Transport vositalari detallarining ishlash qobiliyatini tiklash I. B. As q arov



Yüklə 8,44 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə161/197
tarix24.10.2023
ölçüsü8,44 Mb.
#130877
1   ...   157   158   159   160   161   162   163   164   ...   197
TRANSPORT VOSITALARI

 
Payvandlangan gardish
 
zagatovkasiga yangi g‗ildirak tayyorlashda amalga oshiriladigan tokarlik 
ishlovchi berish, tish kesish, tishni dumaloqlash, tishni silliqlash, termik 
ishlov berish va uni tekshirish kabi barcha mexanik va termik ishlov 
berishlardan o‗tkaziladi. 
12.5. Tishli, tasmali va zanjirli uzatmalarni ta’mirlash 
 
Tishli g‗ildiraklar uglerodli va legirlangan (30XGT, 40X, 20XHM) 
po‗latlardan yasalib, ulardagi tishlarning qattiqligi 50...60 NRC darajaga 
yetguncha termik ishlov beriladi. 
Tishli g‗ildiraklarda quyidagi: tishlar eni va bo‗yini yeyilishi 
hamda, ularning sirtini toliqishi, yorilishi, timalishi, sinishi, bir tomonga 


252 
qiyshayishi kabi nuqsonlar bo‗ladi. Moduli 6 gacha bo‗lgan g‗ildirak 
tishlari maxsus indikatorli asbob yordamida o‗lchanadi (12.13-rasm). 
Tekshiriladigan tishli g‗ildirak 1 maxsus moslamaga o‗rnatiladi. 
Maydoncha 3 ni garizontal harakatlantirib, vertikal tishning to‗g‗risiga 
olib kelinadi va undagi tishni qamrovchi maslama buragich 4 orqali vint 
5 buralib, tishga kiritiladi. Tishni balandligi indikator 6, eni esa indikator 
2 va 7 lar yordamida aniqlanadi. Shu tartibda boshqa tishlar ham 
tekshiriladi. 
Yeyilgan tishlarni tiklash.
Yeyilgan tishlarni tiklashda 
quyidagi; almashtirish, qo‗yish va bosish usullari bilan tiklanadi. 
 
12.13-rasm. Tishni yeyilishini o‘lchovchi asbob: 
1-tishli g„ildirak; 2,6,7-indikatorlar; 3-may- doncha; 4-buragich; 5-vint 
Agar g‗ildirak 1 dagi tishlar singan bo‗lsa, ular qirqib olinadi va 
ularning o‗rniga maxsus tishli tiqin 2 lar o‗rnatiladi (12.14,
a- 
rasm). 
G‗ildirakdagi singan tish maxsus asboblar yordamida qirqib olinadi 
(bunda tishning yon tomonidan gorizontga nisbatan 75
o
burchak ostida 
qirqiladi) va uning sirti yaxshilab tekislanib silliqlanadi. Shu joyga tishli 
(ular bir, ikki tishli bo‗lishi mumkin) tiqinlar presslanib joylashtiriladi. 
Sharoitga qarab ayrimlari vint 3 bilan g‗ildirakka qotiriladi. 
Bundan tashqari, g‗ildirakdagi singan tishlarni qirqib olib, uning 
o‗rniga tayyor tishli bashmaq 4 lar, boltli birikmalar yordamida 
g‗ildirakka o‗rnatiladi (12.14,
 b- 
rasm). 


253 

Yüklə 8,44 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   157   158   159   160   161   162   163   164   ...   197




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin