Transport vositalari detallarining ishlash qobiliyatini tiklash I. B. As q arov


 Ichki teshik sterjenlar sinfidagi detallarni ta’mirlash



Yüklə 8,44 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə158/197
tarix24.10.2023
ölçüsü8,44 Mb.
#130877
1   ...   154   155   156   157   158   159   160   161   ...   197
TRANSPORT VOSITALARI

12.3. Ichki teshik sterjenlar sinfidagi detallarni ta’mirlash 
 
Ichki kovak silindrlarga silindrik sirtlari konsentrik joylashgan 
g‗ildirak gupchaklari, differensiallarning kosachalari, silindrlarning
gilzalari, porshen barmoqlari kiradi. 
Ichki kovak silindrlar turidagi detallar uchun ularning faqat asosiy 
tashqi va ichki silindr sirtlarini tiklash xosdir. Ta‘mirlash o‗lchamiga 


247 
moslab ishlov berish odatda zagatovkani aylantirib amalga oshiriladi, 
shuningdek, zagatovkani qo‗zqatmasdan kesuvchi asbobni aylantirib 
ham ishlov bersa bo‗ladi. 
Kesib ishlov berishda o‗rnatish bazasi sifatida zagatovkaning 
toretslaridan birini va ichki yoki tashqi sirtlarini tanlash mumkin. 
Yeyilgan asosiy sirtlarning qalinligini vibroyoy usuli bilan eritib 
qoplash, metallash bilan yoki yeyish yo‗li bilan o‗stirish mumkin. 
G‗ildirak gupchagi bolg‗alanuvchan cho‗yandan yoki 40L po‗latdan 
tayyorlanadi. g‗ildirak gupchagining asosiy nuqsonlariga podshipniklar 
va salniklar o‗tkaziladigan joylarining darz ketishi va sinishi, 
rezbalarning uzlganligi va yeyilganligi kiradi (12.9-rasm). 
 
 
12.9-rasm. G‘ildirak gupchagining nuqsonlari:
1-darzlar va sinishlar; 2,3-podshipnik; 4-rezbali teshiklarning yeyilishi; 
5-salnik turgan teshiklarning yeyilishi. 
 
Podshipniklar o‗tkaziladigan yeyilgan joylarga qoplama qoplashdan 
oldin 2 mm gacha chuqurlikda yo‗niladi. Diametri 1,6 mm bo‗lgan Sv-
08 simini elektryoy bilan eritib ikki qatlam qilib yopishtirish quyidagi 
rejimda bajariladi: tok kuchi 100 A, kuchlanish 18 V, detalning aylanish 
chastotasi 0,8 min-1, eritib yopishtirish qadami 3,3 mm G‗ayl. So‗ngra 
nominal o‗lchamga yetgunga qadar yo‗niladi.Yeyilgan rezbani tiklash 
uchun ta‘mirlash o‗lchamli rezba o‗yiladi yoki burama burab o‗rnatilib, 
ish chizmasi bo‗yicha rezba o‗yiladi.


248 
Silindrlar gilzasi SCh18-36, SCh22-44 markali kulrang cho‗yandan 
yoki maxsus cho‗yandan tayyorlanadi. Ba‘zan gizlaning yuqori 
qismiga legirlangan cho‗yandan yasalgan quyma o‗rnatiladi. 
Silindrlarning 
tiklanadigan 
gilzalarida 
(12.10-rasm) 
ichki
sirtlarning, belbog‗lar o‗tqaziladigan tashqi sirtlarning yeyilganligi, 
kavitatsion yemirilishlar kabi nuqsonlar uchraydi. Kavitatsion 
yemirilgan silindr gilzalari yaroqsiz hisoblanadi. 

Yüklə 8,44 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   154   155   156   157   158   159   160   161   ...   197




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin