Transport vositalari detallarining ishlash qobiliyatini tiklash I. B. As q arov


yeyilgan va siqilgan bronza vtulkalarni tiklash, sirtlarni



Yüklə 8,44 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə134/197
tarix24.10.2023
ölçüsü8,44 Mb.
#130877
1   ...   130   131   132   133   134   135   136   137   ...   197
TRANSPORT VOSITALARI

,
yeyilgan va siqilgan bronza vtulkalarni tiklash, sirtlarni
 
sementlashda muhofazalash, elektr asboblarining kontaktlarini tiklashda 
yoki xromlash va nikellash oldidan quyi qatlam sifatida qo‗llaniladi. 
Oqartirish
– ta‘mirlangan detallarning ishlab moslanishini yaxshi-
lash uchun sirtlarga qalay qatlamini yotqizishdan iborat. 
Oksidlash
– po‗lat detallarga tarkibida oksidlovchi moddalar bo‗l-
gan qaynoq ishqorli eritmalarda ishlov berish jarayonidir. Oksidlashda 
detallarning sirtida qalinligi 0,6...1,5 mkm li oksid parda hosil bo‗ladi. 
Oksid 
parda 
juda 
mustahkam 
bo‗lib, 
metalni 
zanglashdan 
muhofazalaydi. 
Oksidlash uchun o‗yuvchi natriy (konsentratsiyasi 700...800 g/1) 
eritmasidan foydalaniladi. Bu eritmaga oksidlovchi moddalar sifatida 


202 
azot oksidli natriy (200...250 g/1) va azotli natriy oksidi (50...70 g/1) 
qo‗shiladi. Oksidlash jarayoni eritma harorati 140...145°C bo‗lganda 
40...50 min davom etadi. Bunday ishlov berilgan detallar suvda yuvilib, 
qoplamadagi g‗ovaklarni berkitish uchun uni mashina moyida 
(110...115°C) qaynatiladi. 
10.2. Detallarni ta’mirlashda qo‘llaniladigan sintetik materiallar 
tasnifi va ularning turlari 
 
Hozirgi zamon ta‘mirlash ishlab chiqarishida detallarini ta‘mir-
lashda sintetik materiallar keng qo‗llanilmoqda, chunki ular katta 
mustahkamlik, yeyilishga va kimyoviy ta‘sirlarga chidamlilik, katta 
antifriksion xususiyatlariga egadir. Sintetik materiallar ishlatilganda 
mehnat unumdorligi oshadi, ta‘mirlash tannarxi kamayadi va bu 
ko‗rsatkichlar tufayli ularni qimmatbaho ranglar metallar va qorishmalar 
o‗rniga ishlatish imkoniyatlari tug‗uladi. 
Sintetik material sifatida epoksid simolasi, kapron kukuni va yelim 
asosida tayyorlanadigan tarkiblaridan foydalaniladi. Ta‘mirlash ishlarida 
ishlatilishiga qarab sintetik materiallar ikki guruhga: termoreaktiv va 
termoplastik turlarga bo‗linadi.
Termoreaktiv sintetik materiallar (ED-16, ED-20 va ED-40 
epoksid simolalari) birinchi issiqlik ta‘sirida plastik holatga o‗tib 
formalanishi mumkin, ular sovib qotgach issiqlikning ta‘sirida qaytadan 
yumshamaydi, erimaydi. Ulardan kuzovlarning metall qoplamlaridagi 
pachoq joylarni tekislashda ishlatiladigan har xil pastalar tayyorlashda, 
korpus detallar-dagi yoriqlarni bekitish uchun ishlatiladigan yelim 
kompozitsiyalar va yelimli aralashmalar tayyorlashda foydalaniladi. 
Ikkinchi guruh, termoplastik sintetik materiallarga issiqlik ta‘sirida 
plastik holatga o‗tib qotgach, issiqlikning keyingi ta‘sirida yana 
qaytadan yumshashi va qaytadan boshqa formani olishi mumkin 
bo‗lgan, turli detallarni yasash va ularning ishlash imkoniyatini tiklashda 
ishlatiladigan plastmassalar kiradi. Bular jumlasiga poliamidlar, 
polikaprolaktamlar (kapron), ftoroplast F-4 va ED-6 epoksid simolalari 
kiradi va ular Ta‘mir qilishda eng ko‗p ishlatiladi. Epoksid smolasi och 
jigarrang tusli qovushoq modda bo‗lib, turli kompozitsiyalarda asosiy 
bog‗lovchi modda vazifasini o‗taydi. Smolaning suyuq holatdan 


203 
suyuqlanmaydigan va erimaydigan holatga o‗tishi uchun unga 
qotiruvchi moddalar qo‗shiladi.

Yüklə 8,44 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   130   131   132   133   134   135   136   137   ...   197




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin