25
qisqarganligini dumalash podshipniklarining o‗rnatilish teshiklarini
yo‗nib kengaytirish va keyin gilzalash yo‗li bilan yo‗qotish kerak.
Shunday qilib, avtomobil ishlash jarayonida o‗zining ishlash
imkoniyatini yo‗qotib boradi. Buning asosiy sabablaridan biri
ishqalanish natijasida detallarning yeyilishidir.
Buning oldini olish va avtomobilning ishlash imkoniyatini ko‗pga
cho‗zish maqsadida mamlakatimizda rejali oldini olish texnikaviy
xizmat ko‗rsatish va ta‘mir qilish tizimi joriy etilgan. Bu tizimga ko‗ra,
ishlatilayotgan hamma avtomobillarga rejali ravishda, oldindan
belgilangan davrlarda texnikaviy xizmat ko‗rsatish lozim.
Avtomobilda vujudga kelgan nuqsonlarni yo‗qotish va avtomo-
bilning ishlash imkoniyatini to‗la tiklash uchun avtomobillar
ta‘mirlanishi zarur. Avtomobillarni ta‘mirlash o‗zining tasnifi va
yo‗nalishi bo‗yicha kapital ta‘mir (KT) va joriy ta‘mir (JT) kabi turlarga
bo‗linadi.
Kapital ta‘mirlash avtomobillar to‗liq ta‘mirlanadigan maxsus
korxonlarda o‗tkaziladi. Kapital ta‘mirlash ishlash qobiliyatini
yo‗qotgan avtomobil va uning agregatlarini keyingi qayta tiklash yoki
safdan chiqqunga qadar buzilmasdan ishlashini ta‘minlash uchun xizmat
qiladi. Avtomobillarni yoki uning agregatlarini kapital ta‘mirlashda
bo‗laklarga ajratish, tiklash va detallarni almashtirib qayta yiqish,
sozlash va sinash ishlari bajariladi. Avtomobil yoki agregat KTga,
me‘yoriy yo‗lni bosib o‗tgan holda ish samaradorligi talab darajasidan
pasayib ketganda, yoki uning bazis detallari ta‘mirtalab bo‗lib uni
tuzatish uchun bo‗laklarga to‗liq ajratish lozim bo‗lgan taqdirda
jo‗natiladi.
JT avtomobil va uning agregatlarida ekspluatatsiya jarayonida
paydo bo‗lgan buzilishlarni, nosozliklarni bartaraf etish bilan qayta
tiklashgacha bo‗lgan me‘yoriy davrni yurishini ta‘minlash uchun
avtomobil transporti korxonalarining o‗zida bajariladi.
Dostları ilə paylaş: