193
selluoid (kinoplenka), saponlak yoki plastiqot bitlan izolyatsiyalanishi
mumkin. Izolyatsion materiallar, xlorvinil plastiqotlari va emallar
ishlatilsa yuza yaxshi berkitiladi. Bu materiallarni vannada 6-12
soatgacha ushlash mumkin.
Temirlashda sirtdan isitiladigan vannalardan foydalaniladi. Vanna-
larning materiali kislotalar ta‘siriga chidamli va issiqlik o‗tkazadigan
bo‗lishi kerak. Amalda ichki tomoniga
kimyoviy jihatdan chidamli
issiqlik o‗tkazuvchan plitalar qoplangan metall, hamda chinni va
keramikadan yasalgan vannalardan foydalaniladi. Smola shimdirilgan
grafit plitalar qoplangan vannalar ancha mustahkam bo‗ladi.
Avtomobillar ta‘mir qilinadigan korxonalarda elektrolitni ifloslik-
lardan tozalash maqsadida u tindirish bakida vaqti-vaqti bilan tindirilib,
so‗ngra filtirlab olinishi mumkin.
Detallar vannaga biri-birini to‗sib qo‗ymaydigan
va biri ikkin-
chisidan yetarli oraliqda turadigan qilib joylanishi lozim. Yuqori sifatli
qoplamlar hosil bo‗lishi uchun elektrolitni vaqti-vaqti bilan filtrlab turish
kerak. Vanna bir smenada ishlatilib, temir qoplash protsessi o‗rtacha
rejimlarda olib borilganda, elektrolit 5-7 kunda bir marta filtrlanadi.
Temirlangan detall 80-900
0
C haroratdagi
qaynoq suvda yuvib
tozalanadi, osmadan ko‗chiriladi (demontaj qilinadi), izolyatsiya olinadi
va qoplamning sifati nazorat qilinadi. Shundan keyin detallarga
mexanikaviy ishlov beriladi; bunda detallar donadorligi 46-60 li SM2
yoki SM1 alnda yoki elektrokarborund toshlari bilan talab etilgan
o‗lchamga kelguncha jilvirlanadi. qoplam silliq bo‗lishi, unda
do‗ngliklar, po‗st tashlagan joylar va ko‗rinarli
boshqa nuqsonlar
bo‗lmasligi kerak.
Dostları ilə paylaş: