UO‘K:
KBK
Taqrizchilar:
K. Ismailov –
t.f.d., prof.
A. Egamov –
t.f.n., dots.
ISBN 978–9943–
© «
Инновацион ривожланиш нашриёт-матбаа уйи
», 2020.
3
KIRISH
Bugungi kunda Respublikamiz o‗zining ishlab chiqarayotgan
minglab avtomobillari bilan jahon bozoriga o‗z hissasini qo‗shmoqda.
O‗zbekiston Respublikasida avtomobillashtirish darajasining yildan-
yilga o‗sib borishi va avtotransport xizmatlari sohasining rivojlanishi
barobarida ularga texnik xizmat ko‗rsatish, ta‘mirlash va ehtiyot qismlar
ta‘minoti kabi ishlarni bajaruvchi avtomobil transporti korxonalari
faoliyatini takomillashtirish va rivojlantirishni talab etadi.
Avtomobil transportining mustaqil mamlakatimizni xalq xo‗jali-
gini rivojlantirishda respublikamizni korxonalariga, tashkilotlariga va
aholisiga ko‗rsatayotgan transport xizmati katta ahamiyatga egadir.
Transport kompleksini rivojlantirish uni ish unumdorligini oshirishdan
iborat. Avtomobillarning mustahkamligi, ishonchliligi, samaradorligi,
uzoq vaqt ishonchli ishlashi asosan uni ekspluatatsiyasida ishlatiladigan
materiallarning sifatiga bog‗liq.
So‗nggi yillarda davlatimiz rahbari Sh.M.Mirziyoyev tomonidan
ushbu sohani rivojlantirish bo‗yicha ko‗plab qarorlar qabul qilindi.
Jumladan, 2017-yil 7-fevralda qabul qilingan ―2017-2021-yillarda
O‗zbekiston Respublikasi rivojlantirishning beshta ustuvor yo‗nalishi
bo‗yicha harakatlar strategiyasi‖ to‗g‗risidagi PF-4947-son, 2019-yil 1-
fevralda qabul qilingan ―Transport sohasida davlat boshqaruv tizimini
tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‗g‗risida‖gi PF-5647-son
Farmonlari e‘lon qilindi.
Har bir mashina ham ekspluatatsiya jarayonida eskirib o‗zining
birlamchi ekspluatatsiyaviy ko‗rsatgichlarini yo‗qotib boradi. Uning
doimiy ishlashini ta‘minlash uchun unga qo‗shimcha mehnat sarf qilib
sodir bo‗lgan nuqsonlarni o‗z vaqtida bartaraf qilib borish kerak. Shu
bilan birga avtomobillarning ekspluatatsiya davri qanchalik oshsa ya‘ni
uning agregat va qismlari qanchalik ko‗p ishlatilsa, avtomobilning
normal holatda ishlashini ta‘minlash uchun unga shunchalik ko‗p
hajmda va xilma-xil turlardagi ta‘mirlash ishlarini o‗tkazish lozim
bo‗ladi.
Shu sababli davlat tasarrufidagi avtotransport hamda shaxsiy
avtomobillarga texnik xizmat ko‗rsatish va ta‘mirlash (TXKvaT) korxo-
nalari salohiyati, zamonaviy texnologiyalarni yuqori sur‘atlar bilan
tatbiq qilinishi va xalqaro iqtisodiy munosabatlar jihatidan rivojlanib
4
bormoqda. Zamonaviy avtomobillarga texnik xizmat ko‗rsatish uchun
TXK va T korxonalarida ishlab chiqarish jarayonini boshqarishni tashkil
etishda, xizmatga bo‗lgan talab qondirilishida, mablag‗ va boyliklardan
foydalanishda kam vaqt sarflash va shu bilan birga yuqori sifatga
erishish lozim.
O‗zining ishlash muddatlarini tugatgan va ekspluatatsiyaviy para-
metrlari talab darajasidan pasayib ketgan avtomobillarni va uning agre-
gatlarini ishlash qobiliyatini to‗liq tiklash maxsus ta‘mirlash korxo-
nalarida amalga oshiriladi.
Avtomobillar va agregatlarning qismlarini saralash jaryonida ishga
yaroqsiz sifatida ajratilganlarining 75% ga yaqini ishlash qobiliyatini
tiklash mumkin. Shu sababli ishlatilgan qismlarni ta‘mirlash yo‗li bilan
tiklash va ulardan foydalanish bo‗yicha ishlab chiqarish jarayonlarini
tashkil qilish maqsadga muvofiqdir. Ko‗plab sinov va tajribalardan
ma‘lum bo‗ldiki ko‗pgina yaroqsiz deb hisoblangan qismlar o‗z massasi-
ning faqatgina 1-2 % ni yo‗qotadi va bunda ular o‗zlarining mustahkam-
ligini saqlab qoladi, ularning ko‗pchilik qismining ishlash qobiliyatini
har xil yo‗llar bilan tiklash mumkin.
Bu fanni o‗zlashtirish mobaynida talabalar qo‗l mehnatidan
ko‗proq foydalanadilar. Bu esa o‗z navbatida qomusiy olim bo‗lgan Abu
Ali ibn Sino bobomizning bola tarbiyasidagi beshta tavsiyalaridan (aqliy
tarbiya, jismoniy tarbiya, mehnat tarbiyasi, estetik tarbiya va axloqiy
tarbiya) biri mehnat tarbiyasini shakllantirishda muhim ahamiyat kasb
etadi.
Shuningdek, ushbu darslik O‗zbekiston Respublikasi Preziden-
tining 2019-yil 19-martdagi ijtimoiy, ma‘naviy-ma‘rifiy sohalardagi
ishlarni yangi tizim asosida yo‗lga qo‗yish bo‗yicha 5 ta muhim
tashabbusdan to‗rtinchi tashabbus yoshlar ma‘naviyatini yuksaltirish,
ular o‗rtasida kitobxonlikni keng targ‗ib qilish bo‗yicha tizimli ishlarni
tashkil etishga yo‗naltirishga xizmat qiladi.
|