215
e) kukunning zarrachalari lazer nurini yetarlicha yuqori darajada
yutish xususiyatiga ega bo‗lishi kerak, bu talab etilgan haroratgacha
zarralarning tez qizishini ta‘minlaydi (ko‗pi bilan 0,01 s ichida).
Lazerli changitib qoplashning optimal parametrlari: lazer nuri
quvvati 0,8-2,25 kVt, nur dastasi diametri 1-4 mm, dastaning siljish
tezligi 4-20 mm/s; gaz (ma‘quli argon) sarfi 2-5 l/min, metall kukuni
sarfi 45-55 mg/s; qoplamaning hosil qilinadigan qalinligi 0,35..1,9 mm.
Lazer yordamida payvandlash payvand birikma va termin ta‘sir
zonalarining kichik o‗lchamlarda bo‗lishini va jarayonning yuqori
tezligikni ta‘minlaydi, biroq eritish chuqurligining cheklanganligi kabi
muammo mavjud. Lazerlar yordamida titan va nikel asosidagi yaxshi
payvandlanadi, alyuminiy qotishmalarini nurning toza alyuminiy sirtdan
qaytishi qiyinlashadi. Shuning uchun alyuminiy uchun yuqori
zichlikdagi nurlanish quvvati va davomiyligi impulislar qo‗llanadi.
Katta darzlarni (15-20 mm) lazer yordamida payvandlashda
materialdan tejaladi, chunki quvvatli lazer nurlanishi qirra-larga ishlov
bermasdan va eritib o‗tkaziladign materiallardan foydalanmasdan bir
o‗tishda payvandlashni ta‘minlaydi.
Lazer yordamida payvandlashning muhum xususiyati ish unumi
yuqoriligidir, payvandlash 30 mm/s va undan ortiq tezliklarda bajariladi
va bunda sifatli payvand birikmalar hosil qilinadi. Lazer yordamida
payvandlashda qoldiq kuchlanishlar yoy yordamida payvandlashdagiga
qaraganda 3-10 marta kamayadi.
Lazer yordamida payvandlashda metall choki inert gazlar va
flyusdan foydalanib himoyalanadi. Gaz bilan himoyalashda maxsus
soplolardan foydalaniladi (11.3-rasm).
Dostları ilə paylaş: