120
qatlamining
yuzasidan
oson
ko‗chishi
ta‘minlangan
bo‗ladi.
Payvandlash vannasida yuqori harorat ta‘sirida elektrod sim va detall
metallari hamda flyus orasida kimyoviy reaksiyalar sodir bo‗ladi.
Reaksiya vaqti, shuningdek, chok metali kimyoviy tarkibining va
strukturasining o‗zgarishiga ketadigan vaqt
payvandlash rejimiga va
birinchi navbatda, payvandlash tokining kuchi hamda payvandlash
tezligiga bog‗liq.
Biz detallarni ishlash imkoniyatini flyus qatlami ostida suyuq-
lantirib qoplash yo‗li bilan tiklaganimizda, unga termik ishlov berishiga
e‘tibor berishimiz lozim bo‗ladi.
Shuningdek, metallni suyuqlantirib qoplangan metallni termik
ishlamay, unda talab etilgan mexanikaviy xossalar hosil qilish uchun
AN-348A rusmli standart flyusga legirlovchi komponentlar sifatida
grafitning juda mayda kukunidan 2,5% va ferro-xrom kukunidan 2,0%
qoshish tavsiya etiladi. Kremniyli flyuslar ayrim komponentlarini suyuq
shisha eritmasida qorishtirish yo‗li bilan hosil qilinadi. Tayyorlangan
flyus quritilgandan va yanchilgandan keyin, zarur o‗lchamli donalar
olish uchun, g‗alvirdan o‗tkaziladi. Flyus donalarni
quritish va ularni
mexanikaviy puxtaligini oshirish uchun 300-400
0
C pechda qizdiriladi.
Flyus tayyorlashning bu usulida, uni tarkibiga ferro qotishmalar
kiritish va metallni turli elementlar bilan istalgancha ligerlash mumkin
bo‗ladi. Bu jihatdan olganda kremnikovoy flyuslar suyuqlantirilgan
flyuslardan afzal turadi. Bundan tashqari, keramik flyuslardan
foydalanishda qimmat turadigan ligirlangan sim o‗rniga kam uglerodli
arzon elektrod ishlatsa bo‗ladi. Keramik flyuslarning kamchiligi
shundan
iboratki, ularni kimyoviy tarkibi bir jinsli bo‗lmaydi va
binobarin, suyuqlantirib qoplangan metall ham bir jinsli chiqmaydi.
Kam uglerodli po‗latlardan yasalgan detallarni payvandlashda,
kam uglerodli elektrod sim va K-10 rusmli keramik flyus ishlatiladi: bu
rusmli flyus tarkibida 52% margenets rudasi, va 10% li plavik shpat,
28% kvars qumi, 10% ferrosilitsiy bo‗ladi: bularning hammasi suyuq
shishaning 1,85 zinchligidagi eritmasiga qoriladi, suyuq shisha eritmasi
esa quruq aralashmaning 19% miqdorida qilib olinadi bunday
payvandlashda payvand choklari puxta bo‗ladi. Legirlangan po‗latlardan
yasalgan detallarni payvandlashda asosiy komponentlari shlak hosil
qiluvchi moddalar bo‗lgan keramik flyuslar ishlatiladi.
Bunday
121
moddalar tarkibiga 49-63% marmar, 20% plavik shpat, 16% titan (ID) -
oksidi kiradi.
Keramik flyuslarni ishlatish tajribasi shuni ko‗rsatadiki, kam
uglerodli elektrod simdan foydalanib payvandlashda, flyusning tarkibini
o‗zgartirib, suyuqlantirib qoplangan metall tarkibini asosiy metallniki
kabi va hatto undan ham yaxshi qilish mumkin. Suyuqlantirib qoplash
uchun JS-320, KS-X12T va boshqa rusmlardagi flyuslardan foydalani-
ladi. Suyuqlantirib qoplash majmuasiga, elektrod simdan tashqari,
kukunli simlar va lenta elektronlar ham kiradi. Kukunli sim kam
uglerodli yupqa lentadan yasalgan. Bunday lentani o‗rash vaqtida uning
ichiga temir bilan ferro qotishmalaridan tayyorlangan kukunlar
aralashmasi solinadi.
Bunday simlar ishlatilganda legirlovchi elementlar bir muncha
tejaladi. Detallarga kukunli
simni suyuqlantirib qoplashda, odatdagi
elektrod sim bilan flyus qatlami ostida payvandlashdagi uskunalarning
o‗zidan foydalaniladi. Kukunli simdagi shixta tarkibiga qarab turli xil
mexanik xossalarga ega bo‗lgan qoplash metalini hosil qilish mumkin.
Misol uchun, ko‗p uglerodi metall hosil qilish uchun shixta sifatida
cho‗yan qirindisidan foydalanish kifoyadir. Metallni qovushoq qilish
uchun shixtaga 20% ferro-marganets qo‗shish kerak. Legirlangan
qoplam metali hosil qilish uchun shixtaga ma‘lum praportsiyada turli
ferroqotishmalar temir kukuni, natriy,
kremniftorid va boshqa
komponentlar qo‗shiladi.
Lenta elektrodlar ishlatilganda, payvandlash ishlari unumli chiqadi
va suyuqlantirib qoplash koeffitsiyenti oshadi shunga ko‗ra hozirgi
vaqtda lenta elektrodi ko‗proq ishlatilmoqda. Lenta elektrod ishlatilib,
bir o‗tishda qalinligi 2 mm dan 7 mm gacha va eni 100 mm gacha
bo‗lgan metall qoplami hosil qilish mumkin. Lenta elektrodlar uchun
suyuqlantirib qoplash koeffitsiyenti 15-20 gm.s.ni tashkil qiladi. Lenta
elektrodlar qalinligi 0,4-1 mm ga va eni esa 20 dan 100 mm gacha qilib
sovuqlayin proqotlangan kam uglerodli yoki legirlangan po‗lat lentadan
yasaladi.
Lenta elektrodlar suyuqlantirib qoplanganda, flyus qatlami ostida sim
bilan payvandlashda ishlatiladigan asbob uskunalardan foydalaniladi (6.4-
rasm). Bu rasmda kukunli lenta hosil qilish va uni detall yuzasiga
suyuqlantirib qoplash qurilmasini ishlashi ko‗rsatilgan. Ishlash imkoniyati
122
tiklanishi lozim bo‗lgan detallar yuzasiga lenta yoki kukunli lenta suyuq-
lantirib qoplashda ham, suyuqlantirilgan va keramik flyuslar ishlatiladi.
Suyuqlantirib qoplangan metall kimyoviy tarkibini o‗zgarmas
bo‗lishi, suyuqlantirib qoplash sifatining juda muhim ko‗rsatkichidir.
Suyuqlantirib
qoplangan metall, kimyoviy tarkibini o‗zgarmas
bo‗lishiga, suyuqlantirib qoplash rejimi bilan legirlash turi ta‘sir
ko‗rsatadi.
Suyuqlantirib qoplash ishlari uchun qoplanayotgan valiklarning
o‗lchamlari va shakli, shuningdek, asosiy metallning suyuqlanish
chuqurligi, hamda biriktirilayotgan metallarning qotishish sifati asosiy
ahamiyatga ega.
Asosiy metallning suyuqlanish chuqurligi iloji boricha kam
bo‗lishi kerak, shundagina valikning yaxshi shakillanishi uchun sharoit
vujudga keladi. Biroq suyuqlantirib qoplangan metall bilan asosiy
metallning birikishi puxta bo‗lishi uchun asosiy metallning suyuqlanish
chuqurligi yetarli darajada bo‗lishi shart.
Dostları ilə paylaş: