Transport vositalari detallarining ishlash qobiliyatini tiklash I. B. As q arov


-rasm. Yuqori chastotali purkagich uskunasi



Yüklə 8,44 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə88/197
tarix24.10.2023
ölçüsü8,44 Mb.
#130877
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   197
TRANSPORT VOSITALARI

6.10-rasm. Yuqori chastotali purkagich uskunasi: 


132 
1-detal; 2-gazmetall oqim; 3-tok kondensatori; 4-induktor; 5-havo 
kanali; 6-sim; 7-suruvchi roliklar; 8-yo„naltiruvchi vtulka. 
Yuqori chastotali purkash suyuqlantiriladigan ashyo (sim) ni 
induksion qizdirib suyuqlantirishga asoslangan. Suyuqlantirilgan metall 
detal sirtiga siqilgan havo oqimi bilan purkaladi. Bu uskunada metall 
sim 6 atsetilen-kislorod alangasi 2 yordamida suyuqlantiriladi va 
siqilgan havo oqimida detal sirti 1 ga purkaladi. Suyuqlantirib 
purkaladigan sim 6, roliklar 7 yordamida yondirgichdagi yo‗naltiruvchi 
vtulka 8 ning markaziy teshigi orqali alanga joyiga uzatiladi va bu joyda 
sim yuqori harorat ta‘sirida suyuqlanadi. Uskunani sovutish maqsadida 
uning ichidagi suv yo‗liga suv beriladi 
Yuqori chastotali purkashning afzalligi shundaki, bunda metallning 
qizish haroratini rostlash mumkin bo‗lganidan u oz miqdorda 
oksidlanadi va qoplamaning mexanik mustahkamligi yetarli darajada 
yuqori bo‗ladi. Ish unumining nisbatan pastligi, ishlatiladigan 
uskunaning murakkabligi va qimmatligi bu uskunaning kamchiligidir. 
Plazmali purkash
.
Metall qoplama hosil qilishning bu usulida 
metallni detalning sirtiga purkash va yopishtirish uchun plazmali 
oqimning issiqlik va dinamik xossalaridan foydalaniladi. 
Purkaladigan ashyo sifatida metall kukuni ishlatiladi. Kukun 
me‘yorlagichdan plazmotronning soplosiga vaqt birligida aniq miqdorda 
berib turiladi. Metall kukuni plazma oqimiga tushib, suyuqlashadi va 
oqimga qo‗shilib, detal sirtiga yopishadi. 
Purkash quyidagi tartibda bajariladi: tok kuchi 350...400 A., kuch-
lanish 60...70 V, plazma hosil qiluvchi gaz sarfi 30...35 1/min, kukun 
sarfi 5...8 kg/soat, detal sir- tigacha bo‗lgan oraliq 125...150 mm. 
Purkashning bu usuli eng istiqbolli hisoblanadi. Uning afzalliklari: 
jarayon yuqori unumli bo‗ladi (purkaladigan metall sarfi 12 kg/soat 
gacha boradi), qoplama detallning sirtiga juda mustahkam yopishadi 
(50MPa gacha boradi), jarayonni boshqarish to‗liq avtomatlashtirilgan, 
har qanday metall va qotishmalarni purkab qoplama hosil qilish 
mumkin. 
Detallarni metall purkab tiklash texnologik jarayoni uchta asosiy 
ishdan: detal sirtini metall purkab qoplashga tayyorlash; purkash, 
purkalgandan keyin detallarga ishlov berishdan iborat. Metall purkash 


133 
oldidan detal sirtiga purkab ishlov beriladi, shunda detal sirti g‗adir-
budur bo‗lib, qoplamaning detalga mustahkam yopishishi ta‘minlanadi. 
Detallar sirtiga qoplama yotqizish qayta jihozlangan tokarlik dast-
gohlarida yoki maxsus kameralarida bajariladi. Detallar stanok 
patroniga, metall purkash apparati esa uning supportiga o‗rnatiladi. 
Qoplama yotqizilgandan keyin detal atrof muhit haroratigacha sekin 
sovitiladi, so‗ng talab etilgan o‗lchamga etkazib ishlov beriladi. 

Yüklə 8,44 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   197




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin