155
gacha qizdirib uning uchidagi oksid pardalar
yuqorida qayd etilgan
eritmalar bilan tozalangach, kavshar olib kavsharlanuvchi joyga surkab
yurgizish bilan tirqishga tekis o‗tkaziladi. Kavsharlangan birikma
kavshar qotgandan so‗ng olinadi.
Yumshoq kavsharlar bilan kavsharlashda suyuqlanish harorati past
(450°C va undan kam) va birikmaning
mexanik mustahkamligi kam
(200 MPa gacha) bo‗ladi. Ta‘mirlash korxonalarida POS-18 dan POS-61
gacha markali qalay-qo‗rg‗oshinli kavsharlar keng ishlatiladi. Bunday
kavsharlar qalay, qo‗rg‗oshin va surma qotishmasidan tayyorlanadi.
Kavshar rusmidagi rahamlar qotishmadagi qalay miqdorini foizlarda
ko‗rsatadi. Kavshar tarkibida qalay miqdori oshganda chokning
mustahkamligi va yemirilishiga bardoshligi oshadi, qo‗rg‗oshin miqdori
oshganda esa, chokning egiluvchanligi yaxshilanadi.
Bu usulda
radiatorlarni, generator kollektorlarini, yonilg‗i, elektr simlarini va
uncha yuqori bo‗lmagan haroratda hamda kam kuch ta‘sir etadigan
boshqa detallar kavsharlanadi.
Rux qo‗shilgan xlorid kislotani tayyorlash uchun xlorid kislotaning
suvdagi 50% li eritmasiga uning 1(5 qismi og‗ir-ligicha rux qo‗shilib
obdan eritilib, hosil qilingan eritmaga 2-3 qissa suv qo‗shiladi.
Kavsharlashda foydalaniladigan asbob koviya (7.2-rasm) deyiladi.
Uning konstruksiyasi va o‗lchamlari kavsharlanadigan
buyum tasnifiga
ko‗ra turlicha bo‗ladi.
7.2-rasm. Koviyalar
:
a-bolg„asimon; b- qirrali; v-elektr toki bilan ishlovchi.
156
Shuningdek, qattiq kavsharda kavsharlaganda yuqorida ko‗rilgani-
dek barcha ishlar kavsharlanadigan joylar kir, moy, va zanglardan toza-
langach o‗zaro moslashtiriladi. So‗ng kavsharlanadigan joyga flyus bura
sepilib ustiga kavshar qo‗yliladi va uning pechkaga kiritib, zarur haro-
ratgacha qizdiriladi. Bunda suyuqlangan kavshar
zagatovkalar orasiga
o‗tib ularni biriktiradi. Kavsharlangan buyum avvaliga kaustik sodaning
suvdagi eritmasida, keyin suvda yuvilib quruq latta bilan artiladi.
Mis va mix-rux kavsharlar M1 va M2 mis simi yoki chiviqlari
hamda LK62-0,5, L63, PMS36, PMS48 va PMS54 mis-rux qotishma-
laridan iborat. Rahamlar kavshardagi misning o‗rtacha protsent
miqdorini, qolgani rux ekanligini ko‗rsatadi. Bu kavsharlarning barchasi
oquvchanlik
chegarasi yetarli, sirtni yaxshi xo‗llaydigan, puxta va
plastik birikmalar hosil qiluvchan bo‗lib, biroq yuqori suyuqlanish
temperaturasiga ega. Mis-rux kavsharlar 800...900
o
C, mis esa 1083
o
C
temperaturada suyuqlanadi. Kavsharlar tarkibida rux miqdori ko‗p
bo‗lgan sari puxtalik va mo‗rtlik kamayadi,
lekin rux suyuqlantirish
temperaturasini kamaytiradi. Shuning uchun latunni PMS36 kavshari
bilan kavsharlash tavsiya etiladi, po‗lat va cho‗yan detallarini M1, L63
va LK32-05 kavsharlari bilan kavsharlagan ma‘qul.
Kumush kavsharlar oson suyuqlanuvchan va standart xillarga
ajratiladi. Suyuqlanish temperaturasi 183 dan 342
o
C gacha bo‗lgan oson
suyuqlanuvchan kavshalarga kumushning qalay yoki qo‗rg‗oshin bilan,
kam hollarda surma va qadmiy bilan qotishmasi kiradi. Bular PSr 2.5;
PSr3-97; PSr 10-97 va hokazo markalardagi kavshalardir.
Kumush
miqdori harflardan keyin protsentda rahamlar bilan ko‗rsatilgan, bu
kavshalarda u 10% dan, boshqa ko‗larida 4% dan oshmaydi. Oson
suyuqlanuvchan kumush kavshalar simlar va boshqa elektrotexnik
birikmalarni kavsharlash uchun tavsiya etiladi.
Standart kumush kavshalar asosan kumush, mis va ruxning oz
miqdoridagi boshqa komponentlar – qalay, qadmiy,
fosfor hamida
marganes bilan qotishmasidan iborat. Bu kavshalarning suyuqlanish
temperaturasi 590 dan 822
o
C gacha.
Dostları ilə paylaş: