Transport vositalari detallarining ishlash qobiliyatini tiklash I. B. As q arov



Yüklə 8,44 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə121/197
tarix24.10.2023
ölçüsü8,44 Mb.
#130877
1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   ...   197
TRANSPORT VOSITALARI

9.3-rasm.
Anodlar (a) va ular shakllarining kuch chiziqlari harakteriga 
ta‟siri (b) 
Xromlashda elektorlit sifatida xromad angidrid (SrO
3

ning 
kimyoviy sulfat kislota
(N
2
SO
4
) qo‗shilgan eritmasi (suvdagi eritmasi) 
ishlatiladi. Elektorlitda xromat angidridning konsentratsiyasi 100dan 
400g (l gacha bo‗ladi. Xromat angidrid konsentratsiyasi bundan katta 
bo‗lsa, metallning tok bo‗yicha chiqishi va elektrolitning sochish 
xususiyatini pasayadi. Xromat angidridning konsentratsiyasi bundan ki-
chik bo‗lganda esa xromat angidridning konsentratsiyasi bundan kichik 
bo‗lganda esa xromat angidrid bilan sulfat kislota orasidagi nisbat 
buzulganligidan, uni tez-tez to‗g‗rilab turish zarur bo‗ladi. Bundan tash-
qari, kichik konsentratsiya ancha yuqori kuchlanishli tok ishlatishni 
talab etadi, chunki bunda elektrolitning qarshiligi ortib ketadi. 
Elektrolitning sochish xususiyati yaxshi va metallning tok bo‗yicha 
chiqish ko‗p bo‗lishi uchun og‗irlik jihatidan xromat angidrid bilan 
sulfat kislota orasidagi nisbatni 100:1 qilib olish zarur. Xromat angidrid 
100-dan kam bo‗lsa, ya‘ni eritmada sulfat kislota miqdori ortib ketsa
elektrolitning sochish xususiyati va metallning tok bo‗yicha chiqishi 
pasayib ketadi.
Eritmada sulfat kislota miqdorining kamayishi bilan metallning tok 
bo‗yicha chiqishi va elektrolitning sochish xususiyati oshadi, biroq 
bunda xromning detal yuzasiga qoplanish sifati birmuncha pasayadi. 


183 
Vannalar tarkibini tanlashda elektrolitning xromlanayotgan 
detallarning yuzasini bir tekis xromlab olishini, metallning tok bo‗yicha 
chiqish miqdoriga bog‗lik bo‗lgan xromlanish tezligini, hosil bo‗ladigan 
qoplamlarning 
fizika-mexanikaviy 
xossalarini, 
relefli 
(bo‗rtma) 
detallarini koplay olish xususiyatini va niqoyat. Xromad angidridning 
behuda sarf bo‗lishi, tokning ish kuchlanishi hamda vanna izolatsi-
yasining yemirilishi bilan bog‗liq bo‗lgan tejamlilikni va boshqa 
omillarni hisobga olish kerak. 
Avtomobillarni ta‘mir qilishda vannalarning ikki turi eng ko‗p 
tarqlangan: xromat angidridning kontsenratsiyasi kichik bo‗lgan, ya‘ni 
suyultirilgan vanna: CrO
3
-150 g/l, N
2
SO
4
-1,5 g/l, xromat angidridning 
konsentratsiyasi urtacha bo‗lgan universal vanna: CrO3-250 g /l, N
2
SO
4
-
2,5 g).
Tarkibidagi xromad angidridning konsentratsiyasi uch xil bo‗lgan 
elektrolitlar ishlatiladi (9.2-jadval). 
 
9.2-jadval. 
Xromat 
angidridning 
kontsentrtsiyasi
Komponentlarning 
miqdorlari, g/l 
Ishlatilish sohasi 
S
r
O, 
N
2
SO
4
Kichik 
Katta
O‗rtacha
150 
300-400 
200-250 
1,5 
3,0-4,0 
2,0-2,5 
Detallarni yeyilishga 
chidamliligini oshirish uchun 
Bezash uchun
Detallarning yeyilishga chidam-
liligini oshirish va bezash uchun. 
Sanoatda tarkibidagi CrO
3
miqdori 350 g/l N
2
SO
4
miqdori esa 
3,5g/l bo‗lgan kontsentrlangan vanna ishlatiladi. Kichik konsentratsiyali 
vanna, xromat angidridning sarfi nuqtai nazardan olganda, eng tejamli 
vanna hisoblanadi, bu vannada tok katod (detal) yuzasi bo‗ylab tekisroq 
taqsimlanadi, metallning tok bo‗yicha chiqishi bir muncha yuqori 
bo‗ladi hamda vannaning izolyatsiyasi kam buziladi. Kichik 
konsentratsiyali vannaning kamchiliklari jumlasiga ancha yuqori 
kuchlanishli (6-8 v li) tok zarurligi va elektrolitni tez-tez to‗g‗rilab turish 
kerakligi kiradi. 
Konsentrlangan vanna relefli detallarni ancha past kuchlanishli tok 
ishlatib, yaxshiroq qoplashga imkon beradi va ish vaqtida elektrolitni 


184 
tez-tez to‗qrilab turishga zarurat tuqdirmaydi. Universal vanna, o‗z 
xossalariga ko‗ra, tarkibidagi xromat angidridning konsentratsiyasi 
kichik va katta bo‗lgan vannalar orasida turadi. 
Xromlashda uch xil qoplam: yaltiroq qoplam (9.4–rasm, a), sut 
rang (oqish) qoplam (9.4–rasm, b) yaltiramaydigan (kulrang) qoplam 
(9.4–rasm, D) hosil qilish mumkin. Yaltiroq qoplamlar juda puxta
yeyilishga ancha chidamli, g‗ovak va mo‗rt bo‗ladi. Sut rang qoplamlar 
yeyilishga juda chidamli va ancha qovushqoq bo‗ladi. Bu qoplamlarning 
g‗ovakligi yaltiroq qoplamlarnikidan past bo‗ladi. Yaltiramaydigan 
(kulrang) qoplamlar niqoyatda puxta va mo‗rt bo‗ladi, yeyilishga uncha 
chidamaydi. 

Yüklə 8,44 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   ...   197




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin