Toyloq tuman



Yüklə 20,58 Kb.
tarix21.01.2023
ölçüsü20,58 Kb.
#122414
Mehnat Shartnoma blanka — копия



Toyloq tuman

2022-yil



1
2.8. Amaldagi qonun hujjatlariga va normativ hujjatlarga muvofiq mehnat sharoitlari bilan bog‘liq bo‘lgan qo‘shimcha haq, ustama, kompensatsiyalar quyidagi miqdorlarda:
Moddiy rag‘batlantirish ko‘rsatkichlariga qarab____________________ (qo‘shimcha haq, ustama, kompensatsiyalar nomi)
Xodim tomonidan mehnat vazifalari bajarilmagan yoki etarli darajada bajarilmagan taqdirda 2.7-2.8. Bandlarda ko‘rsatilgan to‘lovlar xalq ta’limi tizimi xodimlari mehnatiga haq to‘lash va moddiy rag‘batlantirish bo‘yicha amaldagi qonunchilik, qonunosti va idoraviy hujjatlarda belgilangan qoidalarda belgilangan tartibda kamaytirilishi mumkin.
2.9. Ish kunining tartibi: Haftasiga 6 ish kuni, ish vaqti ertalab soat 8-00 dan kech soat 15-00 gacha. (tushlik vaqti bir soat 13:00dan 14:00gacha)
2.10. Har yilida bir marta 48 ish kuni hisobidan asosiy va _________ish kuni hisobidan qo‘shimcha mehnat ta’tili belgilanadi.
III. ISH BERUVCHINING MAJBURIYATLARI
3.1. Xodimga oylik maoshlarini o‘z vaqtida to‘lash.
3.2. Xavfsiz va samarali mehnat qilish uchun shart-sharoitlar yaratish.
3.3. Qonun hujjatlari va boshqa hujjatlarga rioya etish.
3.4. Mehnat intizomini ta’minlash.
3.5. Xodimning mehnatini tashkil etish, uni xavfsizlik texnika qoidalari, muassasaning ichki mehnat tartib-qoidalari, odob-axloq qoidalari, lavozim yo‘riqnomalari, jamoa shartnomasi va boshqa normativ, mahalliy hujjatlar bilan tanishtirish.
IV. XODIMNING MAJBURIYATLARI
4.1. O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksi, Muassasaning Ustavi, muassasaning Jamoa shartnomasi va Ichki mehnat tartibi qoidalarida nazarda tutilgan mehnat intizomiga qat’iy rioya etish.
4.2. Xalq ta’limi vazirligi tomonidan tasdiqlangan Xalq ta’limi xodimlarining asosiy lavozimlari malaka tavsiflari va Ish beruvchi tomonidan tasdiqlangan lavozim yo‘riqnomasi muvofiq faoliyat ko‘rsatish.
4.3. Mansab vazifalariga binoan o‘z xizmat vazifasini vijdonan bajarish.
4.4. Mansab vazifalariga bog‘liq barcha huquqiy va me’yoriy hujjatlarni o‘rganish hamda ularga amal qilish.
4.5. O‘zbekiston Respublikasining «Ta’lim to‘g‘risida»gi Qonuni, «Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi», «Umumiy o‘rta ta’lim to‘g‘risidagi nizom» talablarini, umumiy o‘rta ta’limning davlat ta’lim standartlari va o‘quv dasturlari talablarini yaxshi bilish va ularga qat’iy rioya qilish;
4.6. Maktabda mavjud moddiy boyliklarni ehtiyotlash hamda ularga zarar etishining oldini olish choralarini ko‘rish;
4.7. Maktabda unga ishonib topshirilgan moddiy boyliklarni but saqlanishini ta’minlanishiga xavf-xatar uyg‘otuvchi barcha vaziyatlar to‘g‘risida ish beruvchiga o‘z vaqtida xabar berish;
4.8. Qobiliyatli va iste’dodli o‘quvchilarga DTS talablaridan yuqori darajada ta’lim berishga yo‘naltirilgan pedagogik faoliyatni amalga oshirish;
4.9. Ta’lim berishning ratsional usullarini, shu jumladan zamonaviy pedagogik texnologiyalarni o‘rganib borish va pedagogik amaliyotda foydalanish;
4.10. O‘qituvchilar va o‘quvchilar shaxsini hurmat qilish, vatanga muhabbat, milliy istiqlol g‘oyalariga sadoqat, qonunlarga, ota-onaga, mehnatga, ma’naviy, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga xurmat ruhida tarbiyalash;
4.11.Axborot havfsizligi talablariga rioya qilish hamda konfedensial ma’lumotlarni oshkora etmaslik.
4.12. O‘z xizmat vakolati doirasida “Ish beruvchi”ning buyruq va ko‘rsatmalarini o‘z vaqtida bajarish.
4.13. “Xalq ta’limi tizimining rahbar, pedagog va ishchi xodimlarining odob-axloq qoidalari”ga va pedagogik etika qoidalariga, Vazirlikning 2019 yil 28-martdagi 114-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan Vazirlikning korrupsiyaga qarshi kurashish konsepsiyasi talablariga qat’iy rioya qilish.
V. ALOHIDA HOLATLAR
5.1. Ushbu shartnomaga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar faqatgina tomonlarining o‘zaro kelishuvi asosida kiritilishi mumkin.
5.2. “Ish beruvchi” O‘zbekiston Respublikasi Mehnat Kodeksida nazarda tutilgan hollarda ushbu shartnomani o‘z tashabbusi bilan muddatidan oldin bekor qilish huquqiga ega.
5.3. Ish beruvchi, xodim aybli xatti-harakatlar qilgan taqdirda u bilan tuzilgan mehnat shartnomasini quyidagi asoslar bo‘yicha bekor qilishga haqlidir:
-xodim o‘zining mehnat majburiyatlarini muntazam buzib kelgan bo‘lsa;
-xodim o‘zining mehnat majburiyatlarini bir marta qo‘pol buzsa (Xodim bilan tuzilgan mehnat shartnomasini bekor qilishga olib kelishi mumkin bo‘lgan mehnat vazifalarini bir marta qo‘pol ravishda buzilishlarining ro‘yxati shartnomaga ilova qilinadi).
5.4. Mehnat shartnomasi “Xodim” tashabbusi bilan bekor qilinadigan bo‘lsa, u o‘z arizasida shartnomaning buzilish sabablari va uni to‘xtatish muddatini aniq ko‘rsatishi shart.
5.5. Xodim nomuayyan muddatga, shuningdek muayyan muddatga tuzilgan mehnat shartnomalarini, muddati tugagunga qadar, ikki hafta oldin ish beruvchini yozma shaklda ogohlantirgan holda bekor qilish huquqiga egadir.
VI. NIZOLARNI HAL ETISH TARTIBI
6.1.Tomonlar o‘rtasida yuzaga kelgan barcha mehnat nizolari amaldagi qonunlar doirasida ko‘rib chiqiladi.
6.2. Nizolar o‘zaro kelishuv yo‘li bilan va bu bilan o‘z echimini topmagan taqdirda mehnat nizolari komissiyasi yoki sud orqali hal etiladi.
6.3. “Ish beruvchi” yoki “Xodim” o‘z tashabbusi bilan Mehnat nizolarini komissiyasi yoki sudga murojaat etishga haqlidir.
Ushbu shartnoma “Ish beruvchi” va “Xodim” o‘rtasida ikki nusxada tuzildi va imzolandi.


Yüklə 20,58 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin