131
Gaz alangalarini purkash maxsus uskunalar yordamida bajariladi.
Bunday uskunalarning birnechta turi mavjud bo‗lib shulardan birining
chizmasi 6.9-rasmda ko‗rsatilgan.
6.9-rasm. Gazli alanga purkagich uskunasi:
1-aralashtirish kamerasi; 2-kislorod kanali; 3-sim; 4-yo„naltiriuvchi
vtulka; 5-asetilen kanali; 6- havo kanali; 7-alanga; 8-gazmetall oqimi;
9-detal.
Bunda metall sim 3 yoki metall
kukunlari asetilen-kislorod
alangasi 7 yordamida suyuqlantiriladi va siqilgan havo oqimida detal
sirti 9 ga purkaladi. Gazli alanga purkagich uskunasining afzalligi
shundaki,
bunda detal kam oksidlanadi, suyuq metall mayda
zarrachalarga
parchalanib purkaladi;
qoplama
yetarli
darajada
mustahkam bo‗ladi. Bu uskunaning kamchiligi
qilib konstruksiyasining
murakkabligi va unumdorligini pastligini ko‗rsatish mumkin. Shunday
uskunaning yuqori chastota bilan ishlovchi turi 6.10-rasmda
ko‗rsatilgan.
.
Dostları ilə paylaş: