Transport vositalari detallarining ishlash qobiliyatini tiklash I. B. As q arov


Avariya oqibatida sodir bo‘lgan nuqsonlar



Yüklə 8,44 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə41/197
tarix24.10.2023
ölçüsü8,44 Mb.
#130877
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   197
TRANSPORT VOSITALARI

Avariya oqibatida sodir bo‘lgan nuqsonlar
. Avtomobillarning 
ekspluatatsiya qilish va yo‗l harakati qoidalarini qo‗pol buzilishi 
natijasida yuzaga kelgan avariyalar natijasida yuzaga kelgan nuqsonlar. 
Ekspluatatsiya qilish qoidalarning buzilishi natijasida: 
1. Karterlardagi moylar suyuqlanib va sathining kamayib ketishi, 
hamda sovutish tizimidagi suyuqlik sathining kamayib ketishi natijasida 
tirsakli val vkladishlarining erib ketishi va yuklanishning me‘yoridan 
ortiqligi sababli shesternyalar tishining sinishi hamda shinalarning ortiq-
cha yeyilishi natijasida ularning yorilib ketishi va boshqalar, sodir 
bo‗ladi. 
2. Metall qismlarda (prujinada, ressorda, oldingi o‗qda, tirsakli val 
va boshqa qismlarda) charchash sodir bo‗lishidan detallarni sinish 
hollari yuzaga keladi. 


57 
3. Avtomobilni ishlatish jarayonida konstruksion nuqsonlarga 
e‘tibor bermaslik va ularning oldini o‗z vaqtida olmaslik tufayli yeyilish 
jarayoni tezlashadi. 
 
 
3.4. Detallarning mexanik buzulishlari 
 
Detallarning mexanik buzulishlari asosan yeyilish, yeyilish esa 
ishqalanish ta‘sirida yuz beradi. Bu o‗z navbatida detallarning geometrik 
o‗lchamlari o‗zgarib borishiga olib keladi va natijada har xil nuqsonlar 
yuzaga keladi (1.31., 1.3.2. bandlar). 
Avtomobil va uning agregatlarida ekspluatatsiya jarayonida 
yuzaga kelgan ko‗pchilik mayda buzilishlar, nosozliklar qayta 
tiklashgacha bo‗lgan me‘yoriy davrida avtomobillarni ishlashini 
ta‘minlash uchun bi-lan avtomobil transporti korxonalarining o‗zida 
bartaraf etiladi. 
Qismlarga ajratish ketma-ketligi texnologik kartalarga aniq mos 
kelishi lozim. Agar texnik hujjatlar bo‗lmasa, qismlarga ajratish paytida 
yengil shikastlangan bo‗lishi mumkin (moy va ta‘minlash trubkalari, 
shlanglar, tortqilar, richaglar va boshqalar). So‗ngra boshqa ish o‗rin-
larida qismlarga ajratiladigan yig‗ilgan holdagi alohida uzellar olinadi. 
Ko‗p boltlar bilan mahkamlangan cho‗yan detallarni olishda darzlar pay-
do bo‗lmasligi uchun avval barcha boltlar yoki gaykalar yarim 
aylanishga bo‗shatiladi va faqat shundan keyingina ular burab 
chiqariladi. Zanglagan bolt va gaykalarni burab chiqarish oldidan ularga 
kerosin tomiziladi. 
Mahkamlash 
detallari 
(boltlar, 
gaykalar, 
stoporlash 
va 
prujinasimon sqaybalar) to‗rsimon yashiklarga solinadi. Bu detallarni 
qismlarga ajratgan zahoti sortlarga ajratgan ma‘qul. Bolt, gayka, shtutser 
va probkalarni pubilo va bolg‗alar ishlatib, burab bo‗shatishga ruxsat 
etilmaydi. Shakldor gaykalar va shtutserlarni faqat maxsus kalitlar bilan 
burab bo‗shatish lozim. 
Presslab biriktirilgan detallar faqat press yoki s‘eyomnik va 
moslamalar yordamida chiqarib olinadi. Ayrim hollarda shriftlar, 
vtulkalar va o‗qlar mis uchli maxsus urib chiqargichlar va mis muxrali 
bolg‗achalar bilan urib chiqargichlar va mis muxrali bolg‗achalar bilan 
urib chiqariladi. Detallarni presslab chiqarish mumkin bo‗lgan joyda 


58 
ular presslangan tomon yo‗nalishida chiqarilishi lozim. Bu sirtlarning 
shikastlanishini kamaytiradi. 
Podshipnikni korpusdan presslab chiqarishda kuch sirtqi xalqaga, 
valdan 
presslab 
chiqarishda 
esa 
ichki 
xalqaga 
tushiriladi. 
Podshipniklarni urish asbobi bilan presslab chiqarish man etiladi. 
Olingan detallarni yuvish mashinalariga tashish uchun ular stellaj va 
moslamalarga shunday joylashtiriladiki, bunda ularning ish sirtlari 
shikastlanmasin. 
Yasalayotganda yig‗ilgan holda ishlov beriladigan detallarni (o‗zak 
podshipniklar qopqoqlari blok bilan birga, shatun qopqoqlari shatun 
bilan birga, ketingi ko‗prik vali uyasi qopqoqlari va boshqalarni) 
komplektlash 
mumkin 
emas. 
Bundan 
tashqari, 
birgalikda 
muvozanatlangan detallarni (maxovik va kardanli vallar, ilashish muftasi 
detallari va boshqalarni), shuningdek, ishlab moslangan detal juftlari va 
keyin ishlashga yaroqli detallar: bosh uzatmaning konussimon 
shesternyalari, taqsimlash shesternyalari, moy nasosi shesternyalari va 
boshqalarni egasizlantirish taqiqlanadi. Egasizlantirilmaydigan detallar 
belgilab qo‗yiladi, sim bilan bog‗lanadi, yana boltlar bilan biriktiriladi, 
alohida savatlarga solinadi yoki ularning komplektliligi boshqa usullar 
bilan saqlanadi. 
Ayrim qo‗zg‗almas birikmalar faqat yaroqli-yaroqsizga ajratiladi-
gan keyingina qismlarga ajratiladi. Chunonchi, klapanlar vtulkalari, 
taqsimlash vallari vtulkalari va boshqa detallar o‗z joyida, presslab 
chiqarilmay, kattalashtirilgan yoki navbatdagi remont o‗lchamiga 
moslab yo‗nilishi mumkin. 

Yüklə 8,44 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   197




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin