Transport vositalari detallarining ishlash qobiliyatini tiklash I. B. As q arov



Yüklə 8,44 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə99/197
tarix24.10.2023
ölçüsü8,44 Mb.
#130877
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   197
TRANSPORT VOSITALARI

 
 
VII BOB. KAVSHARLASH 
 
7.1. Umumiy tushunchalar va qo‘llanilish sohasi 
 
Avtomobil detallarining ishlash imkoniyatini kavsharlash yo‗li 
bilan ham tiklanadi. Metallarni kavshar bilan ajralmaydigan qilib 
biriktirishga kavsharlash deyiladi. Kavsharlarning suyuqlanish harorati 
kavsharlanuvchi metallning suyuqlanish haroratidan ancha past bo‗ladi. 
Chok puxtaligi kavsharlanuvchi metallar bilan kavsharning xossalariga 
va o‗zaro diffuziyalariga bog‗liq. Bu usulda asosan radio-texnikada
asbobsozlikda, idishlar tayyorlashda va boshqa hollardai keng 
foydalaniladi. Choklar sifatli bo‗lishi uchun, kavsharlanuvchi yuzalar 
kir, moy, zanglardan yaxshilab tozalaniladi.
Kavsharlash deb
qattiq holatdagi metallarni suyuqlantirilgan 
yordamchi oraliq metall yoki qotishma yordamida biriktirish jarayoniga 
aytiladi. Bu metall yoki qotishmaning suyuqlanish temperaturasidan 
kam bo‗ladi. 
Metall yoki qotishma kavshar deb ataladi. Kavsharlar alohida oson 
suyuqlanuvchan (suyuqlanish temperaturasi t<145
o
C bilan xarakterla-
nadi), oson suyuqlanuvchan: 145o
C, o‗rtacha suyuqlanuvchan: 
450o
C, yuqori suyuqlanuvchan: 1100o
C va qiyin 
suyuqlanuvchan: t>1850
o
C xillarga bo‗linadi. Biroq remontda hali ham 
ikki gruppaga ajratilgan kavsharlardan foydalaniladi; suyuqlanish 
temperaturasi 450
o
C gacha bo‗lgan past temperaturali (yumshoq) 
kavsharlar va suyuqlanish temperaturasi 450
o
C dan ortiq bo‗lgan yuqori 
temperaturali (qattiq) kavsharlar. 
Metallarni biriktirishning boshqa usullari oldida kavsharlashning 
afzalliklari quyidagilardan iborat: jarayonning oddiyligi va yuqori 
unumdorligi; detallar shakli, o‗lchamlari va kimyoviy tarkibining aniq 
saqlanib qolishi (oson suyuqlanadigan kavsharlar bilan kavsharlashda 
metallning strukturasi va mexanik xususiyatlarning saqlanib qolishi); 
bundan tashqari detalni tiklash tannarxining kamligi. Oson suyuqlana-
digan kavsharlar bilan kavsharlashning asosoiy kamchiligi suyuqlanish 


150 
temperaturasining pastligi va har vaqt ham yetarli darajada puxta 
birikmasligidan iborat. 
Mashinalarni remont qilishda kavsharlash radiator, yonilg‗i baklari 
va yonilg‗i trubalari, elektr jihozlar, karbyuratorlar, kabina, qanot va 
hokazolarni tiklashda qo‗llaniladi. 
Keyin ular bir biriga moslab yiqiladi. Ular orasiga kavshar o‗tishi 
uchun 0,05-0,15 mm atrofida tirqish qoldiriladi. Kavsharlash joylarini 
oksidlanishidan saqlash maqsadida yuzalariga flyus kiritiladi. Keyin 
kavsharlashga taxt qilingan metallar tirqishlariga kavshar o‗tkaziladi. 
Kavshar qotgandan keyin ajralmaydigan birikma hosil bo‗ladi. 
Birikmalarning puxta bo‗lishi kavsharlanuvchi metallning xossasiga, 
kavsharlashga tayyorlashga va kavshar xossasiga bog‗liq. Kavsharlar 
suyuqlanish haroratiga ko‗ra yumshoq va qattiq turlarga ajraladi. 
Biz bularni ayrim ayrim ko‗rib chiqamiz. 

Yüklə 8,44 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   197




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin