221
Cho‘yan
V
aq
t
q
ar
sh
il
ik
E
g
il
is
h
d
a
mu
st
ax
k
am
li
k
ch
eg
ara
si
.
Z
arb
iy
q
o
-
v
u
sh
q
o
q
li
k
D
in
am
ik
ch
id
aml
il
ig
i
K
is
lo
ta
b
ar
b
o
sh
li
g
i
K
o
rro
zi
y
a
b
ar
d
o
sh
li
g
i
SCh-12
87
107
105
106
107
107
SCh-18
94
109
106
109
121
114
SCh-24
93
114
102
110
106
109
SCh-32
96
105
104
112
124
109
SCh-38
98
109
110
118
113
106
VCh-50-2
98
106
108
112
125
120
VCh-60-4
94
108
110
119
121
116
VCh-40-4
95
104
110
118
129
136
VCh-80-2
96
109
107
121
120
116
VCh-100-2
99
105
108
126
110
112
VCh-120-2
97
112
109
119
121
124
Qurilma hosil qiladigan asosiy magnit oqimi detalda bir necha lokal
oqimlarga taqsimlanadi, ular o‗ta kuchlangan uchatkalarda kon-tsentrat-
siyalanadi. Qurilma ishga tushirilganida detal ma‘lum
magnit kuchi
bilan solenoid bo‗shliqiga biror tezlanishda tortiladi.
Solenoidning boshqa qutbi tomonidan detalga kuch ta‘sir etib, u
detalni solenoid ichiga qayta tortadi. Shunday qilib, detal magnit
oqimini ko‗p marta kesib o‗tib, solenoid bo‗shliqida erkin siljiydi, bu
siljishlar vaqt o‗tishi bilan devorchaga ishqalanish
kuchlari hisobiga
kamayadi va asta sekin so‗nadi. Tebranishlar soni va amplitudasi va
magnit maydoni quvvatiga, detal materialining magnit detal xossalariga
bog‗liq.
11.3. Polimer va yelimli materiallar bilan ta’mirlash texnologiyasi
Zamonaviy mashinalarni ta‘mirlashda har xil plastmassalar va
yelimlar keng qo‗llanilmoqda. Plastmassalarning qo‗llanilishi
polimer
materiallarning keng miqyosdagi ijobiy xususiyatlaridan foydalanishga
asoslangan. Bunday xususiyatlarga detallarni ta‘mirlash yoki yasashning
oddiyligi,
yaxshi fraksion, antifriksion va dielektrilik sifatlari, mustah-
kamlshi, moy, benzin, suv va tebranishga turg‗unligi kiradi.
222
Asosi yuqori molekulyar organik birikmalardan iborat materiallar
plastmassalar
deb ataladi. Ular yuqori temperatura va bosim ta‘sirida
avvaldan belgilangan shaklni hosil qiladi
va bu shaklni odatdagi
sharoitda saqlay oladi. Plastmassalarning asosi so‗n‘iy (sintetik) yoki
tabiiy smolalar bo‗lib, ular bog‗lovchi material vazifasini bajaradi
hamda uning kimyoviy, fizikaviy, mexanik
va boiqa xususiyatlarini
belgilaydi. Bog‗lovchi elementlardan tashqari, plastmassa tarkibiga
to‗ldiruvchilar, plastiklovchilar, qotirgichlar, bo‗yoqlar, tezlatkichlar va
maxsus xususiyat beruvchi boshqa qo‗shilmalar jami kiradi.
To„ldirgichlar
(metall qirindilari, portlandsement, paxta-qog‗oz
to‗qimalari, asbest, slyuda, grafit va boshqalar) plastmassalarning fizik-
mexanik, friksion yoki antifriksion xususiyatlarini yaxshilash, issiqlikka
chidamliligini oshirish hamda mahsulotning tannarhini arzonlashtirish
maqsadida qo‗llaniladi.
Plastiklovchilar
(dibutilftolat, oleyn kislotasi va boshqalar)
polimerlarga qovushqoqlik va oquvchanlik
xususiyatini berish uchun
xizmat qiladi.
Qotirgichlar
(aminlar, magneziy, ohak va boshqalar) polimerlarni
qattiq va erimaydigan holatga o‗tkazishga yordam beradi.
Bo„yoqlar
(nigrozin, oxra, mumiyo, surik va boshqalar) poli-
merlarga rang beradi.
Plastmassalar kimyoviy tabiati bo‗yicha termoreaktiv (reaktoplast-
lar) va termoplastik (termoplast) guruhlarga bo‗linadi.
Reaktoplastlar
deb
shunday
plastmassalarga
aytiladiki,
ular
qizitilib,
keyin
sovitilgandan so‗ng issiqlikda va suyuqlikda erimaydigan holatga o‗tadi.
Termoplastlar
smola bo‗lib, isitilganda plastik holatga, sovitilganda esa
qattiq holatga o‗tadi. Bu jarayon qaytariluvchi jarayon hisoblanadi.
Yelimli tarkiblar
ta‘mirlash korxonalari amaliyotida qo‗zg‗almas
birikmalar hosil qilish uchun qo‗llaniladi. Masalan, friksion (ishqalanuv-
chi)
ustqo‗ymalarni
yelimlashda,
darzlarni,
tirnalgan
joylarni
berkitishda,
galvanik vannalarni qoplashda, himoya qoplamalari
berishda qo‗llaniladi.
Detallarni kavsharlash ham ajralmas birikmalar hosil qilish uchun
qo‗llaniladi. Kavsharlashda detallarda hosil qilingan tirqishga kiritilgan
suyuqlantirilgan oraliq metall asosiy metall bilan o‗zaro ta‘sirda bo‗lib,
kristallanish natijasida kavsharlash choki hosil qiladi.
Dostları ilə paylaş: