128
Cho‗yan va alyumin qotishmalaridan
tayyorlangan detallarni pay-
vandlashda ularning sirtidagi oksid parda bombardimon qilib parcha-
lanadi. Payvandlashda sifatli chok hosil qilish uchun o‗zgaruvchan
tokdan foydalaniladi. Volfrom o‗ta qizimasligi uchun tok kuchi to‗g‗ri
qutubli o‗zgarmas tokda payvandlashga nisbatan 3-4 marta kichik
olinadi.
Avtomobillarni ishlab chiqarishda cho‗yandan keng foydalaniladi.
Cho‗yan korpus va boshqa (karterlar, maxoviklar,
tormoz barabanlari va
h.k.) detallarni tayyorlashda ishlatiladi. Ta‘mir korxonalarida Cho‗yan
detallarni holatiga qarab ikki xil usulda payvandlanadi: sovuq va issiq
holatda.
Suyuqlantirib qoplash jarayonida payvandlashni bajarish oson-
lashadi. Himoyalovchi gazlar muhiti avtomatik payvandlash usuli po‗lat-
dan
yasalgan detallar uchun, yarim avtomatik payvandlash usuli esa
avtomobillarni kuzovlari, kabinalari va qanotlarini ta‘mir
qilishda
ishlatiladi (6.7-rasm).
Detallarni issiq holatda payvandlashda detal avvalo, 650-680
0
C
haroratgacha
qizdiriladi
va
shu
holatda
pech
ichida
yopiq
payvandlanadi. Kul rang cho‗yandan yasalgan detallarni payvandlashda
va detallarga qattiq qotishmalarni suyuqlantirib qoplashda,
metallarni
kesishda uglerodlantiruvchi alanga ishlatiladi. Payvandlash metalning
kimyoviy tarkibi, detal metalining kimyoviy tarkibiga imkoni boricha
yaqin bo‗lishi kerak.