246
N
N-2R
Yeyilgan kulachok profili ta‘mirlangandan so‗ng klapanning
ko‗tarilishi balandligi yangi kulachok bilan ishlaganda qanday bo‗lsa,
bunda ham xuddi shunday qiymatga ega bo‗ladi:
h
1
H
2
-2P
1
h
Kulachok jilvirlash bilan qayta tuzatilgandan so‗ng klapanning
radiusi ancha kichiklashadi, natijada u uktiroq bo‗lib qoladi, bu esa
klapanning ochiq turish davomiyligi kamroq bo‗lishga olib keladi va gaz
taqsimlash fazasi buziladi.
Ta‘mirlash o‗lchamlari chegarasidan chiqqan kulachoklarni kar-
bonat angidrid gazi muhitida maxsus kopirlash moslamalari bilan
avtomatik ravishda suyuqlantirib qoplash yoki qo‗lda elektr yoyi
vositasida yoki gaz alangasida payvandlash bilan ta‘mirlash mumkin.
Suyuqlantirib qoplangandan so‗ng valning urishini tekshirib ko‗rish,
zarur bo‗lganda uni to‗g‗rilash lozim. Kulachoklar kopir bo‗yicha
jilvirlash stanoklarida jilvirlanadi.
Tishli g‗ildiraklar o‗rnatiladigan joylardagi yeyilish temirlash yoki
suyuqlantirib qoplash yo‗li bilan ta‘mirlangandan so‗ng, ularga nominal
o‗lcham bo‗yicha ishlov berilishi kerak. Shponka o‗rindig‗ining
yeyilishi kattalashgan o‗lcham bo‗yicha frezalash bilan ta‘mirlanadi.
Valning rezbalari yeyilgan yoki uzilganda ular yo‗niladi va
kichiklashtirilgan o‗lchamda rezba ochiladi yoki yeyilish miqdoridan
kattaroq bo‗lgan o‗lchamda suyuqlantirilib qoplanadi, so‗ngra nominal
o‗lchamda rezba ochiladi. Gaz taqsimlash valining egilganligi prizma-
larda o‗rta bo‗yin bo‗yicha indikatorlar yordamida aniqlanadi. Agar
markazdan chetga chiqish 0,1 mm dan ortiq bo‗lsa, gaz taqsimlash vali
sovuq holda prizmalarda press ostida to‗g‗rilanadi. Bunda taqsimlash
validagi tishli g‗ildirak o‗rnatiladigan bo‗yining urishi 0,03 mm dan
oshmasligi kerak.
Dostları ilə paylaş: