Transport vositalari detallarining ishlash qobiliyatini tiklash I. B. As q arov


III BOB. DETALLARNI TIKLASHDA YUVISH VA TOZALASH



Yüklə 8,44 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə33/197
tarix24.10.2023
ölçüsü8,44 Mb.
#130877
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   197
TRANSPORT VOSITALARI

 
III BOB. DETALLARNI TIKLASHDA YUVISH VA TOZALASH 
ISHLARI 
 
3.1. Iflosliklarning turlari va xarakteristikalari 
 
Mashina va detallarini tozalash juda muhim texnologik jarayon 
bo‗lib, ishlab chiqarish madaniyatiga,ish unumi va mashinalar remonti 
sifatiga katta ta‘sir ko‗rsatadi. Bu jarayonga oid ish hajmi va xarajatlar 
miqdorini tasavvur qilish uchun ishlatish va remont vaqtida har yili 6-7-
yilda ishlab chiqariladigan mashinalar soniga teng mashinalar 
tozalanishini aytish kifoya. 
Detallar, asosan, yonilg‗i va moyning yonish qoldiqlari, abraziv va 
metall zarrachalari, biologik qoldiqlar bilan ifloslanadi. Avtomobillar va 
ularning detallarini yog‗li iflosliklardan tozalash murakkab fizik-
kimyoviy jarayon hisoblanadi. Odatda, detallarni tozalash uchun ko‗p 
tarkibli maxsus, 80-90°C temperaturagacha isitilgan yuvuvchi tarkib-
lardan foydalaniladi.
Mineral moylar, smolalar, kuyindilar va boshqa shunga o‗xshash 
iflosliklar suvda yomon ho‗llanadi, shuning uchun ham yuvuvchi eritma 
tarkibiga ishqor va sirt faolligi yuqori bo‗lgan maxsus qo‗shimchalar 
qo‗shiladi. Avtomobil detallarini tozalash va yog‗sizlantirishdan asosiy 
maqsad ularning sirtidagi moy pardasini boshqa iflosliklar bilan 
birgalikda tozalashdan iborat. Buning uchun yuvishda qo‗llaniladigan 
eritmalarga, moy pardasini g‗ovaklash va yirtish, ntoy zarrachalarini 
detal sirtidagi iflosliklar bilan birgalikda ajratish hamda ajratib olingan 
zarrachalarni detallarga qaytadan yopishishiga qarshilik qiluvchi yuqori 
darajadagi sirt faol moddalar aralashtirish zarur. 
Tekshirishlar natijasida zamonaviy mashinalar detallarining sirtlari 
yaxshi tozalanmaganda ularning resursi 20-50 % ga kamayishi 
aniqlandi. Barcha iflosliklarni butunlay tozalash detallarni yaroqli-
yaroqsizga ajratish, tiklash sifatini ko‗p darajada oshiradi; brak sodir 
bo‗lishini kamaytiradi va qismlarga ajratish hamda operatsiyalarda ish 
unumini 6-8% ga oshiradi. 


47 
Tozalash usulini tanlash ko‗p jihatdan iflosliklar xarakteriga, 
ularning o‗tirish joylariga, detallarning o‗lchamlariga, shakliga bog‗liq. 
Iflosliklarning turi tozalash usulini tanlashni belgilashning asosiy omili 
hisoblanadi. Qishloq xo‗jalik ishlab chiqarishining murakkab sharoit-
larida ishlaydigan traktor va avtomobillarning iflosliklari shartli ravishda 
quyidagi turlarga ajratiladi: yog‗siz cho‗kindi (chang, loy, o‗simlik 
qoldiqlari) zaharli ximikatlar va moysimon-loy cho‗kindi; moylash 
materiallari qoldiqlari; uglerodli cho‗kindi; quyqa; korroziya; lok-
bo‗yoq qoplamalari qoldiqlari; texnologik iflosliklar. 
Yog‗siz zaxarli ximikatlar va moysimon-loy cho‗kindilar- odatda, 
mashinalar va ularning agregatlarining tashqi sirtida paydo bo‗ladi. 
Chang, loy, o‗simlik qoldiqlari va zaharli ximikatlar mashinalarni 
ishlatish jarayonida suyuq va moyli sirtlarga o‗tiradi. Bunday iflosliklar 
nisbatan oson tozalanadi. Zaharli ximikatlar qoldiqlarini faqat sirtdan 
ketkazibgina qolmay, balki sirt zararsizlantiriladi ham. 
Moylash materiallari qoldiqlari moyli mexanizmda ishlaydigan 
mashinalarning barcha detallarida bo‗ladi. Bu ancha ko‗p uchraydigan 
ifloslik bo‗lib, ularni ketkazish uchun maxsus preparatlar va tozalash 
sharoitlari talab qilinadi. Atrof-muhit ta‘sirida ishlash vaqtida moylash 
materiallarining qoldiqlari oksidlanadi va parchalanadi, natijada ular 
detal sirtlariga yanada ko‗p ilashadi.
Uglerodli cho‗kindilar – moylash materiallari va yonilg‗ining ter-
mooksidlanish mahsulidir. Bunday cho‗kindilar ichki yonuv dvigatellari 
detallarida paydo bo‗ladi va oksidlanish darajasiga qarab qurum, lok 
parda, cho‗kindi hamda asfalt – smolali moddalarga ajratiladi. 
Qurum
– yonilg‗i va moylarning yonishi natijasida vujudga 
keladi. U yonish kamerasi devorlariga, porshen tublariga, klapanlarga, 
svecha uchlariga, forsunkalar va chiqarish kolletorlariga o‗tiradi. 

Yüklə 8,44 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   197




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin