoqning javobini topganda topishmoqning ostida javob soʻz paydo boʻladi.
Bolajonlar raqamlarni qoʻshib oʻqish orqali topishmoqning javobini toping.
1 kosada 2 ovqat. (tuxum)
40 xujrada qizil qizlar. (anor)
2 botir qilichlashar. (qaychi)
40 koʻylagi bor,
1 tugmasi yoʻq. (piyoz)
Boʻyi 1 qarich
Soqoli 2 qarich. (makkajoʻhori)
Topishmoqlar javobini topishda sizga qaysi soʻzlar yordam berdi?
Shu soʻzlar qaysi soʻroqqa javob boʻlyapti?
IV. Mavzuni mustahkamlash.
Mavzuni mustahkamlash uchun quyidagi oʻyinlardan foydalanish tavsiya etiladi:
“Oʻyla, izla, top!” ta’limiy oʻyini oʻtkaziladi.
Buning uchun oʻquvchilarga quyidagi she’riy topishmoq matni oʻqib eshittiriladi.
“Hisobla-chi?”
Kelishardi
Izlab buloq,
Bir echki-yu
Ikki uloq.
Suv boʻyida
Ayni shu chogʻ,
Yurar edi
Ikki oʻrtoq.
Hamdam dedi:
− Qani, oʻrtoq,
Bosh qotirib
Koʻr-chi, bundoq.
Shularda bor
Nechta quloq,
Nechta oyoq
Hamda tuyoq.
Oʻquvchilar echkilarda va uloqlardagi nechta quloq, oyoq va tuyoq borligini quyidagicha yozadilar:
Quloq 6 ta
Oyoq 12 ta
Tuyoq 24 ta
“Boʻlishi mumkin emas” ta’limiy oʻyinioʻynatiladi.
Bu oʻyinni oʻtkazishda oʻqituvchi matnni oʻqiydi. Oʻquvchilar boʻlishi mumkin boʻlmagan voqealar ifodalangan jumla yoki gapni topishlari lozim. Hazil mutoyiba bilan oʻynaladigan bu oʻyinda oʻquvchilardan ziyraklik, sinchkovlik va kuzatuvchanlik talab qilish bilan birgalikda ulardan atrofda sodir boʻlayotgan voqea va hodisalarga befarq boʻlmaslikni ham talab etadi.
1-variant: Olimjon ertalab barvaqt turdi va osmonda charaqlab turgan ikkita quyoshni koʻrdi.
2-variant: Azizbek dadasi bilan futbol oʻyiniga bordi, oʻyin juda qiziqarli boʻldi. Oʻyinda oʻn bitta hakam va bitta futbolchi mahorat bilan futbol oʻynadi.
3-variant: Sevara sakkizinchi mart kuni dadasi va ukasiga sovg‘a uchun tabriknoma yozdi.
V. Darsga yakun yasash va baholash.
1. Bugun darsda nimani oʻrgandingiz?
2.Nimalarni bilib oldingiz?
Oʻquvchilarning javoblari toʻldirib yakunlanadi.Darsda faol ishtirok etgan oʻquvchilar baholanadi.
VI.Uyga vazifa berish. 239-mashq.
Nutq. Matn. Gap
Ona tili oʻqitishning oldiga qoʻyilgan vazifalardan biri oʻquvchilarda ilmiy dunyoqarash asoslarini shakllantirish hisoblanadi. Bu vazifa oʻquvchilarda til kishilarning eng muhim aloqa vositasi ekani haqida tasavvur hosil qilish bilan amalga oshiriladi.
Ona tili oʻrganishni “nutq” haqida tushuncha berishdan boshlash pedagogik tomondan maqsadga muvofiqdir, chunki oʻquvchilar aloqa jarayonini nutq yordamida aniq idrok etadilar. O‘quvchilar nutq bilan tanishish orqali soʻzlovchilar foydalanadigan vositalar tizimi boʻlgan “til” tushunchasini oʻrganishga oʻtadilar.
Gapnutqning asosiy birligi hisoblanadi, kishilar shu gap yordamida oʻzaro aloqa qiladilar. Ikkinchi sinf oʻquvchilarida gap haqida quyidagi bilim va koʻnikmalar shakllantiriladi:
1.Gap tugallangan fikr (mazmun)ni bildiradi. Oʻquvchilarda nutqdan gapni ajratish va uni shakllantirish (gapni bosh harf bilan boshlash va oxiriga nuqta, undov yoki soʻroq belgisini qoʻyish) koʻnikmasi oʻstiriladi.
2.Gap mazmunan oʻzaro bogʻlangan soʻzlardan tuziladi. Gapning bu belgisi oldingisi bilan jips bogʻlanadi, chunki mazmunan oʻzaro bogʻlangan soʻzlargina tugallangan fikrni anglatadi.
4. Gapda kim (kimlar) yoki nima (nimalar) haqida aytilganini bildirgan soʻz (ega) yoki ular haqida nima deyilganini (kesim) mavjud boʻladi. Oʻquvchilarda gapning bosh boʻlaklarini ajrata olish koʻnikmasi shakllantiriladi. 109 - DARS Dars mavzusi: Gap (245–246-mashqlar).
Darsning maqsadi:
Ta’limiy: nutqda gapdan foydalanish bilan oʻquvchilarni tanishtirish; tilning oʻzaro aloqa vositasi ekani haqida umumiy tasavvurini shakllantirish.
Tarbiyaviy: shirinsoʻzlikka oʻrgatish, muomala odobi haqida fikrlar bildirish.
Rivojlantiruvchi:o‘quvchilarning chiroyli yozuv malakasini o‘stirish.
Dars turi: yangi bilim, koʻnikma, malakalarni shakllantiruvchi dars.
Dars metodi: suhbat, tushuntirish, ta’limiy oʻyin.
Dars jihozi: darslik, ragʻbatlantirish uchun kartochkalar, mavzuga mos rasmlar, multimediali ilovalar.
Darsning borishi:
Tashkiliy qism.
Uy vazifasini tekshirish.
Uyga berilgan 244-mashq oʻqitiladi, sanoqni bildirgan soʻzlarga soʻroq beriladi, tagiga chizilgan soʻzlar tekshiriladi.
Yong‘oq qoqvoldim,
Mag‘zini chaqvoldim:
Dadamga – oʻttizta,
Ayamga – toʻqqizta,
Bobomga – yetmishta,
Oʻzimga toʻrt-beshta.
Anvar Obidjon
Oʻqituvchi oʻquvchilarga mashq yuzasidan savollar beradi:
Sanoqni bildirgan soʻzlarni toping?
(Oʻttizta, toʻqqizta, yetmishta, toʻrt-beshta).
Bu soʻzlar danday soʻroqqa javob boʻladi? (Nechta?)
Bir xonali sonlar qatnashgan soʻzlarni ayting? (Toʻrt, besh.)
Ikki xonali sonlar qatnashgan soʻzlarni ayting? (Oʻttiz, toʻqqiz, yetmish.)
Oʻquvchilar javobi xulosalanadi.
Mavzuni mustahkamlash uchun “Teskari sanoq” ta’limiy oʻyini oʻynatiladi. Har bir qatordagi oʻquvchilar navbatma-navbat sonlarni teskari tartibda aytishlari kerak. Birinchi qatordagi oʻquvchi 20 sonini aytsa, ikkinchi qatordagi oʻquvchi 19 sonini aytadi, uchinchi qatordagi oʻquvchi 18 va hokazo.
Namuna:
1-qator
2-qator
3-qator
20
19
18
17
16
15
Yangi mavzuni bayoni.
Multimediali ilova asosida mavzuni tushuntirish mumkin.
245-mashqni oʻqing. Ustunning qaysi tomonida gap berilgan?