263
lari bilan bu ko‗rsatkichlarning bog‗liqligi mashinalarni ishlatishda
ruxsat etilgan ko‗rsatkichlardan chetga og‗ishlar va ularning aniqligini
kafolatlovchi zaruriy zahira asosida belgilanishi kerak.
Tiklangan detallarining tavsiya etiladigan sifat ko‗rsatkichlari
ishlatilish, ishonchlilik, texnologiklik, tiklanish darajasi, xavfsizlik,
tejamlilik va estetik ko‗rsatkichlarni o‗z ichiga oladi (13.2-jadval).
Ifodalovchi xossalar soniga qarab sifat ko‗rsatkichlari yakka
(buyumning bitta xossasini ifodalovchi) va kompleks (buyumning ikkita
va undan ortiq xossalarini ifodalovchi) turlarga bo‗linadi. Kompleks
sifat ko‗rsatkichining xususiy holda umumlashgan va integral sifat
ko‗rsatkichlaridir.
Detallarning ishlatilish yakka ko‗rsatkichlariga geometrik, fizik-
mexanikaviy, kimyoviy, tuzilish parametrlari, sirtqi qatlamning
parametrlari, detal massasi va uning muvozanatlanganligi hamda
uzoqqa chidashlik, ta‘mirlashga yaroqlilik va saqlanuvchanlik kiradi.
Dostları ilə paylaş: