103
Uchinchi shart – tayanch yuzasining kamayishi detalning
tiklanayotgan barcha yuzasining yarimidan ortiq bolmasligi zarur:
2
2
2
5
,
0
tg
L
tg
t
L
,
bu yerda
– tayanch yuzasining kamayish koeffitsiyenti.
Ezg‗ilash usulida plastik materiallardan yasalgan detallarning ishlash
imkoniyati tiklanadi. Qattiqligi (Rokvell bo‗yicha) 25-30 birlikdan ortiq
bo‗lgan detal, ezg‗ilashdan oldin detalni yumshatilishi kerak. Metalni
ezg‗ilash yo‗li bilan bo‗rttirish balandligi bir tomonga 0,2
mm dan
oshmaydi.
Detallar yuzasini ezg‗ilash uchun, tishlarning qadami 1,5-1,8 mm
keladigan, dumalash podshipnigida aylanadigan rolikdan foydalanish
tavsiya etiladi. Diametri 25 mm li standart rolik vositasida qattiqligi
NV/270-300 bo‗lgan 40X rusmli po‗latdan yasalgan detal yuzasini
ezg‗ilash, moslama roligining tishini o‗tkirlik burchagi 60-70
0
C bo‗lib,
detalni aylanish tezligi 15 m (min, bo‗ylama surish qiymati 0,6mm (ayl
va ko‗ndalang surish qiymati 0,1 mm (ayl rejimlarda o‗tkazilganda,
uning tayanch yuzasi eng oz kamayadi.
Yeyilgan detallarni ezg‗ilashda oldin,
ular yeyilish qiymatining
katta-kichikligiga qarab guruhlarga ajratiladi. Bunda har qaysi guruhga
kiritilgan o‗lchamlarning intervali ko‗pi bilan 0,05 mm bo‗lishi lozim.
Har qaysi o‗lcham guruhi uchun, yeyilish qiymati va jilvirlash uchun
qoldirilgan qo‗yim
hisobga olinib, taroqchaning balandligi belgilanadi.
Taroqchaning balandligi ezg‗ilash tishi balandligining yarimidan ortiq
bo‗lmasligi kerak.
Agar taroqchaning balandligi ma‘lum buo‗lsa, ezg‗ilash qadamini
va tishlari sonini aniqlash mumkin. Ezg‗ilash tishlari soni butun son
bo‗lishi shart; tishlar
sonining qiymati kasrli chiqsa, u butun songacha
yaxlitlanadi va diametrining o‗lchami tishlarning yaxlitlangan soni
asosida qayta hisoblab topiladi.
Ezg‗ilash vaqtida ezg‗ilanayotgan yuzaga mashina moyi berib
turiladi. Ezg‗ilash chuqurligi to‗la bo‗lishi uchun,
ikkala tomonga
bo‗ylama surishda rolik metall bilan tishlashib turishi shart. Agar yuzada
galtellar bo‗lsa, u holda yuza galtel boshlangan joydan kamida 5 mm
naridan ezqilanadi. Ko‗pi bilan 7 MPa solishtirma bosim ta‘sir ostitida
ishlaydigan detallarning yeyilgan yuzalari ezg‗ilash usuli bilan tiklanadi.
104
Bundan ortiq nagruzka tushadigan detallarning ishlash imkoniyati bu
usul bilan tiklab bo‗lmaydi. Ezg‗ilangan yuzalarning yeyilishiga
chidamliligi silliq yuzalarnikiga nisbatan 75-80%
ni tashkil etadi,
toliqishdagi mustahkamligi esa 10-12% ortiq bo‗ladi.
Dostları ilə paylaş: