Transport vositalari detallarining ishlash qobiliyatini tiklash I. B. As q arov



Yüklə 8,44 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə75/197
tarix24.10.2023
ölçüsü8,44 Mb.
#130877
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   197
TRANSPORT VOSITALARI

 
 
VI BOB. DETALLARNI PAYVANDLASH VA ERITIB QOPLASH 
 
6.1. Umumiy ma’lumotlar. Payvandlash va eritib qoplash turlari. 
 
Payvandlashning bu turlari, mexanizatsiyalashtirilgan avtomatlash-
tirilgan va yarim avtomatlashtirilgan hamda mexanizatsiyalash-
tirilmagan 
(dastaki) 
bo‗lishi 
mumkin. 
Payvandlashni 
mexanizatsiyalashtirilgan jumlasiga flyus qatlami ostida, himoyalovchi 
gazlar muhitida, suv bug‗i muhiti, yarim avtomatik va avtomatik 
payvandlash, vibro-yoy bilan payvandlash, kontaktlab payvandlash, 
ishqalab payvandlash va plazma-yoy yordamida payvandlash kiradi.
Dastaki gazli payvandlash usulida 2 mm gacha qalinlikdagi, kam 
uglerodli va kam legirlangan po‗latdan, shuningdek, cho‗yan va rangli 
metallardan tayyorlangan detallarni payvandlashda foydalaniladi. 
Dastaki usulida elektr yoyi vositasida po‗lat va cho‗yandan murak-
kab 
shakilli 
qilib 
yasalgan 
detallar, 
shuningdek, 
alyumin 
qotishmalaridan tayyorlangan detallar payvandlanadi va ular sirtiga 
boshqa metall yoki qattiq qotishma suyuqlantirib qoplanadi. Argon-yoy 
vositasida dastaki payvandlash usulidan rangli metallardan yasalgan 
detallarni payvandlashda foydalaniladi. 
Biz yuqorida ko‗rib o‗tilgan himoyalovchi gazlar muhitida elektr 
vositasida yarim avtomatik va avtomatik payvandlash usullari uglerodli 
hamda kam legirlangan va yupqa listli pulatlardan yasalgan detallarni 
payvandlashda qo‗llaniladi. Shuningdek, suv bug‗i muhitida elektr-yoyi 
vositasida yarim avtomatik va avtomatik payvandlash usulida po‗lat va 
cho‗yandan yasalgan detallarni payvandlashda foydalaniladi.
Plazma-yoy vositasi yarim avtomatik va avtomatik payvandlashda, 
hamda qattiq qotishmalarni suyuqlantirib qoplash usuli qattiq qotishma-
lardan va qiyin suyuqlanuvchi metall va qotishmalardan tayyorlangan 
detallar uchun qo‗llaniladi. Payvandlashning yana bir turi bo‗lgan 
kantaktli payvandlash usuli yordami bilan yupqa listli po‗latni va rangli 
metallarni bir-biriga uchma-uch, nuqtaviy va choklab payvandlashda 
qo‗llaniladi.


110 

Yüklə 8,44 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   197




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin