140
qoplamaning
qalinligi
ortishi
bilan
detalning
egilishga
ko‗rsatadigan qarshiligi (agar kuchlanish asosiy metall kesimi bo‗ylab
hisoblansa) bir qadar oshadi, egilishdagi solqilik esa qoplamaning
qalinligiga deyarli bog‗liq bo‗lmaydi;
qoplamaning buralish burchagi
asosiy metallning buralish
burchagiga nisbatan uncha katta bo‗lmaydi.
Shunday
qilib,
metallangan
detallarning
mustahkamligini
hisoblashda detalning metallanishdan oldingi o‗lchamlarini hisobga
olish kerak. Faqat siqilish ta‘sirida bo‗lgan detallar uchun kuchlanishni
(yuklanishni)
oshirish mumkin, chunki qoplama siqilishga yetarli
darajada qarshilik ko‗rsata oladi. Metallash usuli bilan mexanik
mustahkamligi yetarli darajada bo‗lgan detallarnigina ta‘mirlash
mumkin.
Katta miqdorda yeyilgan detallarni boshlang‗ich o‗lchamlari
bo‗yicha ta‘mirlashda
yeyilishga qarshiligi yuqori, zanglashga turg‗un
va boshqa xususiyatlarga ega bo‗lgan qoplamalar olishda detallarni
metallash usuli qo‗llaniladi.
Biror usulda mayda (3–30 mkm) o‗lchamga kelgunga qadar
suyuqlantirilgan metall zarrachalarni detalning
oldindan tayyorlab
qo‗yilgan yuzasiga siqilgan havo oqimi yordamida katta (140-300
m/sek) tezlik bilan purkash jarayoni
metallash
deyiladi. Metalni
suyuqlantirish va purkashda
foydalaniladigan mexanizm
metallizator
deyiladi.
Detallarni metallash yo‗li bilan ta‘mirlash zamonaviy usullardan
hisoblanadi. Metallashda o‗lchamlari 3—300 mkm bo‗lgan eritilgan
metall zarrachalari siqilgan havo (yoki inert gaz)
oqimida avvaldan
tayyorlangan detal sirtiga 100— 300 m/s tezlikda urilib, unda shu metall
qatlamini hosil qiladi. Bunda detalning asosiy metali bilan purkalgan
metallning birikishi ular orasidagi mexanik va
molekulyar bog‗lanishlar
hisobiga sodir bo‗ladi.
Purkaladigan materialni eritish usuliga qarab metallash gazli,
elektrli va plazmali turlarga bo‗linadi.
Gazli metallashda
yonilg‗i
sifatida atsetilen, propan va boshqa gazlar qo‗llanilishi mumkin. 6.13 -
rasmda atsetilen-kislorod gazlari alangasida metallni qizitish va eritish
sxemasi keltirilgan. Atsetilen va
kislorod aralashmasi kanal
2
bo‗yicha
berilib alanga
4
hosil qilinadi. Atsetilen-kislorod alangasi
4
metallizator
soplosining markaziy teshigi orqali uzatiladigan sim 3 ni eritadi. Kanal 1
141
orqali o‗tayotgan siqilgan havo yordamida esa suyuqlantirilgan metall
ta‘mirlanadigan detal 5 ning sirtiga purkaladi.
Dostları ilə paylaş: