Toshkent−2015 Tuzuv ch i-muallifla r: Umida Masharipova, Mashrabxon Umarova, Dilnoza Baynazarova, Manzura Nabiyeva Taqrizchila r



Yüklə 1,52 Mb.
səhifə4/17
tarix14.07.2018
ölçüsü1,52 Mb.
#56744
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17

Darsga yakun yasash va baholash.

Dars jarayonida faol qatnashgan oʻquvchilar ragʻbatlantiriladi va baholanadi, darsdagi ishtiroki va ijodkorligi, faolligi, topshiriqlarni bajarish darajasiga koʻra baholari izohlanadi.

  1. Uyga vazifa berish.

8-mashq. Uchta gap yozish hamda ushbu gaplarning mazmuniga qarab, oxiriga nuqta, soʻroq, undov belgilarini qoʻyish topshirigʻi beriladi.
8 - DARS
Dars mavzusi. Unli tovushlar va harflar (16−17-mashqlar).

Darsning maqsadi:

Ta’limiy: oʻquvchilarda unli tovushni undosh tovushdan ajratish hamda unli tovushlar soʻz ma’nosini farqlashga xizmat qilishi haqidagi bilimlarini aniqlash, soʻzlar talaffuzini kuzatish va ularni tovush tomonidan tahlil qilish koʻnikmasini oʻstirish.

Tarbiyaviy: oʻquvchilarni komil inson qilib tarbiyalash.

Rivojlantiruvch: oʻquvchilarda imloviy va husnixat koʻnikmalarini rivojlantirish.

Dars turi: yangi bilim, koʻnikma, malakani shakllantiruvchi dars.

Dars metodi: suhbat, kichik guruhlar bilan ishlash, ta’limiy oʻyin.

Dars jihozi: tarqatma materiallar, rasmlar, didaktik materiallar, testlar,

multimediali ilova.



Darsning borishi.

  1. Tashkiliy qism.

  2. Uy vazifasini tekshirish.

Uyga berilgan 15-mashq soʻzlari ikkitadan oʻqitiladi va shu soʻzlarni farqlagan tovush-harflar aniqlatiladi.

“Soʻzni toping” ta’limiy oʻyini oʻtkaziladi. Oʻquvchi boʻsh katakka birinchi ustundagi soʻzlarning bir harfini oʻzgartirib yangi soʻzlar yozadilar.

Namuna:


Soʻzlar

Yangi soʻz

bilak

+ila

bol

+ola


tola

+ola

savob

+avob

teng

+eng

mosh

+osh





Soʻzlar

Yangi soʻz

quloq

+uloq

don

+on

soy

+oy

boy

+oy

mayna

may+a

kuz

+uz



Oʻquvchilar quyidagi soʻzlarni hosil qiladilar: tilak, tola, javob, keng, tosh, buloq, non, toy-boy-loy, maysa, tuz.

  1. Yangi mavzu bayoni.

    • Qanday tovushlar soʻz ma’nosini farqlashga xizmat qildi? (Undosh tovushlar.)

    • Unli tovush undosh tovushdan qanday farqlanadi?

Avval a, o, i, u, oʻ, e tovushlarini talaffuz qiling.

  • Shu tovushlarni talaffuz qilganingizda havo ogʻiz bo‘shlig‘ida toʻsiqqa uchradimi yoki erkin oʻtdimi?

  • Talaffuz qilganingizda havo ogʻiz bo‘shlig‘ida toʻsiqqa uchramay erkin oʻtadigan va ovoz eshitiladigan tovushlarning nomi nima? (Unli tovush.)

  • Unli tovush haqida yana nimalarni bilasiz?

  • Boʻgʻin hosil qiladimi? (Unli tovush boʻgʻin hosil qiladi.)

Unli tovushni choʻzib talaffuz qilish mumkin (o-na, a-na, u-ka).

Oʻtkazilgan suhbatdan keyin quyidagi qoida aytiladi.







Darslik bilan ishlash.

16-mashq. She’r ifodali oʻqib beriladi.
Ona tilim, turkiy tilim,

Ardoqligim oʻzbek tilim.

Avaylayman seni doim.

Qovoq ila koʻzdek, tilim.

Miraziz A’zam


  • She’r nima haqida ekan?

  • She’rning muallifi kim?

  • Ona tili nimaga oʻxshatilgan?

She’rning har bir qatorini bosh harf bilan boshlash va xatboshidan yozish va unli tovushlarni ifodalagan harflarning tagiga chizish, husnixatga amal qilib yozish kerakligi aytib oʻtiladi.

IV. Mavzuni mustahkamlash.

17-mashqni qoʻshimcha topshiriq asosida quyidagi tarzda tashkil etish mumkin. Buning uchun oʻqituvchi doskaga yoki slayd orqali mashq matnini quyidagi koʻrinishda yozib qoʻyadi. Oʻquvchilarga topshiriq beriladi. Nima? soʻrogʻi oʻrniga qoʻyish uchun berilgan soʻzlardan mosini topib, maqolni oʻqing. Maqollarni oʻqing.




( Nima?) — oltindan qimmat.

O-dob — oltindan qimmat.

Aql bilan odob — ( Nima?).

Aql bilan odob — e-gi-zak.

Qoʻyish uchun soʻzlar: odob, egizak.

Koʻchiring. Soʻroqlarga javob boʻlgan soʻzlarni boʻginga boʻlib yozing.



    • Har bir soʻzda nechta unli tovush va nechta boʻgʻin bor?




Test topshiriqlari:

Toʻgʻri javoblarga chiziq chizilgan.



  1. Tovushlarning yozuvdagi ifodasi nima?

    1. gap

    2. harf

    3. soʻz

  2. Qaysi fikr notoʻgʻri?

A) faqat kishilarning ismi va familiyasi bosh harfda yoziladi.

B) shahar, qishloq, mahallalar nomlari bosh harf bilan yoziladi.

D) hayvonlarga qoʻyilgan nomlar bosh harf bilan yoziladi.


  1. Unli harflar toʻgʻri berilgan qatorni aniqlang.

    1. a, o, i, e, l, u

    2. a, o, i, e, u, oʻ

    3. a, e, y, o, oʻ, m

  2. Nimani yozamiz, koʻramiz va oʻqiymiz?

    1. harf

    2. tovush

    3. soʻz

  3. Oʻzbek tilida nechta tovush va harf bor?

    1. 29 ta tovush, 30 ta harf

    2. 29 ta tovush, 29 ta harf

    3. 30 ta tovush, 29 ta harf




  • Darsda nimalarni bilib oldingiz?

  • Talaffuz qiladigan soʻzlarimiz nimalardan tuziladi?

  • Tovushlar yozuvda nimalar bilan belgilanadi?

  • Harflar nima uchun kerak?

Ushbu savollarga oʻquvchilardan javob olinadi va xulosa qilinadi.

«Men oʻylagan soʻzni topib ayting» deb nomlangan ta’limiy oʻyin oʻtkaziladi. Buning uchun doskaga o, a tovushlari yozilgan boʻladi.

Oʻqituvchi: Topadigan soʻzingiz qarindoshlikni bildiradi, uch tovushdan tuzilgan. Ular qaysi soʻzlar? Vaqt ketdi. Har bir oʻquvchi daftariga mustaqil yozadi.

Masalan, oʻquvchi ushbu soʻzlarni yozishi mumkin: ona, opa, ota, aka.

Yoki ushbu koʻrinishdagi topshiriq ham berilishi mumkin. Ushbu kataklarga undosh harflarini qoʻyib, qarindoshlikni bildiruvchi soʻzlar hosil qiling.


o




a

o




a

a




a

V. Darsga yakun yasash va baholash.

Oʻquvchilarning darsdagi ishtiroki va ijodkorligi, faolligi, topshiriqlarni bajarish darajasiga koʻra oʻqituvchi tomonidan baholanadi.



  1. Uyga vazifa berish.

18-mashq. Mashq shartlari oʻquvchilarga tushuntiriladi. Faqat bir unli tovushni ifodalagan harf boʻgʻin hosil qilgan soʻzlarni yozishlari va shu boʻgʻinning tagiga chizishlari aytiladi.
9 - DARS
Dars mavzusi. Unli tovushlar. A va o unlilari (19−20- mashqlar).

Darsning maqsadi:

Ta’limiy: oʻquvchilarning unli tovush va unli harflar haqidagi bilimlarini mustahkamlash, a va o unli tovushlarni alohida va soʻz ichida toʻgʻri talaffuz qilish.

Tarbiyaviy: bolalarni tabiatga ehtiyotkorlik bilan munosabatda boʻlishga oʻrgatish.

Rivojlantiruvchi: unli harfli soʻzlarni toʻgʻri yozish koʻnikmasini oʻstirish, ogʻzaki va yozma nitqni rivojlantirish.

Dars turi: yangi bilim, ko‘nikma, malakalarni shakllantiruvchi dars.

Dars metodi: suhbat, tushuntirish, mustaqil ish, ta’limiy oʻyin.

Dars jihozi: darslik, ragʻbatlantirish uchun kartochkalar, mavzuga mos rasmlar, multimediali ilovalar.

Darsning borishi:

I.Tashkiliy qism.

II. Uy vazifasini tekshirish. Oʻquvchilarga 18-mashqdagi faqat bir unli tovushni ifodalagan harf boʻgʻin hosil qilgan soʻzlar oʻqitiladi.

18-mashqni multimediali ilova asosida tekshirish mumkin.



Oʻquvchilar faqat bir unli tovushni ifodalagan harf boʻgʻin hosil qilgan soʻzlarni topib, shu soʻzlarni boʻgʻinga ajratadilar.

Soʻzlar: ona, ota, singil, aka, uka, opa, togʻa, xola, amaki, amma

Oʻquvchilar ona, ota, aka, uka, opa soʻzlarini boʻgʻinlarga ajratishlari kerak. Bu soʻzlar alohida qatorda yozilib, soʻzlarni oʻquvchilar boʻgʻinga ajratishlari uchun (-) chiziqchadan foydalanadilar (o-na, o-ta, a-ka, u-ka, o-pa).




III.Yangi mavzu bayoni.

Soʻzni tovush-harf tomonidan tahlil qilish. Oʻquvchilar oʻqituvchi aytgan topishmoqlarning javobini aytadilar.

Gulsiz boʻlar mevasi,

Shirin-shakar donasi.

(Anjir)

Mevasi dona-dona

Har biriga bir xona.

(Anor)

Koʻzga koʻrinmas,

Qoʻlga tutilmas,

Burunga kirmay qolmas.

(Havo)

Toʻni silliq, tuki yoʻq,

Ichi qizil, poʻki yoʻq.

(Tarvuz)

Javob soʻzlarni boʻgʻinga boʻladilar va tovushlarni tartibi bilan aytadilar; unli va undosh tovushlarning talaffuzini bilganlaricha tushuntiradilar. Soʻzlarni yozib, unli harflar tagiga chizadilar.

Talaffuzi yozilishiga mos boʻlgan soʻzlarda a va o tovushining talaffuzini kuzatish.

19-mashq. Mashq berilgan topshiriqlari tartibida bajariladi. Oʻqituvchi mashqdagi soʻzlarning birinchi boʻgʻinda a tovushi ba’zan o tovushiga yaqin talaffuz qilinsa ham doim a tarzida yozilishini yodda tutishni tushuntiradi.



Lugʻat diktanti. Mashqdagi ajratilgan soʻzlar aytib turib yozdiriladi. Talaffuzi, ma’nosi, yozilishi tahlil qilinadi. Oʻquvchilar yozganlarini darslikdan tekshiradilar.

Multimediali ilovadan foydalanib, soʻzlarda a va o tovushining talaffuzini kuzatish va tahlil qilish.



Tabiat manzarasi tasviri berilgan. Unda chinor daraxti va toʻkilayotgan katta barglarda 19-mashqdagi soʻzlarning birinchi boʻgʻinidagi a unli harfi tushirib qoldirilgan holda beriladi.

Oʻquvchilarga nuqtalar oʻrniga a yoki o harflarni mosini qoʻyib, soʻzlarni boʻgʻinlab oʻqish topshirigʻi beriladi.



Vatan, jahon, mashina, havo, baho, bahor, javob, tamom, shaftoli, vazifa, bahodir, shamol

Oʻquvchi a harfini tanlasa nuqta oʻrnida a harfi yoziladi. Aksi tanlansa “Oʻylab koʻring” soʻzi eshitiladi.

Yuqoridagi topshiriq bajarilgach, quyidagi soʻzlar rangi toʻqlashib ajratiladi va ajratib koʻrsatilgan soʻzlarni daftarlariga koʻchirib, a harfining tagiga chizish aytiladi: Vatan, mashina, , baho, javob, vazifa.


Darslik bilan ishlash.

20-mashq. Tushirib qoldirilgan a va o harflarini nuqtalar oʻrniga qoʻyib, soʻzlarni sabzavotlar va poliz ekinlari qatoriga nomlari alohida-alohida yozdiriladi.

Sabzi, bodring, karam, qovun, kartoshka, tarvuz, sholgʻom, handalak, lavlagi, qovoq.


Nomlari

Sabzavotlar

Poliz ekinlari

s__bzi

sabzi




b__dring




bodring

q__v__q




qovoq

l__vl__gi

lavlagi




t__rvuz




tarvuz

k__rt__shka

kartoshka




kar__m

karam




sh__lgʻ__m

sholgʻom




q__vun




qovun

h__nd__lak




handalak

Mashqni bajarishdan oldin sabzavotlar va poliz ekinlariga nimalar kirishi soʻrab aniqlanadi, soʻng mashq topshiriqlari mustaqil bajartiriladi.

Multimediali ilova asosida mashqni bajartirish mumkin.

Ekranda dala va poliz rasmi orqali 20-mashqdagi soʻzlar unli harf tushirib yozilgan. Dala va poliz rasmlarining pastki qismida 2 ta yashik, yashiklarning biriga a, ikkinchisiga o harfi yozilgan boʻladi. Oʻquvchilar tushirib qoldirilgan a va o harflarini nuqtalar oʻrniga qoʻyib, soʻzlarni oʻqiydilar.

Berilgan soʻzlardagi nuqtalar toʻldirilgach, a va o harfli yashiklardagi harflar “Sabzavotlar” va “Poliz ekinlari” degan soʻzlarga oʻzgaradi. Oʻquvchilar berilgan soʻzlarni guruhlaydilar.




IV. Mavzuni mustahkamlash.

Tarqatmali materiallar bilan ishlash.


№ 1

Oʻqing. Nuqtalar oʻrniga bir harf qoʻshib yangi soʻz hosil qiling.

Aziz-.aziz, zira- zira., parvo- parvo., anjir-.anjir, ayiq- .ayiq.



№2

Oʻqing. Faqat bir unli tovush boʻgʻin hosil qiladigan soʻzlarni yozing.

Saftoli, ari, igna, oʻrik, oyna, uzuk, eshik, bola, qush.



№ 3

Oʻqing. Nuqtalar oʻrniga tushib qolgan unli harflarni qoʻyib koʻchiring.

Kung..boqar, ehtiyotk.r, kiy.m, mush.k, q.ldirgʻoch, sand.q, f.rzand.



№ 4

Oʻqing. Nuqtalar oʻrniga bir harf qoʻshib yangi soʻz hosil qiling.

Olam- o.am, bosh- .osh, tuzoq-.uloq, uzum- uzu., savat-.avat.






  • Darsda nimalarni bilib oldingiz? (A va o tovushlarini alohida va soʻz ichida toʻgʻri talaffuz qilishni hamda shu harfli soʻzlarni toʻgʻri yozishni.)

V. Darsga yakun yasash va baholash.

Oʻquvchilarning darsdagi ishtiroki va ijodkorligi, faolligi, topshiriqlarni bajarish darajasiga koʻra oʻqituvchi tomonidan baholanadi.


VI.Uyga vazifa berish.

21-mashq.Tushirib qoldirilgan unli tovushlarni ifodalagan harflarni nuqtalar oʻrniga qoʻyib, soʻzlarni koʻchirish va yozgan soʻzlarni lugʻatdan tekshirish vazfasi beriladi.
10 - DARS
Dars mavzusi. U va i unlisi (22−23-mashqlar).

Darsning maqsadi:

Ta’limiy: u va i unli tovushlarini alohida va soʻz ichida toʻgʻri talaffuz qilish, shu harfli soʻzlarni toʻgʻri yozish koʻnikmasini oʻstirish. U tovushini alohida va soʻz ichida toʻgʻri talaffuz. qilish va u harfli soʻzlarni toʻgʻri yozish koʻnikmasini oʻstirish.

Tarbiyaviy: havfsizlik qoidalarga rioya qilishga oʻrgatish, intizomni shakllantirish.

Rivojlantiruvchi: ogʻzaki va yozma nutqni rivojlantirish. Mustaqil fikrlashga oʻrgatish.

Dars turi: yangi bilim, ko‘nikma, malakalarni shakllantiruvchi dars.

Dars metodi: suhbat, tushuntirish, mustaqil ish, ta’limiy oʻyin.

Dars jihozi: darslik, ragʻbatlantirish uchun kartochkalar, mavzuga mos rasmlar, multimediali ilovalar.

Darsning borishi:

I.Tashkiliy qism.

II. Uyga vazifani tekshirish. Uyga berilgan 21-mashq oʻqitiladi. Uyga berilgan mashqni quyidagi “Xatosini top!” ta’limiy oʻyin orqali tekshirish mumkin. Buning uchun quyidagi jadval beriladi, oʻquvchilar esa nuqtalar oʻrniga qoʻyilishi kerak boʻlgan harfga belgi qoʻyadilar.


Soʻzlar

a

o

s.do

+




s.hifa

+




n.muna

+




so.t

+




n.vbatchi

+




s.vat

+




f.zogir

+




l.viya




+

y.stiq




+

y.mgʻir




+





III. Yangi mavzu bayoni.

22-mashq rasmli diktant oʻtkaziladi. Buning uchun bulbul, tuxum, burun, burgut, quduq, urugʻ, chumchuq, uzum rasmlari koʻrsatiladi, oʻquvchilar rasmdagi narsalar nomini daftarlariga yozadilar.

Diktantdagi soʻzlar tovush tomonidan tahlil qilinadi, ikkinchi boʻgʻindagi unli qisqa i tarzida talaffuz qilinsada, u unli tovush ekani aniqlashtiriladi.

Bulbul − ikki boʻgʻinli soʻz; bul-bul; olti tovush, olti harf, ikkita unli, toʻrta undoshdan iborat: b-u-l-b-u-l.

u − unli tovush; u tovushini talaffuz qilganda havo ogʻiz bo‘shlig‘ida toʻsiqqa uchramay erkin oʻtadi, ovoz eshitiladi; oʻzi boʻgʻin hosil qiladi: bul-bul.

b, l − undosh tovushlar.

Uzum − ikki boʻgʻinli soʻz; u-zum; toʻrt tovush, toʻrt harf, ikki unli, ikki undoshdan iborat: u-z-u-m.

u − unli tovush; u tovushini talaffuz qilganda havo ogʻizda toʻsiqqa uchramay erkin oʻtadi, ovoz eshitiladi, oʻzi boʻgʻin hosil qiladi: u-zum.

z, m − undosh tovushlar.

22−23-mashqlarda multimediali ilovadan foydalanish mumkin.



Bulbul, tutun, burun, burgut, quduq, urugʻ, tuxum, chumchuq, uzum – rasmlarining yoniga soʻzlarni birinchi boʻgʻini beriladi. Oʻquvchilar ikkinchi boʻgʻinini ekrandagi klaviaturadan foydalanib hosil qiladilar. Soʻz toʻgʻri tuzilsa “Toʻgʻri”, aksi boʻlsa “Oʻylab koʻring” deyiladi.

Shu soʻzlar ishtirokida gaplar tuzing.




Yüklə 1,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin