Transport vositalari detallarining ishlash qobiliyatini tiklash I. B. As q arov


Detallarni ishlash imkoniyatini to‘g‘rilash usuli bilan tiklash



Yüklə 8,44 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə69/197
tarix24.10.2023
ölçüsü8,44 Mb.
#130877
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   197
TRANSPORT VOSITALARI

Detallarni ishlash imkoniyatini to‘g‘rilash usuli bilan tiklash. 
To‗g‗rilashning quyidagi turlari mavjud:
 
- statik yuklash yo‗li bilan ya‘ni press ostida


101 
- bolg‗alash yo‗li bilan (pravka udarom); 
- termik yo‗l bilan. 
Statik yuklash ta‘sirida asosan, tirsakli vallar, taqsimlash vallari 
uzatmalar qutisini vallari, yarim o‗qlar, shatunlar, silindir galovkasi o‗q 
balkalari va shunga o‗xshash ko‗pgina detallar press ostida va boshqa 
moslamalar yordamida to‗g‗rilanadi. 
Detalni egriligini tog‗irlash uchun, u pressga o‗rnatiladi va 
yumshoq tiqin 5 orqali tashqi kuch R ta‘sir ettiriladi. Bunda detalni 
to‗g‗rilash va qoldiq deformatsiya hosil qilish uchun uni teskari 
tomonga 10-15 marta ortiq darajada egish lozim. 
Press ostida sovuqlay to‗g‗rilaganda detalni shakli har doim
barharor bo‗lavermaydi. Detal saqlanayotganda yoki qisqa vaqt ishla-
ganda uni o‗z-o‗zidan o‗zgarib qolishi mumkin. Press yordamida to‗g‗-
rilaganimizda detall, unga qo‗yilgan kuchlanishni olishimiz bilan 
qadimgi holiga qaytmasligi uchun, u kuch ta‘sirida uzoq vaqt turishi 
lozim. 
To‗g‗rilashda detal qarama-qarshi tomonga egiladi so‗ngra u qayta 
to‗g‗rilanadi, so‗ngra tog‗rilangan joyga qayta termik ishlov beriladi. 
Detalni press yordamida sovuq holatda to‗g‗rilanganda yuzaga kelgan 
ichki kuchlanishlarni yo‗qotish va uning yana deformatsiyalangan 
holatga qaytmasligini ta‘minlash uchun, detal 400-450
0
C gacha 
qizdirilib 0,5-1 soat shu haroratda ushlab turiladi. Qizdirish vaqtining 
davri detalning katta-kichikligiga bog‗liq. 
Bolg‗alash yo‗li bilan to‗g‗rilash (pravka udarom) Ta‘mir korxo-
nalarida eng keng tarqalgan usuldir. Bu usul bilan to‗g‗rilanadigan ba‘zi 
detallar oldindan ozroq qizdirilishi mumkin. Bolg‗alash yo‗li bilan 
to‗g‗rilashda detal maxsus joyga qo‗yilib elastik materiallar (charm, 
tekstolit)dan tayyorlangan, og‗irligi 300-500 g bo‗lgan bolg‗alardan 
foydalaniladi.
Bolg‗alash yo‗li bilan nisbatan kam deformatsiyalangan detallar 
to‗g‗rilanadi. Bu usulning afzalligi, to‗g‗rilangan detallar aniqligi va 
turg‗unligidir. 
Termik yo‗l bilan asosan listli detallar to‗g‗rilanadi. Buning uchun 
detallar avval bolg‗alanib to‗g‗rilanadi, so‗ngra gaz gorelkasi yordamida 
600-700
0
S haroratgacha qizdiriladi. Natijada detal isib kengayadi va so-
vish paytida siqilish kuchlari ta‘sirida to‗g‗rilanadi. To‗g‗rilash 
jarayonini 5 martagacha tezlatadigan bu usul bilan vallar, o‗qlar, trubalar 


102 
va burchak materialdan tayyorlangan boshqa detallar ham to‗g‗rilanishi 
mumkin. 

Yüklə 8,44 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   197




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin