Transport vositalari detallarining ishlash qobiliyatini tiklash I. B. As q arov


-rasm. Gaz alangasi vositasida metallashda ishlatiladigan



Yüklə 8,44 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə93/197
tarix24.10.2023
ölçüsü8,44 Mb.
#130877
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   197
TRANSPORT VOSITALARI

6.13-rasm. Gaz alangasi vositasida metallashda ishlatiladigan 
metalizator purkash kallagining sxemasi: 
1-siqilgan havo kanali; 2-atsetilin-kislorod aralashmasi uchun kanal; 
 3-uzatiladigan sim; 4-atsetilen-kislorod alangasi; 5-ta‟mirlanadigan 
detal 
 
Gazli metallashning afzalliklariga sifatli qoplama hosil qilinishi, 
legirlovchi elementlarning ko‗p miqdorda kuymasligi va oksidlangach 
zarrachalarning miqdori umumiy qoplama materialining 3% idan 
oshmasligi kiradi. Gaz bilan metallashning kamchiliklariga qoplama 
narxining yuqoriligi, qoplash uskunasining murakkabligi (gaz va 
kislorod bilan ta‘minlash manbaining zarurligi, metallovchi apparat va 
siqilgan havoni tozalovchi
 
qurilmaning mavjudligi) ni kiritish mumkin. 
Elektrli metallash
elektrod simini eritish usuli bo‗yicha elektr yoyi 
vositasida va yuqori chastotali tok vositasida amalga oshiriladi. Ta‘mir-
lash korxonalari amaliyotida elektr yoyi vositasida metallash keng tar-
qalgan. Elektr yoyi vositasida metallash sxemasi 6.14-rasmda 
keltirilgan.
 
6.14-rasm. Elektr yoyi vositasida metallash sxemasi: 


142 
1-kuchlanish ostidagi sim; 2-sim uzatuvchi maxsus mexanizm; 
 3-poynakning yo„naltiruvchisi; 4-gaz kanali; 5-elektr yoyi;
6-ta‟mirlanadigan detal 
Bir-biridan tok o‗tkazmaydigan qilib ajratilgan, kuchlanish ostida 
bo‗lgan ikki sim 
1
maxsus mexanizm
 
2
yordamida poynakning 
yo‗naltiruvchisi 
3
bo‗yicha o‗zgarmas tezlikda uzatiladi. Bu simlarning 
uchlarida hosil bo‗lgan elektr yoyi
 5
yonadi va ularni eritadi. Erigan sim 
materiali kanal
 4
orqali bosim ostida uzatiladigan gaz yordamida detal
 6
yuzasiga purkaladi. Yuqori chastotali tok vositasida metallashning elektr 
yoyi vositasida metallashdan farqi metallni eritishda yuqori chastotali 
tokning induktivligidan foydalanilganligidadir. 
Elektrli metallash yuqori ish unumi va tejamkorligi bilan ajralib 
turadi. Gaz bilan metallashda alanga temperaturasi 3000°C atrofida 
bo‗ladi, elektrli metallashda esa temperatura 4000°C dan oshadi. Elektrli 
metallashning kamchiliklariga elektrod simi tarkibidagi kimyoviy (shu 
jumladan, legirlovchi) elementlarning kuyib ketishi, koplanadigan 
metalning oksidlanishi va eritilgan metallning ko‗proq isrof bo‗lishi 
kiradi. 
Plazma vositasida metallash
usuli gazlarning ma‘lum sharoitda 
plazma holatiga utish hususiyatiga asoslangan. Plazmali metallashda 
metall plazma oqimi ta‘sirida eritilib, plazma hosil qiluvchi gazlar 
yordamida detal yuzasiga purkaladi. Bu usulning boshqa usullardan 
farqi unda detallarni qiyin eriydigan volfram, sirkoniy dioksidi, 
alyuminiy oksidi, molibden va boshqa elementlar bilan ta‘mirlash 
imkoni borligidadir. 

Yüklə 8,44 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   197




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin