Transport vositalari detallarining ishlash qobiliyatini tiklash I. B. As q arov


-rasm. Tish toretslarini suyuqlantirib qoplash sxemasi



Yüklə 8,44 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə160/197
tarix24.10.2023
ölçüsü8,44 Mb.
#130877
1   ...   156   157   158   159   160   161   162   163   ...   197
TRANSPORT VOSITALARI

 
12.11-rasm. Tish toretslarini suyuqlantirib qoplash sxemasi: 
1-tishli g„ildirak; 2-suyuqlantirib qoplash qolipi; 3-payvandlash
vannasi; 4-elektrod;5-flyus uzatish uchun naycha. 
Kerakli metall zahirasi bo‗lgan tishli kichkina g‗ildiraklarning 
yeyilgan tishlari siqib chiqarish usuli bilan tiklanadi; bunda plastik 
xolatdagi detalning ish bajarmaydigan qismidan yeyilgan qismiga metall 
suriladi. Krivoshipli qizdirib shtamplovchi presslarda siqib chiqarishda 
qizdirilgan (1200
0
Cgacha) g‗ildirak maxsus shtamplarga o‗rnatiladi 
(12.12-rasm) va press bir yo‗l o‗tishida cho‗ktiriladi. Keyin tishli 
g‗ildirak normallanadi. Shundan so‗ng, yangi tishli g‗ildirak 
tayyorlashdagi barcha mexanik va kimyoviy termik ishlov berishlar 
bajariladi. 


251 
12.12-rasm. Tishli g‘ildirakni shtampda siqib chiqarish mxemasi: 
 
1-
dastachalar; 2,3-shtampning yuqorigi va pastki yarim bo„laklari;
4-opravki; 5-yo„naltiruvchi; 6- shtampning xalqasimon chiqiqlari. 
 
Uzatmalar qutisining silindrik tishli g‗ildiragi uchun keyingi 
jarayonlar quyidagi tartibda bajariladi: bir yoki ikki shpindelli yarim 
avtomobillarda zagatovkaga tokarlik ishlovi berish, gupchak teshigini 
xomaki xromlash va yuvish, bazaviy sirtlarni tozalab yo‗nish, 
frezalash, tish uchini dumaloqlash va yuvish, tishni xromlash va yuvish, 
tishlarni nazorat qilish, termik ishlov berish, tishni silliqlash, gupchak 
teshigini xromlash va yuvish, uzil-kesil tekshiruvdan o‗tkazish. 
Detalning bir qismini almashtirish usulidan shesternyalar blokini 
tiklashda foydalaniladi. Buning uchun yeyilgan tishli gardish yo‗niladi 
va yo‗nilgan tiqinga yangi gardish zagatovkasi o‗rna-tiladi va butun 
torets sirti bo‗yicha payvandlab chiqiladi. Zagatovka qalinligi tish 
balandligidan 2-2,5 marta katta bo‗lishi kerak. Termik ishlov berilgan 
tishli g‗ildiraklar qizdirib bo‗shatiladi.

Yüklə 8,44 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   156   157   158   159   160   161   162   163   ...   197




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin