Transport vositalari detallarining ishlash qobiliyatini tiklash I. B. As q arov



Yüklə 8,44 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə132/197
tarix24.10.2023
ölçüsü8,44 Mb.
#130877
1   ...   128   129   130   131   132   133   134   135   ...   197
TRANSPORT VOSITALARI

Fosfatlash
– po‗lat detallar sirtida himoya pardalar hosil qiluvchi 
kimyoviy jarayondir. Himoya parda fosfor, marganets va temir 
tuzlaridan iborat bo‗ladi. Parda qalinligi 8...40 mkm bo‗lib, g‗ovak biroz 
qattiq va yaxshi moslanuvchan bo‗ladi. 
Fosfatlash "Majef" dorisining suvdagi 30...35% li eritmasida 
95...98°C haroratda 50...60 minut davomida amalga oshiriladi. Kuzov 
detallarini bo‗yashga tayyorlashda grunt berish va detallarning ishlab 
moslanuvchanligini yaxshilashda qo‗llaniladi. 
Fosfatlash usuli ishlovdan yaxshi o‗tishi va silindrlar devorining 
yeyilishini kamaytirish maqsadida porshen xalqalarini qoplash, lak-
bo‗yoqlar beriladigan yuzalarni guruntovka qilish, metallni bosim bilan 
ishlashda ishqalanishni kamaytirish, tutashmalarning yeyiladigan detallari-
ning ishlovdan yaxshi o‗tishi, dekorativ yuzalar hosil qilish talab etilmay-
digan detallarni korroziyadan himoya qilish va boshqalar uchun 
qo‗llaniladi. 
Asosiy qora metallar fosfatlanadi; hozirgi vaqtda alyuminiy va 
ruxdan yasalgan detallar ham fosfatlanmoqda. Po‗latdan yasalgan 
detallarni fosfatlash uchun ularga «majef» preparati (marganets va temir 
fosfatlari)ning 97-98
0
C li eritmasida 30-50 min davomida ishlov 
beriladi. 
Fosfatlashdan oldin detallar har xil ifloslik va moylardan 
tozalanadi, xurushlanadi, soda eritmasida neytrallanadi va yuviladi. 
Nikellash
– nikel-sarg‗ishroq tovlanadigan kumush rang tusli
qattiq va bolg‗alanuvchan metal. U yaxshi pardozlanadi va atmosfera 
ta‘siriga juda yaxshi chidaydi. Nikelga ishqorlar ta‘sir etmaydi.
Shuning uchun nikel qoplamlar katodiy qoplamlar gruppasiga
kiradi. Avtomobillar ishlab chiqarish va ularni remont qilishda nikel 
himoya-bezak qoplami sifatida va detallarga mis qoplashdan oldin 
beriladigan ost qatlam sifatida ishlatiladi.


200 
Elektrolitik va kimyoviy nikellash detallarning yeyilishiga 
chidamliligini oshirish, zanglashdan himoyalash va dekorativ qoplama 
hosil qilishda qo‗llaniladi. Elektrolitik nikellash xromlashdagi kabi 
tog‗aralarda bajariladi, kimyoviy nikellash esa, detallarni eritmaga 
botirib, ma‘lum haroratda tutib turish (elektr tokini ishlatmasdan), 
metallni yeyilgan sirtga o‗tirishini ta‘minlashdan iborat. Yonilg‗i 
nasoslari va gidravlik asboblarning po‗lat, mis va alyuminiy 
qotishmalaridan aniq tayyorlangan detallarini ta‘mirlashda nikellash 
usulidan foydalanish tavsiya etiladi. Uning yuqori unumdorligi bu 
usulning afzalligidir. 
Nikellangan avtomobil detallari uzoq vaqt nazoratsiz holdirilsa
nam va gazlar ta‘sir etishi bilan xiralashadi. Detallarga nikel qoplashda
ishlatiladigan elektrolitning asosiy tarkibiy qismi nikel sulfatdir. Bu 
maqsada nikel xlorid ancha kam ishlatiladi. Aralash misssiy tarkibiy 
qismi nikel sulfatdir. 
Bu maqsadda nikel xloridnikel, mis-nikel-xrom kabi aralash 
qoplamlardan ham foydalaniladi. 
Nikeli elektrolitga turli moddalar: elektrolitning elektr o‗tkazuv-
chanligini oshirish uchun natriy sulfat, rangi ochiq qoplamlar hosil qilish 
uchun magniy sulfat, nikel anodlarining eruvchanligini oshirish uchun 
natriy yoky kaliy xlorid qo‗shiladi.
Elektrolitda kislotaning konsetratsiyasi bir qil turishiga erishish 
uchun maqsus moddalar qo‗shiladi. Detallarni nikellashda elektrolit 
yo‗li yilan olingan nikeldan tayyorlangan eruvchi anodlar ishlatiladi. 
Nikellash jarayoni uy haroratida (isitmasdan) ham, elektrolitni 35-450 
o
C gacha isitib ham o‗tkazish mumkin. 

Yüklə 8,44 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   128   129   130   131   132   133   134   135   ...   197




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin