116
uzatilishi, payvand choki bo‗ylab surilishi va flyusning uzatilishi
mexanizatsiyalashtirilgan bo‗ladi. Yarim avtomatik payvandlashda esa,
odatda payvandlash protsessi qisman mexanizatsiyalashtiriladi.
Elektr yoyining yonish sharoitiga ko‗ra, payvandlash ochiq yoy
vositasida, yashirin yoy vositasida, himoyalovchi gazlar muhiti va vibroyoy
vositasida payvandlash turlariga bo‗linadi. Avtomobil detallarining ishlash
imkoniyatini tiklashda yashirin yoy vositasida avtomatik va yarim
avtomatik payvandlash, himoyalovchi gazlar muhitida payvandlash, hamda
vibroyoy vositasida payvandlash turlaridan keng foydalaniladi.
6.3. Flyus qatlami ostida avtomatik va yarim avtomatik
payvandlash hamda suyuqlantirib qoplash
Bu usulning elektr yoyi vositasida, dastaki usulda payvandlashdan
farqi shundaki, bunda elektrod sim payvandlanayotgan joyga granul-
langan flyus bilan bir vaqtda uzatiladi. Yoyning harorati baland bo‗lgan-
ligidan tiklanyotgan detal metali, elektrod metalli va qisman flyus
suyuqlanadi. Suyuqlanish jarayonida ustki tomonda shlak, ostki tomon-
dan esa suyuq metall vannasi bilan chegaralangan, ajralib chiquvchi
gazlar bilan tuldirilgan oraliq hosil bo‗ladi.
Flyus qatlami ostida payvandlash, ya‘ni suyuqlantirib qoplashning
bu turi progressiv usul hisoblanadi va undan detallarni ishlash im-
koniyatini tiklash texnologiyasida juda ko‗p foydalaniladi. Flyus qatlami
ostida avtomatik va yarim avtomatik payvandlashda elektr yoyi suyuq-
langan shlak ostida yonadi (6.3-rasm).
Dostları ilə paylaş: