Transport vositalari detallarining ishlash qobiliyatini tiklash I. B. As q arov


-rasm. Dvigatellar silindrlar blokini oqizma xromlash usulida



Yüklə 8,44 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə126/197
tarix24.10.2023
ölçüsü8,44 Mb.
#130877
1   ...   122   123   124   125   126   127   128   129   ...   197
TRANSPORT VOSITALARI

9.6-rasm. Dvigatellar silindrlar blokini oqizma xromlash usulida 
tiklash chizmasi. 
Kichik konsentratsiyali elektrolit 1,0-1,5 mm qalinlikdagi va 450-
650 kg/mm
2
mikroqattiklikdagi qoplam hosil bo‗lishini ta‘minlaydi. Bu 
elektrolitning tarkibi ishlash vaqtida turg‗un bo‗ladi.
Ishlab chiqarish sharoitida xloridli elektrolit 10 yoki 20 markali 
po‗lat qirindilarni xlorid kislotada to‗yinguncha eritish yo‗li bilan
tayyorlanadi. Buning uchun zanglamagan va kuyindisiz toza qirindi 
ishlatiladi. Bunday qirindi ishlatishdan oldin kaustik sodaning suvdagi 
10 protsentli eritmasida moysizlantiriladi va qaynoq suvda yuviladi. 
Shunday qilib, temirlashda:
a) birmuncha arzon elektrolitlar;
b) eruvchan anodlar;
d) ancha katta zichlikdagi tok ishlatiladi;
g) yuza juda tez temirlanadi va qalin qatlam hosil bo‗ladi. 
Temir qoplamlarning ekspluatatsion xossalari.
Temir qoplam-
ning ekspluatatsion xossalari ishlatilgan elektrolitlarning tartibiga va 


191 
elektroliz rejimiga bog‗liq bo‗lib, bir qancha ko‗rsatkichlari jihatidan 
xrom qoplamning xossalariga yaqin turadi. Chunonchi, elektrolitik 
temirning po‗lat bilan tishlashish puxtaligi 45-48 kg/mm2 chamasida 
bo‗ladi. 
9.7-rasm. Anodiy purkama xromlash qurilmasi chizmasi: 
1-nasos, 2-qurqoshin truba o„tkazgich, 3-vanna, 4-variator, 5-nasadka-
anod, 6-kran,7-nasadkani ko„chirish moslamasi, A-xromlanadigan 
detal. 
Elektrolitik temirning asosiy metall bilan tishlashish puxtaligini 
oshirish uchun temir qoplanadigan yuzaga sulfat kislotaning 30 protsenti 
eritmasida anodiy ishlov beriladi. Elektrolitik qoplangan temirning aso-
siy metall bilan bog‗lanishi, xuddi xrom qoplamidagi kabi temir ionlari 
katod (detal) metalining ionlari bilan o‗zaro elektrostatik tortishuvchi 
hisobiga sodir bo‗ladi va yuqorida aytib o‗tilgan sabablardan tashqari, 
katod metaliga hamda anod bilan katod metallari kristall panjaralarining 
bir-biriga qanchalik mos ekanligiga ham bog‗liq bo‗ladi. 
Turli tarkibdagi elektrolitlardan hosil qilingan elektrolitik temir 
qoplamining yeyilishga chidamliligi, asosan uning mikroqattiqligiga 
bog‗liq (9.7-rasm) bo‗ladi. Tarkibi jihatidan yuqorida keltirilgan elektro-
litga yaqin turgan elektrolitdan hosil bo‗lgan qoplamning yeyilishga 
chidamliligi, quruqlayin sirpanib ishqalanishda va poqonali yuklama 
ta‘sir etganda, yuqori chastotali tok bilan qizdirib toblangan 45 markali 
po‗latning va suyultirib tushirilgan hamda metallash yo‗li bilan hosil 


192 
qilingan boshqa barcha qoplamlarning yeyilishga chidamliligidan yuqori 
bo‗ladi. 

Yüklə 8,44 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   122   123   124   125   126   127   128   129   ...   197




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin