Transport vositalari detallarining ishlash qobiliyatini tiklash I. B. As q arov


-rasm. Kukunli lentani suyuqlantirib qoplash avtomati



Yüklə 8,44 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə82/197
tarix24.10.2023
ölçüsü8,44 Mb.
#130877
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   197
TRANSPORT VOSITALARI

6.4-rasm. Kukunli lentani suyuqlantirib qoplash avtomati: 
1-qoplanayotgan detal; 2- mundshtuk; 3-flyus voronkasi; 4-flyus uzatish 
shlangi; 5-lentalarni uzatish roliklari; 6-shixta bunkeri; 7-po„lat lentali 
kassetalar. 
Suyuqlantirib qoplash ishlarining sifatiga, elektrod sim bilan 
flyusdan tashqari, elektr tokining parametrlari, suyuqlantirib qoplash 
tezligi, simning uzatilish tezligi, simning diametri va uning 


123 
qoplanayotgan yuzaga nisbatan turish vaziyati ham ta‘sir etadi. 
Suyuqlantirib qoplash tezligi valikning shakillanishiga har xil ta‘sir 
etadi. Detall sirtining kichik tezlik bilan suyuqlantirib qoplashda, 
suyuqlangan metall detalning sovuq sirtida yoyilib, juda keng valiklar 
hosil qiladi va asosiy metallda suyuqlanish zonasining chuqurligi uncha 
katta bo‗lmaydi. Qoplash tezligi ortishi bilan valikning balandligi va 
asosiy metallning suyuqlanish chuqurligi ham oshadi. Bunday bo‗lishiga 
sabab shuki, suyuqlangan metall detalning sovuq metalida yoyilib 
ulgurmaydi, balki elektrod sim yaqiniga to‗planaveradi.
Katta tezliklar bilan suyuqlantirib qoplashda yoyning ustuni 
ketinga kuchliroq oqadi, suyuqlangan metallning hajmi kamayadi va 
oqibatda elektrod sim suyuqlanib ulgura olmasligi mumkin. Demak, 
detalga metallni suyuqlantirib qoplashda katta tezlikdan foydalanish 
payvandlash sifatini oshirmaydi. 
Elektrod simining diametri qoplanayotgan detalning diametriga 
detal devorining qalinligiga bog‗liq. Avtomobil detallarini tiklash uchun 
diametri 1-3 mm li sim ishlatiladi, payvandlash toki esa 100-250a 
bo‗ladi. Bunda tokning kichik qiymati, diametri 3 mm li elektrod simiga 
to‗g‗ri keladi. Bunda elektrod sim tezroq suyuqlanadi tok kuchi esa 
kamayib ketadi. Elektrodning chiqish uzunligi kattalashtirilgan sari 
asosiy metallning suyuqlanish chuqurligi kamayib boradi va ma‘lum 
sharoit vujudga kelganda, hatto qoplanayotgan metall suyuqlanib 
ulgurmasligi mumkin. Shunga ko‗ra, diametri 2-3 mm gacha bo‗lgan 
elektrod simlari uchun chiqish uzunligini 30-35 mm qilib, diametri 4-5 
mm li elektrodlar uchun 45-55-mm qilib olish tavsiya etiladi. 
Silindirik yuzalarga boylama va xalqasimon valiklar suyuqlantirib 
qoplanishi mumkin. Diametri uncha katta bo‗lmagan yuzalar ustiga 
xalqa simon valiklar tushurishdan suyuqlangan metall bilan suyuqlangan 
flyus yuzadan oqib tushish mumkin. Shu sababdan elektrod sim 
qoplanayotgan yuzaga nisbatan detall aylanish yo‗nalishining teskari 
tomonga bir oz siljitib o‗rnatiladi. 
Suyuqlantirib qoplash qadami ishlash imkoniyatini tiklanayotgan 
diametriga, elektrod simning diametriga va bu simning uzatilish 
tezligiga bog‗liq. Toshkent davlat texnika universiteti va boshqa ilmiy 
tekshirish institutlarining ma‘lumotlariga ko‗ra, diametri 1 mm dan 2 
mm gacha bo‗lgan elektrod simlar ishlatilgan va simlarning uzatilish 


124 
tezligi minutiga 1,3-2,6 m bo‗lgan hollarda suyuqlantirib qoplash 
qadamini 3 mm(ayl dan 12 mm/ayl gacha qabul qilish tavsiya etilgan.

Yüklə 8,44 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   197




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin