249
o‗lchamga yetguncha qoniqlanadi. Belbog‗lar o‗tqaziladigan yeyilgan va
shikastlangan sirtlar vibroyoy usuli bilan metall eritib yopishtirish yoki
metallash bilan, so‗ngra tokarlik stanogida yo‗nib tiklanadi.
Porshen barmoqlari legirlangan 12XN2 po‗latdan tayyorlanadi.
Markazsiz silliqlash stanogida enli doira bilan (taxminan 500 mm)
jilolash tashqi sirtlarga ishlov berishning so‗nggi jarayoni hisoblanadi.
12.4. «Dumaloqmas sterjenlar» va disklar sinfidagi detallarni
ta’mirlash
Avtomobil detallarining bu turkumiga quyidagilar kiradi:
-
oldingi o‗qning balkasi;
-
shatunlar;
-
uzatmalarni qo‗shadigan vilkalar;
-
richaglar va boshqalar.
Bu detallarni qo‗yish va issiq shtampovka varaq (listovoy)
materialdan preslash yo‗li bilan tayyorlanadi.
Bu detalarga mexanik
ishlov berishdan oldin bazavoy yuzalariga va so‗ngra ishqalanib
ishlaydigan yuzalarga ishlov beriladi. Shuningdek, teshiklariga va
galovkalarga ishlov beriladi.
Bu detallarning kamchiliklari nuqsonlari quyidagicha uchraydi.
Jumladan: buralanishi va egilish mumkin. Teshiklarni yeyilishi vtulkalar
o‗rnatiladigan teshiklar va vkladishlar shkvorin
teshiklar yeyilishi va
stopar o‗rinlari Ressorni qotirish uchun o‗rnatadigan supacha Porshen
babishqalarini tutib turuvchi ariqchalar va shunga o‗xshash kamchiliklar
uchrashi mumkin. Dumaloqmas sterjinli detallarini ta‘mirlash usullarini
alohida ko‗rib o‗tamiz.
Diskka o‗xshash detallarning o‗ziga xos konstruktiv tomoni
shundan iboratki, ularning shakli aylanma jism ko‗rinishida bo‗lib, dia-
metri balandligidan 2 marta ortiqdir. Ularga maxoviklar ishlash disklari,
silindr va konussimon tishli g‗ildiraklar kiradi. Disk ko‗rinishidagi
detallarning eng o‗ziga xosi tishli g‗ildiraklardir.
Tishli g‗ildiraklar 18XGT, 12X2XChA, 38XS
kabi legirlangan
po‗latlardan tayyorlanadi. Qator geometrik parametrlar aniqligi bo‗yicha
qo‗yiladigan talablar yuqori bo‗lganligidan, ular shovqinsiz ishlaydi,
tishlarining kontakt mustahkamligi ham yuqori bo‗ladi. Tiklanadigan
tishli g‗ildiraklarda quyidagi nuqsonlar uchrashi mumkin: tishlari yeyil-
250
gan, singan yo uvalangan bo‗lishi
shlitsali teshiklari, shponka
ariqchalari yeyilishi gupchaglarida darralar bo‗lishi mumkin.
Yeyilgan tishlarni eritib metall qoplash,
siqib chiqarish va
detalning bir qismini almashtirish yo‗li bilan tiklash mumkin. Metall
eritib qoplash usulidan toretslari yeyilgan tishlarni tiklashda
foydalaniladi, chunki barcha tishlarga metall eritib qoplash kamdan-kam
yaxshi natija beradi. har bir tish uchun Np-30XGSA simini AN-348A
flyusi ostida yoki karbonat angidrid gazi muhitida aloxida-aloxida eritib
qoplam hosil qilinadi (12.11-rasm), so‗ngra
tish dumaloqlash stanogida
dumaloqlanadi.
Dostları ilə paylaş: