185
solishtirma bosim va ishorasi o‗zgaruvchi nagruzka ta‘siri ostida
ishlaydigan detallar uchun sut rang qoplam tavsiya etiladi. Biror
qoplamni detalning ishlash sharoitlariga muvofiq ravishda o‗rganish
uchun bu detal kichik yoki o‗rtacha konsentratsiyali vannada tegishli
rejimda(tok zichligi va harorat tegishlicha bo‗lgan sharoitda)
xromlanadi.
9.3-jadval yuqorida bayon etilgan uch xil qoplamning ba‘zi fizik-
mexanikaviy xossalari keltirilgan.
9.3-jadval.
Fizika-mexanikaviy xossalari
Sut rang
qoplam
Yaltiroq
qoplam
Yaltira-
maydigan
qoplam
Zichligi g/sm3…
7,1
7,0
6,9
Cho‗zilishdagi
mustahkamlik
chegarasi, kg/mm2….
16,3
30,8
25,7
Kesuvchi
kuch
ta‘sir
etadigan
mustahkamlik chegarasi, kg/mm2.
19,1
11,7
11,7
Ayni bir xossali vannada detal yuzasida hosil qilingan xrom
qoplamlarining tashqi korinishi va sifati, aslini olganda, xromlash
rejimlariga elektroliz protsessi o‗tkazilayotgan vanna harorati bilan
tokning zichligiga bog‗liq bo‗ladi.
Dostları ilə paylaş: