Transport vositalari detallarining ishlash qobiliyatini tiklash I. B. As q arov


Silliq qilib xromlashning texnologik jarayoni



Yüklə 8,44 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə123/197
tarix24.10.2023
ölçüsü8,44 Mb.
#130877
1   ...   119   120   121   122   123   124   125   126   ...   197
TRANSPORT VOSITALARI

Silliq qilib xromlashning texnologik jarayoni. 
Yeyilgan 
detallarni puxta qilib xromlash jarayoni, qilinadigan ishlarning
(operatsiyalarning) mazmuni va bajarilish tartibi jihatidan ayrim detallar 
uchun bir xilligicha qolaveradi. Bunda faqat vannalarning tarkibida va 
ularning ish rejimida bir qadar farq bo‗lishi mumkin. 
Detallarni xromlashga oid ishlarning tartibi va mazmuni 
quyidagicha: 
1. Detallarni silliqlash va to‗g‗ri geometrik shaklga keltirish 
maqsadida ular mexanikaviy ishlov beriladi–mayda donli jilvirlash 
qog‗ozi bilan jilvirlanadi va jilolanadi. 
2. Detallarning xromlanishi kerak bo‗lmagan joylari selluloid lenta 
yoki saponlak (atsetonda eritilgan selluloid) bilan qoplanadi. 
Detallardagi teshiklar qo‗rg‗oshin tiqin bilan berkitilgan tevaragida 
qoplanmagan joylar qolmaydi. 


186 
3. Detallarni vannaga o‗rnatish oson bo‗lishi uchun ular vanna 
ustidagi osmaga montaj qilinadi. Bu bilan anodlar bilan detall orasidagi 
masofaning bir tekis bo‗lishiga erishiladi (9.5-rasm). 
 
9.5-rasm. Detallarni xromlash vannasiga osish chizmasi: 
1-bug„-suv ko„ylagi; 2-kislotabardosh qoplamli vanna; 3-shamollatish 
surish qurilmalari; 4-siljiydigan anod shtangalari; 5-kundalang katod 
shtangalari; 6-osish moslamasi; 7- bo„ylama katod shtangalari;
8- siljimaydigan anod shtangalari; 9-anodlar; 10-detal. 
4. Detallar elektrolitda moysizlantiriladi; bunda elektrolitning 
tarkibida (1 l suvga) 100 g uyuvchi natriy NaON, 2-3 g suyuk shisha 
Na
2
SiO
3
bo‗ladi. Bu ish ko‗yidagi rejimda bajariladi: tokning zichligi 
Dkq5a(dm2, vannaning temperaturasi 800S. Bu yerda detall katod 
vazifasini, temir plastinka esa anod vazifasini utaydi. Tok o‗tish vaqtida 
detalda intensiv ravishda ajralib chiqadigan vodorod detal yuzasidan 
moy zarralarining oson uzilib chiqishini ta‘minlaydi. 
5. Detallar qaynoq suvda yuviladi. 
6. Metallning strukturasi ochiq ko‗rinishi uchun, havo kislorodi 
ta‘sirida paydo bo‗lgan oksidlarning niqoyatda yupqa pardasini 
ketkazish maqsadida detallar dekapirovkalanadi. Dekapirovkalash 
uchun detallar sulfat kislota N
2
SO
4
ning 5% li eritmasiga yoki 1 l suvga 
100 g xrom angidrid SrO
8
, 2-3 g sulfat kislota qo‗shib tayyorlangan 
vannaga botiriladi. Ish rejimi: tokning zichligi Dk/5a/dm2, vannaning 


187 
temperaturasi-normal temperatura, detallarni vannada tutish vaqti- 1 
min. 
7. Detallar oqar suv (sovuq suv) bilan yuviladi. 
Murakkab shaklli muqim detallar dekapirovkalangandan keyin 
ularning yuzasiga vena oxagi surtiladi, keyin esa sovuq suv (oqar suv) 
bilan yuviladi. 
Vena oxagi kaltsiy va magniy oksidlarining kremniy oksidsiz 
aralashmasidan iborat. Oxakni moysizlantirish uchun u suvga qorilib, 
butka xolatiga keltiriladi, so‗ngra unga 1,5 protsentgacha o‗yuvchi 
natriy yoki 3 protsentgacha soda qo‗shiladi. 
8. Detallar talab etilgan qalinlikkacha xromlanadi, bunda jilvirlash 
uchun holdiriladigan qo‗ylim hisobga olinadi. Detallar yukorida 
ko‗rsatilgan tarkibli vannada tegishli ish rejimida xromlanadi. 
9. Elektrolitni yig‗ib olish uchun detallar distillangan suvda 
yuviladi. 
10. Detallar oqar suv (sovuq suD) bilan yuviladi. 
11. Detallar osmadan chiqarib olinadi. 
12. Detallar quritish shkafida yoki qizdirilgan qipiq ichida
quritiladi. 
13. Detallarga koplangan xrom qotlamining sifati tekshiriladi; 
bunda xrom qoplanmagan joylar bor-yo‗qligi, qatlam-qatlam bo‗lib 
kuchgan joylar, chuqurcha (kemtik) joylar, qo‗ylkalar va boshqalar bor-
yo‗qligi aniqlanadi. 
Qoplam sifatsiz chiqqan hollarda yuzadagi xrom elektrolitik yo‗l 
bilan ketkazilishi mumkin. Buning uchun detall o‗yuvchi natriyning 10-
15 protsentli eritmasidan iborat elektrolit vannasiga anod sifatida 
tushiriladi. Bunda temir plastinka katod vazifasini o‗taydi. Ish rejimi: 
eritmaning temperaturasi 40-50
0
C, tok zichligi 5-10 a

dm
2
,
14. Detallar jilvirlanib, uzil-kesil o‗lchamga keltiriladi. 

Yüklə 8,44 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   119   120   121   122   123   124   125   126   ...   197




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin