251
12.12-rasm. Tishli g‘ildirakni shtampda siqib chiqarish mxemasi:
1-
dastachalar; 2,3-shtampning yuqorigi va pastki yarim bo„laklari;
4-opravki; 5-yo„naltiruvchi; 6- shtampning xalqasimon chiqiqlari.
Uzatmalar qutisining silindrik tishli g‗ildiragi uchun keyingi
jarayonlar quyidagi tartibda bajariladi: bir yoki ikki shpindelli yarim
avtomobillarda zagatovkaga tokarlik ishlovi berish, gupchak teshigini
xomaki xromlash va yuvish, bazaviy sirtlarni tozalab yo‗nish,
frezalash, tish uchini dumaloqlash va yuvish, tishni xromlash va yuvish,
tishlarni nazorat qilish, termik ishlov berish, tishni silliqlash, gupchak
teshigini xromlash va yuvish, uzil-kesil tekshiruvdan o‗tkazish.
Detalning bir qismini almashtirish usulidan shesternyalar blokini
tiklashda foydalaniladi. Buning uchun yeyilgan tishli gardish yo‗niladi
va yo‗nilgan tiqinga yangi gardish zagatovkasi o‗rna-tiladi va butun
torets sirti bo‗yicha payvandlab chiqiladi. Zagatovka qalinligi tish
balandligidan 2-2,5 marta katta bo‗lishi kerak. Termik ishlov berilgan
tishli g‗ildiraklar qizdirib bo‗shatiladi.
Dostları ilə paylaş: