157
eritmalaridan foydalanilganda xavfsizlik texnikasi va atmosferani
muhofaza etish masalalariga oid qoidalarni bilish muhim ahamiyatga
ega. Aks holda kutilmagan baxtsiz hodisalar ro‗y berishi mumkin.
Masalan, elektr yoyi yordamida payvandlashda tok urishi, yoydan
tarqalayotgan ultrabinafsha, infraqizil nurlar ko‗zni hamashtirishi, suyuq
metall tomchilari terini kuydirishi mumkin. Gaz alangasida payvandlash
esa nurlar ta‘sirida ko‗z zararlanishi, generator gaz balonlarining
portlashi, gazlar bilan zaharlanish hollari yuz berishi mumkin. Har bir
sex, uchastkalarda xavfsizlik texnikasi masalalariga oid tegishli
instruksiyalar bo‗ladi. Bu instruksiyalarda qayd etilgan shartlarni ishchi
bajarishi shart. Shu sababli bularning ayrimlarini eslatib o‗tamiz.
Metallarni elektr yoy yordamida payvandlashda tok ta‘sirida
bo‗ladigan payvandlash stoli mis sim bilan yaxshilab yerga
tutashtirilishi, elektrod dastasi izolyatsiyalanishi, payvandchi korjoma
kiyib, qora ko‗zoynak taqib yoki shlem kiyib, rezina gilamchada yoki
quruq taxtada turib ishlashi kerak. Agar qandaydir sabablarga ko‗ra
payvandchi tok urib qushidan ketsa, darhol qurilmani elektr tarmoqdan
uzib vrachni chaqirish va ishchi o‗ziga kelguncha so‗n‘iy nafas oldirish
kerak.
Gaz yordamida payvandlash va qirqishda generator hamda
gorelkalarni toza tutish, shlanglarda teshiklar bo‗lmasligi, payvandlash
postida atsetilen gazi yiqilmasligi, neft mahsulotlari qo‗yilgan idishlar
bo‗lmasligi, payvandlash va kavsharlashdan oldin yaxshilab tozalanishi
lozim. Bosim ostidagi idishlarni payvandlamaslik, payvandlash xonasida
oson o‗t oluvchi benzin, kerosin, atseton va boshqalar bo‗lmasligi, xona
gaz va changdan tozalab turilishi, ventilyator ishlab turishi va boshqa
qoidalarga qat‘iy ahamiyat berish darkor.
Dostları ilə paylaş: