181
bo‗ladi. Xromlash protsessi boshqa tur elektrolitik protsesslardan,
masalan, mislash va nikellashdan boshqa xususiyatlari bilan ham farq
qiladi. Bu xususiyatlar jumlasiga:
-
erimaydigan anodlar ishlatilishi;
-
tok zichligining yuqori bo‗lishi;
-
sochish xossasining yomonligi kiradi.
Xromlash protsessida qo‗rg‗oshin anodlar ishlatiladi. Bunda qo‗r-
g‗oshinning turg‗unligini oshirish uchun unga 5-10% surma qo‗shiladi.
Eruvchan anodlar ishlatilmasligining sababi shuki, ular oson erib ketadi,
buning oqibatida elektrolitda metallning tok bo‗yicha chikishi kama-
yadida, xrom ortib ketadi. Oqibatda vannaning normal ishlashi buziladi.
Shunday qilib, xrom katodga elektrolitda
xrom konsentratsiyasining
pasayishi hisobiga o‗tadi. Shuning uchun elektrolitga vaqt-vaqti bilan
xromat angidrid qo‗shib turiladi.
Xromlashda ishlatiladigan tokning zichligi mislashdagiga yoki
nikellashdagiga qaraganda birmuncha katta bo‗ladi. Mislashda yoki
nikellashda zichligi 0,3–5,0 a/dm2 bo‗lgan
tok ishlatiladi, tokning
zichligi bunday bo‗lganda esa xrom detalga mutlaqo o‗tirmaydi. Shuni
eslatib o‗tish kerakki, kichik zichlikdagi tok ishlatiladiganda metallning
tok bo‗yicha chiqishi kamayib, xromning detalga o‗tirish
protsessi
cho‗zilib ketadi.
Vannaning tarkibi va temperaturasiga qarab, 25-65 a
dm
2
chamasi
zichlikdagi tok ishlatiladi. Dekorativ (bezak) maqsadlarida xromlashda
tokning zichligi birmuncha kichik bo‗lib, taxminan 10-15a/dm
2
ni tashkil
etadi. Tok zichligining kattaligi hamda vannaning tokning yomon
o‗tkazishi kuchlanishning yuqoriroq bo‗lishini talab etadi. Boshqa
elektrolitik protsesslarda tokning kuchlanishi 3-4 v bo‗lgani holda,
dekorativ xromlashda 6-10 v kuchlanishli tok ishlatiladi.
Elektorlitik qoplash protsesslarida qoplamning
qalinligi detalning
har xil kisimlarida turlicha bo‗ladi. har xil elektrolitlarning sochish
xususiyati turlicha, ya‘ni ulardan hosil bo‗ladigan qoplamning tekislik
darajasi har xil bo‗ladi. Xromli elektrolitlarning
sochish xususiyati eng
past. Elektorlitning sochish xususiyati anodlarning o‗lchamlari bilan
shakllariga va ularning ishlash imkoniyati tiklanayotga detallarga
nisbatan turish vaziyatiga (9.3-rasm), shuningdek,
anod bilan katod
orasidagi masofaga bog‗liq.
182
Anodlarning shakli detal shakliga o‗xshash bo‗lsa, elektrolitning
sochish xususityai ortadi, chunki bunda katod (detal) qismlari bilan anod
oraligi deyarli bir xil bo‗ladi.
Dostları ilə paylaş: