Transport vositalari detallarining ishlash qobiliyatini tiklash I. B. As q arov


-rasm. Detallardagi chirkni danak po‘chog‘i uvoqlari bilan



Yüklə 8,44 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə40/197
tarix24.10.2023
ölçüsü8,44 Mb.
#130877
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   197
TRANSPORT VOSITALARI

3.3-rasm. Detallardagi chirkni danak po‘chog‘i uvoqlari bilan 
ketkazish qurilmasi 
1-bunker, 2-aralashtirgich, 3-klapan, 4-havoi shlangi, 5-stol, 6-ish 
kamerasi, 7-havoini rastlash krani, 8-havoli tozalagich, 9-ventelyator. 
Chirkni kimyoviy usul bilan ketkazishda chirk bosgan detallar
 80-
95
0
S
2-3
soat tushurib qo‗yiladi. Chirik eritma ta‘sirida yumshaydi, 
yumshagan chirik latta yoki qil chutka bilan ajratiladi. 
 
3.3. Avtomobillarda uchraydigan nuqsonlar tasnifi va nuqsonlarni 
keltirib chiqarish sabablari 
 
Yuqorida keltirilganidek, avtomobillar ekspluatatsiyasi jarayonida 
eskirib, ularning agregatlari va detallarida har xil nuqsonlar paydo bo‗la 
boshlaydi. Natijada avtomobillar qisman yoki butunlay ishdan chiqishi 
mumkin. Avtomobillarda uchraydigan nuqson(otkaz)lar kelib chiqish 
sabablari bo‗yicha quyidagi turlarga bo‗linadi: 
- tuzilish nuqsonlari; 
- ishlab chiqarish nuqsonlari; 


56 
- ekspluatatsiyaviy nuqsonlar; 
- avariya oqibatida sodir bo‗lgan nuqsonlar. 
Tuzilish nuqsonlari.
Avtomobillarni loyihalash jarayonida 
konstruktorlar tamonidan qismlarning o‗lchamlarini, ularga ishlov berish 
rejimlarini va h.k.larni belgilashda yo‗l qo‗yilgan xatolar asosida yuzaga 
keladigan nuqsonlar. 
Ishlab chiqarish nuqsonlari
. Avtomobillarni ishlab chiqarishda 
konstruktorlar ta‘monidan belgilangan rejimlardan cheklanish, ya‘ni 
detallarni ishlab chiqishda (ularning o‗lchamlari o‗zgarib qolishi), mate-
riallar tanlashda va termik ishlov berishda yo‗l qo‗yilgan kamchiliklar 
asosida yuzaga kelgan nuqsonlar. 
Ekspluatatsion nuqsonlar:
Avtomobil detallarning mexanikaviy 
ishqalanishi, detallarni kimyoviy termik jarayonlar ta‘sirida shikastlani-
shi hamda atrof-muhitning ta‘siri natijalarida tabiiy yeyilishi, noto‗g‗ri 
ishlatishidagi zo‗riqishi natijasida detallarni asta-sekin ishdan chiqishi, 
sifatsiz yoki rusumi to‗g‗ri kelmaydigan ekspluatatsion materiallardan 
foydalanilishi va texnik xizmatlarni o‗z vaqtida o‗tkazilmasligi 
natijasida shikastlanishi hamda TXK va Tning sifatsiz o‗tkazilishi 
asosida yuzaga kelgan nuqsonlar. 
Bulardan tashqari ekspluatatsion nuqsonlar qatoriga detallarni tekis 
va notekis yeyilishi, tirnalishi, sinishi, uzilishlari kiradi. Dvigatelni 
noto‗g‗ri ishlatish, zo‗riqtirish va qo‗yilgan kuchlanishlar har xil 
bo‗lganligi tufayli qismlarni bir tekis yeyilishi kamdan-kam uchraydi. 
Detallari asosan konus, ovalsimon bo‗lib yeyilishi ko‗p tarqalgan. 

Yüklə 8,44 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   197




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin