Transport vositalari detallarining ishlash qobiliyatini tiklash I. B. As q arov


-rasm. Plazma-yoy metallizatori kallagining sxemasi



Yüklə 8,44 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə94/197
tarix24.10.2023
ölçüsü8,44 Mb.
#130877
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   197
TRANSPORT VOSITALARI

 
6.15-rasm. Plazma-yoy metallizatori kallagining sxemasi: 
1-qiyin eriydigan sim; 2-uzatuvchi mexanizm; 3-kallak poynagi;
4-xalqasimon elektrod; 5-elektr yoyi; 6-sovutish bo„shlig„i; 7-gaz kanali. 


143 
6.15-rasmda plazma-yoy metallizatori kallagining sxemasi keltiril-
gan. Qiyin eriydigan sim 
1
uzatuvchi mexanizm
 
2
yordamida 
xalqasimon elektrod
 
4
ga uzatiladi, bu elektrod vazifasini suv bilan 
sovitiladigan kallak 
3
poynagi bajaradi. Kallak ishlayotganda elektr yoyi 
5 bir-biridan izolyasiya qilingan uzluksiz uzatiladigan sim bilan 
xalqasimon elektrod o‗rtasida hosil bo‗ladi. Elektrod yoyini yoqish va 
uni barqarorlashtirish yuqori chastotali yurgizuvchi qurilma bilan 
amalga oshiriladi. Plazma hosil qiluvchi gaz (masalan, argon) kanal 7 
orqali elektr yoyining yonish joyiga uzatiladi, yuqori temperatura 
ta‘sirida gaz ionlashadi va tok o‗tkazuvchan bo‗lib qoladi. Elektr 
yoyining energiyasi magnit maydoni ta‘sirida gaz oqimining markazida 
to‗planadi, uning temperaturasi juda yuqori (14000... 17000°C) bo‗ladi. 
Metallash kallagi kamera
 6
ga keluvchi suv bilan sovitiladi. 
Himoyalovchi va plazma hosil qiluvchi neytral gazlar sifatida 
argon, azot va ularning aralashmalaridan foydalanish legirlovchi 
elementlarning 
kuyishini 
va 
zarrachalarning 
oksidlanishini 
kamaytirishga yordam beradi. Shuning uchun ham plazmali metallashda 
hosil 
qilingan 
qatlamlarning 
mexanik 
mustahkamligi 
elektrli 
metallashda hosil qilingan qatlamlarga nisbatan yuqoriroq bo‗ladi. 
Metallash jarayonining mohiyatini quyidagi gipoteza orqali 
tushuntirish mumkin. Purkalanadigan metall zarrachalari juda katta 
(100–300 m/sek) tezlikda detal yuzasiga uriladi, uchib urilish vaqti juda 
kichik (0,003 sek) bo‗lgani uchun ular sovishga ulgurmaydi, ya‘ni 
ta‘mirlanadigan detal sirtigacha erigan holatda yetib boradi. Shuning 
uchun ham bunday metall zarrachalari detal yuzasining g‗adir-budur-
liklarini to‗lg‗izib qolmasdan, balki o‗zining orqasidan uchib kelayotgan 
zarrachalar bilan ham mustahkam bog‗lanish hosil qiladi. Bir vaqtning 
uzida berilayotgan sovuq havo metall zarrachalarining detal yuzasida 
tezda sovishini ta‘minlaydi. Shuning uchun ham metallashda detallar 
kam qiziydi, bu esa yog‗och va qog‗oz kabi materiallarni ham metallash 
imkonini beradi. 

Yüklə 8,44 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   197




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin