153
issiqlikning tez o‗tishiga yordam beradi. Kavsharlash oldidan kavshar-
lagich uchligi egov bilan tozalanadi, qizigan kavsharlagichga esa
navshadil yoki rux xlorid bilan ishlov beriladi. Kavsharlashga
tayyorlangan sirtlarga flyus surkaladi va so‗ngra kavshar kavsharlagich
vositasida bir tekis, yupqa qatlamda sirt uzra yoyiladi.
Qiyin suyuqlanadigan kavsharlar bilan kavsharlashda detallarni
qizdirish uchun gaz alangasida payvandlash gorelkasi, mufel va maxsus
pechlar, temirchilik o‗chog‗i va boshqa issiqlik manbalaridan foydala-
niladi.
Kavsharlab biriktiriladigan sirtlar bir-biriga obdan moslab to‗g‗ir-
lanadi, cho‗yan detallardagi darz chetlariga kuchaytirilgan choklarga
moslab ishlov beriladi. Sirtlar kavshar suyuqlanadigan temperaturagacha
qizdiriladi, ularga flyus sepiladi, ular kavshar chiviq bilan oqarguncha
ishqalanadi
va
asta
sekin
butun
chok
yoki
detallarning
kavsharlanayotgan joyga tegish yuzasi to‗ldirib boriladi.
Dostları ilə paylaş: