Transport vositalari detallarining ishlash qobiliyatini tiklash I. B. As q arov



Yüklə 8,44 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə103/197
tarix24.10.2023
ölçüsü8,44 Mb.
#130877
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   197
TRANSPORT VOSITALARI

7.3. Yumshoq kavsharda kavsharlash 
 
Bunda, oldin kavsharlash joylarini kir, moy va zanglardan, egov, 
shaber, jilvir qoqozi yoki kislota eritmasi bilan yaxshilab tozalanadi. 
Tozalangan yuzalariga rux bilan to‗yintiriladi. Xlorid kislotasining 
suvdagi eritmasi cho‗tka bilan surkaladi. So‗ng koviyani zarur harorat-


155 
gacha qizdirib uning uchidagi oksid pardalar yuqorida qayd etilgan 
eritmalar bilan tozalangach, kavshar olib kavsharlanuvchi joyga surkab 
yurgizish bilan tirqishga tekis o‗tkaziladi. Kavsharlangan birikma 
kavshar qotgandan so‗ng olinadi. 
Yumshoq kavsharlar bilan kavsharlashda suyuqlanish harorati past 
(450°C va undan kam) va birikmaning mexanik mustahkamligi kam 
(200 MPa gacha) bo‗ladi. Ta‘mirlash korxonalarida POS-18 dan POS-61 
gacha markali qalay-qo‗rg‗oshinli kavsharlar keng ishlatiladi. Bunday 
kavsharlar qalay, qo‗rg‗oshin va surma qotishmasidan tayyorlanadi. 
Kavshar rusmidagi rahamlar qotishmadagi qalay miqdorini foizlarda 
ko‗rsatadi. Kavshar tarkibida qalay miqdori oshganda chokning 
mustahkamligi va yemirilishiga bardoshligi oshadi, qo‗rg‗oshin miqdori 
oshganda esa, chokning egiluvchanligi yaxshilanadi. Bu usulda 
radiatorlarni, generator kollektorlarini, yonilg‗i, elektr simlarini va 
uncha yuqori bo‗lmagan haroratda hamda kam kuch ta‘sir etadigan 
boshqa detallar kavsharlanadi. 
Rux qo‗shilgan xlorid kislotani tayyorlash uchun xlorid kislotaning 
suvdagi 50% li eritmasiga uning 1(5 qismi og‗ir-ligicha rux qo‗shilib 
obdan eritilib, hosil qilingan eritmaga 2-3 qissa suv qo‗shiladi. 
Kavsharlashda foydalaniladigan asbob koviya (7.2-rasm) deyiladi. 
Uning konstruksiyasi va o‗lchamlari kavsharlanadigan buyum tasnifiga 
ko‗ra turlicha bo‗ladi. 
7.2-rasm. Koviyalar
:
a-bolg„asimon; b- qirrali; v-elektr toki bilan ishlovchi.


156 
Shuningdek, qattiq kavsharda kavsharlaganda yuqorida ko‗rilgani-
dek barcha ishlar kavsharlanadigan joylar kir, moy, va zanglardan toza-
langach o‗zaro moslashtiriladi. So‗ng kavsharlanadigan joyga flyus bura 
sepilib ustiga kavshar qo‗yliladi va uning pechkaga kiritib, zarur haro-
ratgacha qizdiriladi. Bunda suyuqlangan kavshar zagatovkalar orasiga 
o‗tib ularni biriktiradi. Kavsharlangan buyum avvaliga kaustik sodaning 
suvdagi eritmasida, keyin suvda yuvilib quruq latta bilan artiladi. 
Mis va mix-rux kavsharlar M1 va M2 mis simi yoki chiviqlari 
hamda LK62-0,5, L63, PMS36, PMS48 va PMS54 mis-rux qotishma-
laridan iborat. Rahamlar kavshardagi misning o‗rtacha protsent 
miqdorini, qolgani rux ekanligini ko‗rsatadi. Bu kavsharlarning barchasi 
oquvchanlik chegarasi yetarli, sirtni yaxshi xo‗llaydigan, puxta va 
plastik birikmalar hosil qiluvchan bo‗lib, biroq yuqori suyuqlanish 
temperaturasiga ega. Mis-rux kavsharlar 800...900
o
C, mis esa 1083
o

temperaturada suyuqlanadi. Kavsharlar tarkibida rux miqdori ko‗p 
bo‗lgan sari puxtalik va mo‗rtlik kamayadi, lekin rux suyuqlantirish 
temperaturasini kamaytiradi. Shuning uchun latunni PMS36 kavshari 
bilan kavsharlash tavsiya etiladi, po‗lat va cho‗yan detallarini M1, L63 
va LK32-05 kavsharlari bilan kavsharlagan ma‘qul. 
Kumush kavsharlar oson suyuqlanuvchan va standart xillarga 
ajratiladi. Suyuqlanish temperaturasi 183 dan 342 
o
C gacha bo‗lgan oson 
suyuqlanuvchan kavshalarga kumushning qalay yoki qo‗rg‗oshin bilan, 
kam hollarda surma va qadmiy bilan qotishmasi kiradi. Bular PSr 2.5; 
PSr3-97; PSr 10-97 va hokazo markalardagi kavshalardir. Kumush 
miqdori harflardan keyin protsentda rahamlar bilan ko‗rsatilgan, bu 
kavshalarda u 10% dan, boshqa ko‗larida 4% dan oshmaydi. Oson 
suyuqlanuvchan kumush kavshalar simlar va boshqa elektrotexnik 
birikmalarni kavsharlash uchun tavsiya etiladi. 
Standart kumush kavshalar asosan kumush, mis va ruxning oz 
miqdoridagi boshqa komponentlar – qalay, qadmiy, fosfor hamida 
marganes bilan qotishmasidan iborat. Bu kavshalarning suyuqlanish 
temperaturasi 590 dan 822 
o
C gacha. 

Yüklə 8,44 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   197




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin