Transport vositalari detallarining ishlash qobiliyatini tiklash I. B. As q arov



Yüklə 8,44 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə179/197
tarix24.10.2023
ölçüsü8,44 Mb.
#130877
1   ...   175   176   177   178   179   180   181   182   ...   197
TRANSPORT VOSITALARI

Mexanik yeyilish
– mexanik ta‘sirlar natijasidagi yeyilish bo‗lib, u 
abraziv, 
gidroabraziv 
(gazoabraziv), 
erozion, 
gidroerozion 


277 
(gazoerozion), kavitatsion, fretting, toliqish va qadalishdagi yeyilishga 
ajratiladi 
Abraziv yeyilish
 – 
mashinalarda mikroplastik deformatsiyalarning 
sodir bo‗lishi va metallni ishqalanish sirtlari orasidagi qattiq abraziv 
zarrachalar kesishi oqibatida vujudga keladi. 
Gidroerozion (gazoerozion) yeyilish
– suyuqlik (gaz) oqimining 
ta‘siri natijasidagi erozion yeyilishdir. 
Toliqib yeyilish
ko‗pincha dumalash podshipniklari va shesternya 
tishlarining ishqalanish sirtlarida sodir bo‗ladi. 
Tiklash nazariyasi
– har xil texnik tizimlar (mashinalar)ning keng 
ko‗lamdagi bir vaqtda bo‗lib o‗tadigan eskirish, buzilish, ishdan chiqish 
va ularga qarama-qarshi tiklanish, ish holatiga qaytish kabi jarayon-
larning o‗rganadigan ilm sohasidir. 
Avtomobillarni tiklash nazariyasi
– 
avtomobillarni tiklash bilan 
bog‗liq bo‗lgan remont jarayoni bo‗yicha amaliyotni samaradorligini 
oshirishga qaratilgan nazariyadir. 
Texnologik uskuna
– texnologik jihozlash vositalaridir (asboblar 
yoki moslamalar ), ular tayyorlanmalarni o‗rnatish va mahkamlash yoki 
ularga ishlov berish, tashish va hokazo ishlar uchun mo‗ljallangan 
to‗ldiruvchi jihozlardir. Moslamalarga potronlar, qisqichlar, press- 
qoliblar va shu kabilar shtangensirkullar, mikrometrlar, indikatorlar
skobalar (o‗lchov asboblari) va hokazolar kiradi. 
Texnologik jarayon
– ishlab chiqarish jarayonining bir qismi 
bo‗lib; berilgan texnikaviy talablarga muofiq buyumlar olish maqsadida 
mehnat buyumlarining texnikaviy holatini o‗zgartiradi va (yoki) ketma-
ket aniqlaydi. 
Ish o‘rni
– korxona tuzilmasining eng oddiy birligi bo‗lib, bu 
yerga ishlarni bajaruvchilar, ular xizmat ko‗rsatadigan ishlab chiqarish 
hamda transport jihozlari va mehnat buyumlari joylashtiriladi 

Yüklə 8,44 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   175   176   177   178   179   180   181   182   ...   197




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin