Transport vositalari detallarining ishlash qobiliyatini tiklash I. B. As q arov



Yüklə 8,44 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə182/197
tarix24.10.2023
ölçüsü8,44 Mb.
#130877
1   ...   178   179   180   181   182   183   184   185   ...   197
TRANSPORT VOSITALARI

Qoplamaning qattiqligi
 
va mo‘rtligi
 
– detalning yuzasini 
metallash uchun ishlatilgan materialning qattiqligi va mo‗rtligiga 
qaraganda ancha katta bo‗ladi. 
Biror usulda mayda (3-30 mkm) o‗lchamga kelgunga qadar 
suyuqlantirilgan metall zarrachalarni detalning oldindan tayyorlab 
qo‗yilgan yuzasiga siqilgan havo oqimi yordamida katta (140-300 
m/sek) tezlik bilan purkash jarayoni
 
metallash
 
deyiladi. 
Elektrli metallash
elektrod simini eritish usuli bo‗yicha elektr yoyi 
vositasida va yuqori chastotali tok vositasida amalga oshiriladi. 
Metallash texnologiyasi
– 
metallash texnologik jarayoni detal 
sirtini metallashga tayyorlash, metall qatlamini hosil qilish va 
metallashdan so‗ng detal yuzasiga ishlov berish bosqichlaridan iborat. 
Kavsharlash 
deb
qattiq holatdagi metallarni suyuqlantirilgan 
yordamchi oraliq metall yoki qotishma yordamida biriktirish jarayoniga 
aytiladi. Bu metall yoki qotishmaning suyuqlanish temperaturasidan 
kam bo‗ladi. 
Detanatsion
– gaz yordamida changitib qoplashda yonuvchi gazlar 
aralashmasining yo‗naltirilgan portlashi energiyasidan foydalaniladi. 
Yuqori haroratli va yuqori tezlikli detanatsion gaz oqimi changitiladigan 
zarrachalarni qizdirish, sochish va tezlatish manbai bo‗lib xizmat qiladi. 
Plazma yordamida eritib purkash
– 
avtomobil detallarni ishlash 
imkoniyatini payvandlash yo‗li bilan tiklashning yana bir usulidir. 
Galvanik
qoplash elektr tok ta‘sirida metall tuzlarining eritmasidan 
metallarning ajralib olish xossasiga asoslangan. Detal tok manbaining 
manfiy qutbiga (katodga) ulanganda, uning yeyilgan sirtiga metall 
o‗tiradi. 
Xromlash 
usuli yeyilgan detallarning ishlash imkoniyatini tiklash 
va dekorativ qoplam hosil qilishda qo‗llaniladi. Turtkichlar sterjen-


280 
larining taqsimlash vallari podshipnik bo‗yinlarining, uzatmalar qutisi 
vallari podshipnik bo‗yinlarining va boshqa detallarning ishlash 
imkoniyati xromlash yo‗li bilan tiklanadi. 

Yüklə 8,44 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   178   179   180   181   182   183   184   185   ...   197




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin