Transport vositalari detallarining ishlash qobiliyatini tiklash I. B. As q arov


-rasm. Yeyilgan detal yuzasini bosim ostida kapron bilan



Yüklə 8,44 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə146/197
tarix24.10.2023
ölçüsü8,44 Mb.
#130877
1   ...   142   143   144   145   146   147   148   149   ...   197
TRANSPORT VOSITALARI

11.7-rasm. Yeyilgan detal yuzasini bosim ostida kapron bilan 
qoplash sxemasi: 
1-qolipning yuqori qismi; 2-qo„ylish kanali; 3-qolipning pastki qismi 
Ta‘mirlanadigan detal
4
ni qolip
1, 3 (1
– qolipning yuqorigi, 3– 
qolipning pastki qismlari) ga o‗rnatilib, 80 – 100°C temperaturagacha 
qizdiriladi. Detal
4
va qolip 1, 3 devori orasidagi tirqishga 4–5 MPa 
bosim ostida qo‗ylish kanali
 
2
orqali 240…250°C temperaturali erigan 
polimer material

(kapron) yuboriladi va u tirqishni tuldiradi. Sovitil- 
gandan song qolip 3 ni ochib, detal
4
chiqarib olinadi. Ta‘mirlashda 
polimer materialning tavsiya etilgan qalinligi 0,5–5 mm ni tashkil qiladi. 
Polimer materiallarni purkash yoli bilan qoplama hosil qilishda 
tayyorlangan va qizitilgan detal yuzasiga kukunsimon kapron siqilgan 
havo yordamida yuboriladi. Kapron kukuni detalning qizigan yuzasiga 
urilib, erishi natijasida qoplama hosil qilinadi.
Yelimli tarkiblar 
Ta‘mirlash korxonalari amaliyotida detallarni ta‘mirlashda VS-
10T, VS-350, 88N va BF xildagi yelimlar keng kulamda ishlatiladi. 
VS-10 yelimidan
ilashish muftalaridagi yetaklanuvchi disklarning 
friksion ustqo‗ymalarini yopishtirishda foydalaniladi. VS-10 yelimi 
bilan har xil metallar (po‗ulat, cho‗yan, alyuminiy, mis va boshqalar) ni 
va 200... 300°C temperaturada ishlaydigan metallmas materiallar 
(shisha, tekstolit, asbest-materiallar va boshqalar) ni yopishtirish 
mumkin. Mazkur yelimning qotish temperaturasi 180°C ni, detallarni 
yopishtirishdagi bosim 0,2–0,5 MPa ni tashkil qilib, shu rejimda 
yopishtiriladigan detallar 2 soat davomida ushlab turiladi. 
VS-350 yelimi
ko‗p tarkibli suyuk; eritma bo‗lib, po‗lat, mis, 
dyuralyuminiy va issiqlikka chidamli plastmassadan yasalgan detallarni 
yelimlashda qo‗llaniladi. Yelimlangan birikmaning ishlash temperaturasi 
-60°C dan + 100
o
C gacha oraliqda bo‗la-di. Birikmaning ishlash davri 
200°C da 500 soatni, 300°C da 10 soatni tashkil qiladi. Ushbu yelim 
yonilgi, moy, organik eritmalar va tebranish ta‘siriga chidamlidir. 
Yelimning qotish temperaturasi 200°C ni, yelimlanadigan detallarni 
siqish bosimi 0,1–0,3 MPa ni, uning shu rejimda qotish vaqti 2 soatni 
tashkil qiladi. 
88N yelimi
rezinalarni sovuq; holatda vulkanizatsiya qilishda va 
gazmollarni metall, yogoch va boshqa materiallar bilan birlashtirishda 


226 
qo‗llaniladi. Ushbu yelim suvga, kislotalarning past miqdorli (5–10% li) 
eritmalariga chidamli bo‗lib, 60–70°C dan oshiq bo‗lmagan tempe-
raturada ishlashi mumkin. Ammo yelimning moylarga, suyuq yonilgi va 
erituvchilarga qarshiligi ancha past. 
BF2, BF-4, BF-6 yelimlari
tormoz kolodkalarini va ilashish 
muftalarining friksion ustquymalarini yelimlashda (parchin mix o‗rnida) 
ishlatiladi. Ulardan BF-4 yelimida plastikroq birikma, BF-6 yelimida esa 
qovushokroq birikma hosil bo‗ladi, shuning uchun u rezina, gazlama, 
kigiz va boshsa elastik materiallarni yelimlashda ishlatiladi. Yelimlash 
rejimi: yelimlanadigan yuzalarni siqish bosimi 0,05... 0,1 MPa, 
temperatura 140–160°C, shu sharoitda ushlab turish vaqti 1,0–1,5 soat.
Yelimlashning umumiy texnologik jarayoni detallarni biriktirishga 
tayyorlashni, ularni biriktirishni, siqishni, yelimlash sifatini oshirish 
uchun berilgan temperaturada ushlab turishni va zarur bo‗lganda so‗nggi 
ishlov berishni uz ichiga oladi. 
Misol tariqasida ilashish muftasining friksion ustqo‗yilmalarini 
po‗lat disklarga VS-10T yelimi bilan yelimlash texnologik operatsiya-
larining ketma-ketligini keltirib utamiz: 

eski ustqo‗ymalarni kuchirib olish; 

po‗lat disklar sirtini loy va zangdan po‗lat cho‗tka, qum qogoz 
yoki jilvirlar bilan tozalash; 

po‗lat disk va friksion ustqo‗ymalar sirtini atseton yoki benzin 
bilan yogsizlantirish; 

po‗lat disk va friksion usto‗yma sirtiga yelimning birinchi yupqa 
qotlamini surtish; 

mazkur satlamni havoda 10–20 minut davomida quritish; 

yelimning ikkinchi qatlamini surtish; 

po‗lat disk ustiga friksion ustqo‗ymani joylashtirish va ularni 
0,2-0,3 MPa bosim bilan maxsus qurilmada siqish; 

siqilgan birpkmani quritish shkafida 45–60 daqiqa davomida 
180°C temperaturada quritish va uni asta-sekin sovitish; 

qotgan disklarni siquvchi uskunalardan bo‗shatish; 

disklarning chetiga oqib chiqqan yelimlarni bartaraf etish; 

disklarni aylanish o‗qi bo‗yicha bukilganligini va ust- 
qo‗yilmalarning umumiy qalinligini nazorat qilish. 
Hozirgi paytda ustqo‗ymalarni tayyor yelimli tasma bilan yopish-
tirish usuli keng qo‗llanilmoqda. Buning uchun ip gazlama tasmaga VS-


227 
10T yelimi maxsus qurilmalarda shimdiriladi va quritiladi. Yelimlashda 
tasmadan keragicha qirqib olinib, yopishtiriladigan yuzalar orasiga 
qo‗yiladi va ularni maxsus qurilmada 0,2–0,3 MPa bosimda siqiladi. 
So‗ngra yelimlangan detallar 180±5°C gacha qizdiriladi va 1,5 soat 
mobaynida ushlab turiladi. 
Friksion ustqo‗ymalarni o‗rnatishda parchin mixlar o‗rniga 
yelimlardan foydalanish ta‘mirlashdagi mehnat sarfini 3 marotaba 
kamaytiradi, friksion ustqo‗ymaning ish yuzasi ortadi. 
Mashina detallarini sintetik materiallardan foydalanib ta‘mirlash 
usulining oddiyligi, birikmalarning puxta chiqishi va narxi arzonligi va 
bunda uncha murakkab bulmagan uskunalardan foydalanilishi mazkur 
usulning afzalligi hisoblanadi. 
Ammo detallarni sintetik materiallar yordamida ta‘mirlash qator 
kamchiliklarga ham ega. Bunga sintetik materiallarning issiqlikni yaxshi 
o‗tkazmasligi, qattiqligining pastligi va vaqt utishi bilan fizik-mexanik 
xususiyatlarining uzgarishi mumkinligi kiradi.

Yüklə 8,44 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   142   143   144   145   146   147   148   149   ...   197




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin